Get Mystery Box with random crypto!

#Xalqaro_loyiha Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodi | Maktabgacha ta'lim agentligi

#Xalqaro_loyiha

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslariga start berildi

Ayni kunlarda viloyatimizda ham Maktabgacha ta’lim agentligining Jahon Banki bilan hamkorlikda “Bolalarni erta yoshdan rivojlantirishni takomillashtirish” loyihasini amalga oshirish guruhi bilan birgalikda 2023-yilning 30-oktabr kunidan 3-noyabr kuniga qadar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursining 2-bosqichi o‘tkazilmoqda.

“O‘yinga asoslangan ta’lim” mavzusidagi o‘quv kursiga 33 nafar maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari qamrab olingan bo‘lib, 5 kun davomida sifatli erta ta’lim va maktabgacha ta’lim pedagoglarining roli, o‘yinga asoslangan ta’lim va pedagogika tamoyillari kabi mavzularda mashg‘ulotlar olib boriladi.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube