Get Mystery Box with random crypto!

TalabaMedia

Telegram kanalining logotibi media_talaba — TalabaMedia T
Telegram kanalining logotibi media_talaba — TalabaMedia
Kanal manzili: @media_talaba
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 25

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-23 18:28:15
Adju universiteti TOP-1000 kiradi, bugungi kunda 488-oʻrinni egallagan.

Ajou university is included in the TOP-1000, and today it occupies the 488th place.

Университет Аджу входит в ТОП-1000 и на сегодняшний день занимает 488 место.

University Press Service
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site
7 viewsAzmiddin Mardayev, 15:28
Ochish/sharhlash
2023-01-18 14:17:53 ESLATMA: TO‘LOV-KONTRAKT MABLAG‘LARINI TO‘LASHNING OXIRGI MUDDATI 20-YANVAR

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalarining ayrim toifadagi talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 20-yanvari etib belgilangan.

@Azmiddin_Mardayev
3 viewsAzmiddin Mardayev, 11:17
Ochish/sharhlash
2023-01-18 14:11:44 Talabalar to'lagan kontrakt pulidan 12% qaytarib olish huquqiga ega ekanligidan xabaringiz bormi?

Ushbu chegirma:
o'z mablag'lari;
banklar tomonidan berilgan ta'lim kreditlari;
yuridik shaxslar tomonidan berilgan mablag'lar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi.

To‘lov ish haqidan emas, mustaqil amalga oshirilganda yillik daromad to‘g‘risidagi deklarasiyani topshirgan holda soliq chegirmasidan foydalanish mumkin.

Soliq chegirmasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlash uchun quyidagilar taqdim etiladi:
to‘lovli-kontrakt asosida o‘qitish to‘g‘risida tuzilgan shartnoma nusxasi;
bank bilan ta’lim kreditini olish uchun tuzilgan shartnoma (shartnomalar) nusxasi;
OTM hisob raqamiga pul mustaqil to‘laganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
pasport nusxasi va talabaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxasi.

Manba: Soliq kodeksi 378-modda, 16-bandi.

@Azmiddin_Mardayev
3 viewsAzmiddin Mardayev, 11:11
Ochish/sharhlash
2023-01-13 07:55:01 Talaba ham o‘qib, ham ishlasa bo‘ladimi?

Javob: Ha, talaba mehnat shartnomasi asosida haq to‘lanadigan ishlarda ishlashi mumkin.

Buning uchun qonunlarda cheklov yo‘q.

Oliy ta’lim to‘g‘risida низомнинг 50-bandiga ko‘ra kunduzgi ta’lim shaklida o‘qiyotgan talaba darsdan bo‘sh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) ham oliy ta’lim muassasasida, ham boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlashga ruxsat etiladi.

Amaldagi Mehnat kodeksining 248-moddasiga ko‘ra ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan xodimlarga ishni ta’lim bilan birga qo‘shib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart.

@Azmiddin_Mardayev
6 viewsAzmiddin Mardayev, 04:55
Ochish/sharhlash
2023-01-12 16:32:21
Imtiyozli taʼlim krediti endilikda yillik 15% stavkada ajratiladi (xotin-qizlarga 0%)

Imtiyozli taʼlim krediti xotin-qizlarga yillik 0%, yigitlarga esa yillik 15% stavkada, rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatga qaytarib to‘lash sharti bilan ajratiladi.

Imtiyozli taʼlim kredit Asakabank, O‘zsanoatqurilishbank, Oriyent Finans Bank, Qishloqqurilishbank, Aloqabank, Ipoteka-bank, Agrobank, MKBank, O‘zmilliybank, Turonbank, Xalq banki va Hamkorbanklar tomonidan ajratilmoqda.

Maʼlumot uchun, imtiyozli taʼlim kreditlari istisno taʼriqasida 2022-yil oxirigacha yillik 14% stavkada
ajratilgan.

