Get Mystery Box with random crypto!

Maktabgacha ta'lim agentligi

Telegram kanalining logotibi mdokanal — Maktabgacha ta'lim agentligi M
Telegram kanalining logotibi mdokanal — Maktabgacha ta'lim agentligi
Kanal manzili: @mdokanal
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 42.90K
Kanalning ta’rifi

Web-site: mpe.uz
Facebook: https://www.facebook.com/mtv.gov.uz/
Instagram: https://www.instagram.com/mdo.uz/
You-Tube: https://www.youtube.com/channel/UC4FSqnbmdHr3JzcmsPO0jpg
Murojaat uchun: @MTVaxborotxizmati_bot
tel: (71) 207-04-07
Pochta: devon@mpe.uz

Ratings & Reviews

4.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

2

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2023-11-01 11:49:35
#Xalqaro_loyiha

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslariga start berildi

Ayni kunlarda viloyatimizda ham Maktabgacha ta’lim agentligining Jahon Banki bilan hamkorlikda “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish guruhi bilan birgalikda 2023-yilning 30-oktabr kunidan 3-noyabr kuniga qadar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichi o‘tkazilmoqda.

“O‘yinga asoslangan ta’lim” mavzusidagi o‘quv kursiga 33 nafar maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari qamrab olingan bo‘lib, 5 kun davomida sifatli erta ta’lim va maktabgacha ta’lim pedagoglarining roli, o‘yinga asoslangan ta’lim va pedagogika tamoyillari kabi mavzularda mashg‘ulotlar olib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
29.0K views08:49
Ochish/sharhlash
2023-10-30 18:30:48
Sport: “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining final bosqichi bo‘lib o‘tdi

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligi hamda Oʻzbekiston Gimnastika Federatsiyasi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida joylashgan davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Gimnastikaga ilk qadam” musobaqasining final bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqada Toshkent shahrining tuman bosqichlarida gʻolib boʻlgan 12 ta jamoadan jami 134 nafar tarbiyalanuvchilar ishtirok etdi.

Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2703



Спорт: Состоялся заключительный этап соревнований «Первый шаг в гимнастику»

Сегодня в сотрудничестве с Агентством дошкольного образования и Федерацией гимнастики Узбекистана состоялся финальный этап соревнований «Первый шаг к гимнастике» среди воспитанников ГДОО города Ташкента.

Всего в конкурсе приняли участие 134 воспитанника в 12-ти командах, победивших районные этапы города Ташкента.

Подробнее: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2703

22.1K views15:30
Ochish/sharhlash
2023-10-30 13:37:01
Surxondaryoda maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni oshmoqda

Kuni-kecha viloyatning Denov, Sherobod, Jarqo‘rg‘on tumanlarida jami 6 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirilib, jami 575 o'ringa ega quvvat yaratildi.

Jumladan,

Denov tumanidagi "Surxondiyor" va "Lag‘monota" mahallalarida 150 o‘rinli hamda "Sina" va "Chorgul" mahallalarida 90 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

Sherobod tumanidagi "Bahor" mahallasida 90 o‘rinli, "Do‘stlik" mahallasida 75 o‘rinli, "Istiqbol" mahallasidagi 100 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkilotlari;

Jarqo’rgon tumanidagi "Yangi turmush" mahallasida 70 o‘rinli maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2701

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
29.0K views10:37
Ochish/sharhlash
2023-10-27 14:59:03
Xanti-Mansiysk avtonom okrugi delegatsiyasining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

Bugun Maktabgacha ta’lim agentligida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan loyiha doirasida Xanti-Mansiysk avtonom okrugi (Rossiya Federatsiyasi) viloyat rahbariyati va ishbilarmon doiralar vakillaridan (zaxiradagi kadrlar) iborat delegatsiya uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2697
**************************

Приём делегации Ханты-Мансийского автономного округа (Российская Федерация)

Сегодня состоялся приём делегации Ханты-Мансийского автономного округа, состоящей из управленческого состава региона и представителей бизнес-кругов (резервных кадров) в рамках проекта, инициатором которого выступает Агентство развития государственной службы при Президенте Республики Узбекистан.

