Get Mystery Box with random crypto!

TalabaMedia

Telegram kanalining logotibi media_talaba — TalabaMedia T
Telegram kanalining logotibi media_talaba — TalabaMedia
Kanal manzili: @media_talaba
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 25

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2022-08-31 06:12:20 1-kursga kirganlar toʻlov-shartnomalarni, oʻqishga kira olmaganlar esa super-kontrakt shartnomasini onlayn olishlari mumkin

Birinchi bosqichga tavsiya etilgan talabalar ham yangi oʻquv yilining birinchi kunidan boshlab (5 senyatbr) toʻlov-shartnomalarni elektron shaklda onlayn olishlari mumkin.

Buning uchun Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining kontrakt.edu.uz platformasidan shartnomani yuklab olish kerak.

Shuningdek, belgilangan oʻtish balini toʻplay olmagan, ammo tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnoma (super-kontrakt) asosida oʻqish istagini bildirgan talabgorlar uchun ham kontrakt.edu.uz platformasi orqali 5 sentyabrdan boshlab onlayn ariza berish va shartnomani onlayn rasmiylashtirish imkoniyati beriladi.

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
4 viewsAzmiddin Mardayev, 03:12
Ochish/sharhlash
2022-08-28 16:54:19 Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari my.dtm.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 6-sentabrga qadar (10 kun) davom etadi.

Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi kerak.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2022-yil 7-sentabrdan boshlanadi.

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
5 viewsAzmiddin Mardayev, 13:54
Ochish/sharhlash
2022-08-28 09:03:01 5 yil pedagoglik stajiga ega o‘qituvchilar diqqatiga!

Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida umumta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan va oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lmagan hamda kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bakalavriatning sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha to‘lov-kontrakt asosida alohida maqsadli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlangan.

Unga ko‘ra kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun 14 ta pedagogika oliy ta’lim muassasasida jami 1000 ta maqsadli qabul parametrlari ajratilgan.

Mazkur qabul parametrlari test sinovi natijalariga ko‘ra 56,7 va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar uchun qo‘llanadi.

Bunda tanlov Xalq ta’limi vazirligi tomonidan kamida 5 yil pedagoglik stajiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar ro‘yxati Davlat test markaziga taqdim etilgandan so‘ng amalga oshiriladi.

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
1 viewAzmiddin Mardayev, 06:03
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:37:26
2022-2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha bir nafar talabaning to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdori.

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
2 viewsAzmiddin Mardayev, 18:37
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:17:58 Yana bir zo‘r xabar!

Barcha davlat oliy ta’lim muassasalarining barcha bosqich talablari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
5 viewsAzmiddin Mardayev, 18:17
Ochish/sharhlash
2022-08-27 21:06:11 Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi

2022-2023-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.dtm.uz sayti orqali:

my.dtm.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali:

mandat.dtm.uz saytining “Bakalavr-2022” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Davlat test markazining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
4 viewsAzmiddin Mardayev, 18:06
Ochish/sharhlash
2022-08-27 13:28:22 Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam olishadi

Yaqinlashayotgan davlat mustaqilligi bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun dam oladi.

Bunda:

1-sentyabr — Mustaqillik bayrami;

2-sentyabr —  juma, ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;

3-sentyabr — shanba, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun farmonga asosan qo‘shimcha dam olish kuni;

4-sentyabr — yakshanba, barcha uchun odatdagi dam olish kuni. 

5-sentyabr barcha uchun ish kuni. Maktab, lisey, kollej va texnikumlar o‘quvchilari, shuningdek OTM talabalari uchun ham 5 sentyabr — dushanbadan darslar boshlanadi.

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
5 viewsAzmiddin Mardayev, 10:28
Ochish/sharhlash
2022-08-21 18:45:59 O‘n uchinchi (so‘nggi) kun natijalari e’lon qilindi

2022-yil 20-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

20-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 2 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

Quyidagi telegram botlariga abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@mandatlar_2022bot
@mandatlar_2022bot
@mandatlar_2022bot
@mandatlar_2022bot

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
3 viewsAzmiddin Mardayev, 15:45
Ochish/sharhlash
2022-08-20 21:06:26 Barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi

Ma’lumki, 2022-yil 8-avgust kuni 2022-2023-o‘quv yili uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari boshlangan edi.

Bugun barcha hududlarda test sinovlari yakunlandi. Bunda jarayonlar:

12-avgust kuni — Farg‘ona viloyatining So‘x tumanida;
17-avgust kuni — Samarqand viloyatida;
19-avgust kuni — Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida;
20-avgust kuni — Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlari hamda Toshkent shahrida o‘z yakuniga yetdi.

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
3 viewsAzmiddin Mardayev, 18:06
Ochish/sharhlash
2022-08-20 19:50:52 #Qabul2022 #Natija
O‘n ikkinchi kun natijalari e’lon qilindi

2022-yil 19-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi.

19-avgust kuni test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 4 xil usulda bilishlari mumkin:

my.dtm.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.dtm.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

Davlat test markazining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

@e_dtm_mandatbot
@e_dtm_mandat1bot
@e_dtm_mandat2bot
@e_dtm_mandat3bot
@e_dtm_mandat4bot

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

KANALGA OBUNA BO‘LISH @AZMIDDIN_MARDAYEV
3 viewsAzmiddin Mardayev, 16:50
Ochish/sharhlash