@Azmiddin_Mardayev
8 viewsAzmiddin Mardayev, 13:32
Ochish/sharhlash
2023-01-10 07:43:15
Bugun magistraturaga hujjat topshirishning so'ngi kuni

Hujjatlariningizni soat 00:00 gacha topshirishingiz mumkin.

Shu vaqtgacha ariza topshirganlar soni 13299 mingni tashkil qilmoqda.

@Azmiddin_Mardayev
2 viewsAzmiddin Mardayev, 04:43
Ochish/sharhlash
2023-01-10 07:18:54 DIQQAT: Anomal sovuq kutilyapti. Undan birinchi galda kimlar saqlanishi kerak?

Xo‘sh, bunday anomal harorat inson salomatligiga qanday ta’sir etadi? Uning zararli oqibatlaridan saqlanish usullari nimalardan iborat?

Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari E.Basitxanova shu haqdagi tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.

— Qattiq sovuqda ko‘pincha qon tomirlarining keskin torayishi kuzatiladi, — deydi vazir o‘rinbosari. — Ayniqsa, gipertoniya, bosh miya qon tomirlari aterosklerozi, insult va infarktdan keyingi holat, stenokardiya kabi kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarga bunday noqulay ob-havo salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ularni bosh va yurak sohasidagi og‘riqlar bezovta qiladi.

Shuningdek, bronx va o‘pka xastaliklari, xususan, bronxial astmaga chalingan bemorlarda kasallikning faol davridagi asoratlar zo‘rayadi. Ya’ni uydan ko‘chaga chiqqanda, bronxospazm yoki stenokardiyaning xuruj qilish xavfi ortadi. Shu sababli bunday insonlar shifokor tavsiyasi bilan yonida doimiy ichib yuradigan dorilarini olib yurishi shart.

Qolaversa, anomal sovuq teri va buyrak kasalligi bor bemorlarning umumiy holati yomonlashuviga ham sabab bo‘lishi mumkin. Chunki bunday sharoitda tana a’zolarining muzlab qolish ehtimoli yuqori.

@Azmiddin_Mardayev
2 viewsAzmiddin Mardayev, 04:18
Ochish/sharhlash
2023-01-07 07:46:20
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov respublikamizning barcha oliy taʼlim muassasalari rektorlari va prorektorlariga qishki ta'til uzaytirilishi bo'yicha ko'rsatma berdi

Ayni damda qishki taʼtil uzaytirildi, ammo yotoqxonaga ertaroq kelib, oʻqishga tayyorgarlik koʻrish yoki boshqa maqsadli ishlarni koʻzlab hududlardan taʼlim muassasalariga kelib boʻlgan talabalarga qishki qoʻshimcha taʼtilni oʻz yaqinlari bilan birga ota-onalari bagʻrida samarali oʻtkazishlari tavsiya qilinadi va bunga barcha sharoitlar yaratish boʻyicha individual ishlar olib borilmoqda.

Batafsil:
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati

@Azmiddin_Mardayev
6 viewsAzmiddin Mardayev, 04:46
Ochish/sharhlash
2023-01-07 07:17:44 Rasmiy xabar: qishki ta'til uzaytirildi

O'zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo'g'indagi ta'lim muassasalarida qishki ta'til muddati 17-yanvarga qadar uzaytirildi.

O'quv mashg'ulotlari 18-yanvar kunidan boshlanadi.

Talabalar 9-yanvargacha xarid qilingan avia va temir yo'l chiptalari bepul tarzda tegishli muddatga almashtirib beriladi. Bundan tashqari, taʼtil uzaytirilishi munosabati bilan avia hamda temir yoʻllarda qoʻshimcha joy (reys)lar ajratiladi.

@Azmiddin_Mardayev
5 viewsAzmiddin Mardayev, 04:17
Ochish/sharhlash
2022-12-20 09:25:49
Shavkat Mirziyoyev 2023-yilni “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim” yili deb e'lon qildi

@Azmiddin_Mardayev
5 views𝓐𝔃𝓶𝓲𝓭𝓭𝓲𝓷 𝓜𝓪𝓻𝓭𝓪𝔂𝓮𝓿, 06:25
Ochish/sharhlash