Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligining 'O‘zbekist | Maktabgacha ta'lim agentligi

Bugun Xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligining "O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” xalqaro konferensiyasi bo'lib o'tdi

2023-yil 5-iyul kuni Toshkent shahridagi O‘zbekiston Kinematografiya agentligi Event Hall tadbirlar zalida “O‘zbekiston – sog‘lom va bilimli jamiyat” mavzusida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

“Yangi O‘zbekiston: taraqqiyot, innovatsiya va ma’rifat” mavzusidagi xalqaro sheriklik tashabbuslari haftaligi doirasida bo‘lib o‘tgan mazkur tadbirda qator xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning ta’lim sohasi vakillari ishtirok etdi.

Haftalik doirasida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirdan asosiy maqsad, Yangi O‘zbekistonda inson kapitali, uning shakllanishi va rivojlanishida ta’lim-tarbiya hamda ilm-fanning o‘rni va rolini muhokama qilish, ta’lim tizimini isloh qilishning zamonaviy tendensiyalari, jahon tajribasini o‘rgangan holda ularni amaliyotga tadbiq etish va buning samarasi borasida fikr almashish, keng jamoatchilikni Yangi O‘zbekistonda ta’lim, ilm-fan sohasida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirishdan iboratdir.

“Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekistonning mustahkam poydevori”, “Inson kapitali: global muammolar va rivojlanish tendensiyalari” mavzularida o‘tgan muloqot tadbirida so‘nggi yillarda respublikada olib borilayotgan maktabgacha va maktab ta’limiga doir islohotlar mazmuni va so‘nggi yillardagi sohadagi keng o‘zgarishlar tahliliga atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube