Get Mystery Box with random crypto!

Maktabgacha ta'lim agentligi

Telegram kanalining logotibi mdokanal — Maktabgacha ta'lim agentligi M
Telegram kanalining logotibi mdokanal — Maktabgacha ta'lim agentligi
Kanal manzili: @mdokanal
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 42.90K
Kanalning ta’rifi

Web-site: mpe.uz
Facebook: https://www.facebook.com/mtv.gov.uz/
Instagram: https://www.instagram.com/mdo.uz/
You-Tube: https://www.youtube.com/channel/UC4FSqnbmdHr3JzcmsPO0jpg
Murojaat uchun: @MTVaxborotxizmati_bot
tel: (71) 207-04-07
Pochta: devon@mpe.uz

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2023-07-05 15:51:12
4.5K views12:51
Ochish/sharhlash
2023-07-05 13:31:38 Bugun Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligining "O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” xalqaro konferensiyasi bo'lib o'tdi

2023-yil 5-iyul kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Event Hall tadbirlar zalida “O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda qator xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning ta’lim sohasi vakillari ishtirok etdi.

Haftalik doirasida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirdan asosiy maqsad, Yangi O‘zbekistonda inson kapitali, uning shakllanishi va rivojlanishida ta’lim-tarbiya hamda ilm-fanning o‘rni va rolini muhokama qilish, ta’lim tizimini isloh qilishning zamonaviy tendensiyalari, jahon tajribasini o‘rgangan holda ularni amaliyotga tadbiq etish va buning samarasi borasida fikr almashish, keng jamoatchilikni Yangi O‘zbekistonda ta’lim, ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirishdan iboratdir.

“Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekistonning mustahkam poydevori”, “Inson kapitali: global muammolar va rivojlanish tendensiyalari” mavzularida o‘tgan muloqot tadbirida so‘nggi yillarda respublikada olib borilayotgan maktabgacha va maktab ta’limiga doir islohotlar mazmuni va so‘nggi yillardagi sohadagi keng o‘zgarishlar tahliliga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
4.6K views10:31
Ochish/sharhlash
2023-06-13 21:03:33
#uchrashuv

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida Maktabgacha ta’lim agentligi mutaxassislari, Toshkent shahridagi Puchon universiteti, A.I.Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining Toshkent shahridagi filiali, Toshkent va O‘rta Chirchiq pedagogika kollejlarining rahbar va mutaxassislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda pedagogika kollejlarining namunaviy o‘quv reja va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3.4K views18:03
Ochish/sharhlash
2023-06-13 14:24:42
#hamkorlik_uchrashuvi

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari – Maktabgacha taʼlim agentligi direktori A. Shin Samarqandda boʻlib oʻtayotgan Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar taʼlim vazirlarining 7-yigʻilishi doirasida, Qirgʻiziston Respublikasi taʼlim va fan vaziri oʻrinbosari A. Risboyeva bilan uchrashdi.

Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2519
_______________________________

#Встреча_сотрудничества

Сегодня состоялась встреча Первого заместителя министра дошкольного и школьного образования - Директора Агентства дошкольного образования А. Шин с Заместителем министра образования и науки Киргизской Республики А. Рысбаевой в рамках 7-го собрания министров образования стран-членов Организации тюркских государств, проходящего в г. Самарканде.

Подробнее: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2519

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
5.6K views11:24
Ochish/sharhlash
2023-06-12 19:47:47
Rasmiy munosabat

Joriy yilning 12 iyun kuni Toshkent shahridagi 407-DMTTning 1-kichik guruhida notanish shaxs uxlab yotganligi holatida aniqlangan.

Izoh: shu guruh tarbiyachisi  F.Xo’jayeva 7:30 da guruh eshigini ochganda deraza oynasi ochiqligini ko’rib, tezda xonani aylanadi va notanish shaxs uxlab yotganini ko’radi. Tezda tegishli xodimlarga xabar beradi. Nomalum shaxs DMTT xodimlari va tarbiyalanuvchilari hayoti uchun xavf tug’dirishi mumkinligini inobatga olib, tezkorlik bilan DMTT xodimlari qo’riqlash xizmatining chaqiruv tugmasini bosadi. Qo’riqlash xizmati xodimlari tezlikda yetib kelib, olib ketishadi. Usbu shaxs DMTT xududiga orqa panjarasidan noqonuniy oshib kirgan.