Подробнее: https://mpe.uz/post-detail/posts/news/2697

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
36.8K views11:59
Ochish/sharhlash
2023-10-26 11:50:11
Axborot 24 | Nukus shahrida bolalar o‘rtasida IV ekologik velomarafon tashkil etildi      
#25oct #uzbekiston24

~~~~

Новости 24 | В Нукусе проведён IV веломарафон среди дошкольников
#25oct #uzbekiston24

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
36.1K views08:50
Ochish/sharhlash
2023-10-25 12:32:55
Bayram yaqinlashmoqda!

2023-yilning 29-dekabridan 2024-yilning 12-yanvariga qadar poytaxtimizdagi Xalqaro forumlar saroyida "Minecraft" nomli bolalar uchun mo'ljallangan yangi yil myuzikli namoyish etiladi.

Tomosha vaqtlari:
11:00, 13:00, 15:00, 17:00

Murojaat uchun telefonlar: +998946855122, +9989712070171, +998712072072

Xizmatlar litsenziyalangan.
———————————————————————
Праздник приближается!

С 29 декабря 2023 года по 12 января 2024 года во Дворце международных форумов в нашей столице будет показан детский новогодний мюзикл под названием "Мinecraft".

Время просмотра:
11:00, 13:00, 15:00, 17:00

Телефоны для справок: +998946855122, +9989712070171, +998712072072

Услуги лицензированы.
33.3K views09:32
Ochish/sharhlash
2023-10-24 19:48:37
Xabaringiz bor, Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi turmushi bilan tanishish maqsadida ayni vaqtda Qashqadaryo viloyatida bo‘lib turibdi.

Davlatimiz rahbari mazkur tashrif davomida bugun viloyatning Qarshi tumani markazi – Beshkent shahridagi 12-maktabda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Ushbu ta’lim muassasasidagi o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
33.8K views16:48
Ochish/sharhlash
2023-10-24 19:36:23 Eng faollar taqdirlandi

Eng ommabop elektron davlat xizmati nominatsiyasi gʻolibi — Maktabgacha taʼlim agentligi deb topildi.

Har bir davlat tashkilotlarida raqamlashtirish darajasi yuqori boʻlsa, ular tomonidan aholi va tadbirkorlarga koʻrsatilayotgan xizmatlar ham qulay va sifatli boʻladi.

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan barcha davlat idoralari, xoʻjalik tashkilotlari va hokimliklarning raqamlashtirish darajasi muntazam ravishda baholab boriladi. 

Bugun, “Raqamli hukumat – hukumat insonlar uchun” sammiti doirasida ushbu reytingda eng yuqori koʻrsatkichga erishgan tashkilotlar hamda hamkorlar turli nominatsiyalar boʻyicha taqdirlandi.

Raqamlashtirishda eng faol deb topilgan davlat idorasi nominatsiyasi gʻolibi — Bojxona qoʻmitasi
Raqamlashtirishda eng faol xoʻjalik tashkiloti— “Navoiy kon metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati
Raqamlashtirishda eng faol hokimlik organi — Toshkent shahar hokimligi
Eng yaxshi elektron davlat xizmatlarini taqdim qiluvchi tashkilot — Bilim va malakalarni baholash agentligi
Eng ommabop elektron davlat xizmati nominatsiyasi gʻolibi — Maktabgacha taʼlim agentligi
Eng faol IT-women nominatsiyasi gʻolibi — Bojxona qoʻmitasi xodimi  Muxudinova Luiza Rafkatovna
Davlat xizmatlarini taqdim etishda Eng yaxshi mobil ilova — “Zoomrad” mobil ilovasi
Eng yaxshi ijtimoiy loyiha nominatsiyasi gʻolibi — “Subsidiya” axborot tizimi loyihasi bilan qatnashgan Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Elektron davlat xizmatlarini joriy qilish boʻyicha eng yaxshi hamkor davlat tashkiloti — Adliya vazirligi
Axborot xavfsizligi boʻyicha eng yaxshi hamkor – “Kiberxavfsizlik markazi” davlat unitar korxonasi
IT-loyihalar tahlili boʻyicha hamkor – Hisob palatasi.
Sud-huquq sohasini raqamlashtirish boʻyicha hamkor —  Oliy sud.
IT-loyihalar nazorati boʻyicha hamkor — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi.
33.8K viewsedited  16:36
Ochish/sharhlash
2023-10-24 19:33:57
37.4K views16:33
Ochish/sharhlash
2023-10-23 16:46:16
No comment

Qoraqalpog‘istonda maktabgacha yoshdagi bolalar o‘rtasida velomarafon o'tkazildi
71.0K views13:46
Ochish/sharhlash