Get Mystery Box with random crypto!

TalabaMedia

Telegram kanalining logotibi media_talaba — TalabaMedia T
Telegram kanalining logotibi media_talaba — TalabaMedia
Kanal manzili: @media_talaba
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 25

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-08-20 15:42:33 RASMAN: Xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-25-avgust kunlari o‘tkaziladi

Talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardagi OTMlardan, shuningdek O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 23-24-25-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari ochiq maydonlarda tashkil etiladi va 23-avgust kuni boshlanib, 25-avgust kuni 1-smenada yakunlanadi. Bunda test sinovlari:

-smenada 08:00 dan 11:00 ga qadar;
-smenada 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.

Test sinovlari 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi hamda talabgorlarga mutaxassislik fanlarida 20 tadan, majburiy fanlarda 10 tadan jami 70 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun 3 soat vaqt ajratiladi.

Test sinovlarida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ball bo‘lib, har bir to‘g‘ri javob uchun mutaxassislik fanlarida 3,15 balldan, majburiy fanlarda 2,1 balldan beriladi.

Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani Davlat test markazining my.dtm.uz saytidan olishlari mumkin.

Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat va test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnoma bilan kelishlari so‘raladi.

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
4 viewsAzmiddin Mardayev, 12:42
Ochish/sharhlash
2022-08-20 15:30:34
Bugun soat 19:35 da “Milliy” telekanalida Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga tashrifi hamda Umra ziyoratiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etiladi.

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
5 viewsAzmiddin Mardayev, 12:30
Ochish/sharhlash
2022-08-19 20:36:53 O‘n birinchi kun test natijalari e’lon qilindi

2022 yil 18 avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytining natijani olish bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikasiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
4 viewsAzmiddin Mardayev, 17:36
Ochish/sharhlash
2022-08-19 10:10:02
O‘zbekiston delegasiyasi Islom birdamligi o‘yinlarida 158 ta medal jamg‘arib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi

V Islom birdamligi o‘yinlari g‘oliblari 5 ming AQSH dollarigacha mukofotlanadi

“Konya shahrida (Turkiya) bo‘lib o‘tgan V Islom birdamligi o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar hamda ularning trenerlarini bir martalik pul mukofotlari bilan rag‘batlantirish to‘g‘risida“gi Prezident qarori (PQ–355-son, 18.08.2022 y.) qabul qilindi

Qaror bilan V Islom birdamligi o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar:

oltin medal uchun – 5 ming AQSH dollari;
kumush medal uchun – 3 ming AQSH dollari;
bronza medal uchun – 2 ming AQSH dollari;

Sportchilarni tayyorlagan trenerlar:

oltin medal uchun – 2,5 ming AQSH dollari;
kumush medal uchun – 1,5 ming AQSH dollari;
bronza medal uchun – 1 ming AQSH dollari miqdorida har bir medal uchun bir martalik mablag‘lar bilan mukofotlanadi.

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
7 viewsAzmiddin Mardayev, 07:10
Ochish/sharhlash
2022-08-17 21:03:56 To‘qqizinchi kun test natijalari e’lon qilindi

2022 yil 16 avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikasiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
5 viewsAzmiddin Mardayev, 18:03
Ochish/sharhlash
2022-08-17 14:01:23 Samarqandda o‘qiyotgan talabalar diqqatiga

Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qish sentyabr oyining oxirida boshlanadi.

15-16 sentyabr kunlari Samarqand katta siyosiy-ijtimoiy jarayon - SHHT ning navbatdagi sammitida mezbonlik qiladi.

Shu munosabat bilan Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalari boshqa viloyat OTM laridan istisno tarzida o‘qishni sentyabr oyining oxirlaridan (aytishlaricha 22 yoki 26 sentyabrdan) boshlaydi.

Joriy yil Samarqanddagi oliygohlarga o‘qishga o‘tadigan abituriyentlar ham sentyabr oyining oxirida o‘qishini boshlaydi.

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
6 viewsAzmiddin Mardayev, 11:01
Ochish/sharhlash
2022-08-17 10:03:49
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga junab ketdi

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
6 viewsAzmiddin Mardayev, 07:03
Ochish/sharhlash
2022-08-16 20:42:36 Sakkizinchi kun natijalari e’lon qilindi

2022-yil 15-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

15-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
6 viewsAzmiddin Mardayev, 17:42
Ochish/sharhlash
2022-08-16 09:44:29 Dars jarayonlari 5 sentyabrdan boshlanadi

Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar 4 kun dam oladi:

1 sentyabr — payshanba (ishlanmaydigan bayram kuni);
2 sentyabr — juma (ish haftasi turidan qat’iy nazar qo‘shimcha dam olish kuni);
3 sentyabr — shanba (olti kunlik ish haftasidagi xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni);
4 sentyabr — yakshanba (dam olish kuni).

Demak, 5 sentyabr, dushanba kuni barcha ta’lim muassasalari uchun 2022-2023 o‘quv yilining ilk o‘qish kuni bo‘ladi.

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
6 viewsAzmiddin Mardayev, 06:44
Ochish/sharhlash
2022-08-16 06:39:45 Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar kontrakt puli to‘lab beriladi

2022-yil 7-mart kuni imzolangan Prezident farmoni asosida, 2022/23-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt to‘lovlarini davlat budjetidan qoplab berilishi belgilangandi. Bu yangilikni joriy etish tartibini belgilovchi hukumat qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, davlat OTMlarining magistratura bosqichiga o‘qishga qabul qilingan va o‘qiyotgan xotin-qizlarga bazaviy to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz) summalari to‘liq to‘lab beriladi.

Buning uchun talabgorlar o‘zlari ta’lim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentabrga qadar ariza bilan murojaat qilishi kerak. Shu asosda rektorlar (filial direktorlari) har yili 15-oktabrgacha tegishli buyruqni qabul qiladi. 15-sentabrdan keyin berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi va to‘lov-kontrakt summalari qoplab berilmaydi.

Bu tartib davlat oliygohlari bilan birga, quyidagilarga nisbatan ham tatbiq etiladi:

Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi;
Bosh prokuratura Akademiyasi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi;
Bank-moliya akademiyasi.

Shuningdek, bu tartib nodavlat OTMlar va xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallarida magistratura bosqichida tahsil olayotgan talaba xotin-qizlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
8 viewsAzmiddin Mardayev, 03:39
Ochish/sharhlash