Holat yuzasidan ichki ishlar organlari tomonidan tekshiruv olib borilmoqda.
8.4K viewsedited  16:47
Ochish/sharhlash
2023-06-12 18:57:09
#Buxoro_viloyati
#zukko_bolajon_loyihasi

"ZUKKO BOLAJON" BUXORODA

30-iyun -“Yoshlar kuni” munosabati bilan Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi 22-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yangi O'zbekiston – yoshlari birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” doirasida "Zukko Bolajon" fotoalbomi taqdimotiga bag‘ishlangan badiiy-musiqali bayram tadbiri bo’lib o’tdi.

Maktabgacha ta’limi agentligi hamkorligida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Oliy majlis huzuridagi nodavlat va notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati tomonidan tashkil etilgan tadbir, “Zukko Bolajon!” fotoko‘rgazmasi hamda milliy qadriyatlarimiz aks etgan ko‘rgazmali namoyishlar bilan boshlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
4.7K views15:57
Ochish/sharhlash
2023-06-12 18:57:09
Farg'onada "Bebbo" mobil ilovasini tizimga joriy etish yuzasidan o'tkazilgan o'quv-amaliy seminarlarida 900 nafardan ziyod tizim xodimlari ishtirok etdi

Farg'ona viloyati shahar va tumanlarida Maktabgacha ta’lim agentligi tasarrufidagi “Bilim Makon” Innovatsion markazi hamda BMTning “YUNISEF” Bolalar fondi bilan hamkorligidagi "Bebbo" nomli mobil ilovani tizimga joriy etish yuzasidan o'quv-amaliy seminarlari bo'lib o'tdi.

Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2513

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
4.3K views15:57
Ochish/sharhlash
2023-06-12 15:30:44
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryodagi maktabgacha ta'lim tashkilotida bo’ldi

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida faoliyat olib borayotgan "Волшебный замок" maktabgacha ta'lim tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Ayni kunda 360 nafar tarbiyalanuvchi ta'lim-tarbiya olayotgan mazkur ta'lim tashkilotini aholi talabidan kelib chiqib 1000 o'rinli qilib kengaytirish ko'zda tutilmoqda.

Shu bois tadbirkor tomonidan ta'lim tashkilotiga kelgusida 640 o'rinli yangi bino qurilishini boshlash orqali jami 1000 nafar bolani qamrab olish taklifini bildirdi.

Vazir ushbu taklifini qo'llab-quvvatlab, bino qurilishi ko'zda tutilgan yer maydonini ham ko'zdan kechirib, o'zining zarur taklif tavsiyalarini berdi.

Vazirning Surxondaryo viloyatiga xizmat safari davom etmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
5.6K views12:30
Ochish/sharhlash
2023-06-10 05:24:23
Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada kimlar ma'ruza qildi?

Avvalroq xabar berganimizdek, joriy yilning 9-10-iyun kunlari Toshkent shahridagi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutida “Maktabgacha ta’lim sifatini oshirish tendensiyalari: innovasiya, ta’lim, tajriba va kadrlar tayyorlash” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya bo'lib o'tmoqda.

Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2512

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
4.1K views02:24
Ochish/sharhlash
2023-06-10 05:24:05
Agentlik xodimlariga yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida mavjud o'zgarishlar va yangi normalar haqida tushunchalar berildi

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligida O'zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Mehnat muhofazasi bo'limi boshlig‘i A.Xudoynazarovning "Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksida mavjud o'zgarishlar va yangi normalar" mavzusidagi  ma’ruzasi tinglandi.

Shuningdek, ma’ruza davomida eski tahrirdagi Mehnat kodeksi  va yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi o'rtasidagi  tafovutlar va kiritilgan yangiliklar haqida tushuncha berildi.

Uchrashuv yakunida agentlik xodimlari mavzu doirasidagi o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
3.6K views02:24
Ochish/sharhlash