Get Mystery Box with random crypto!

Bolalikda karavot ostida yashiringan yirtqich hayvondan qo'rq | DEYIL KARNEGI

Bolalikda karavot ostida yashiringan yirtqich hayvondan qo'rqamiz. Keyinchalik u bilan gaplashishni xohlab qolsak ham .⠀
Biroz ulg'ayganimizda maktabda olishimiz mumkin boʻlgan yomon baholardan qo'rqamiz.
Keyin DTM natijasidan,universitetdan haydab yuborilishdan.
Orzularimizdagi intervyuga borishdan qo'rqamiz, chunki bu ishga loyiq emasmiz deb hisoblaymiz. Ichimizda katta jang boshlanadi.
Uchrashuvlarga borishdan qo'rqamiz.
Biz: "Men seni sevaman" deyishdan qo'rqamiz. Millionlab soʻzlarni aytishdan to'xtamaydigan tilimiz uchta soʻzni shakllantirolmaydi.
Tavakkal qilishdan qo'rqamiz.
His qilishdan qo'rqamiz.
Ochiq bo'lishdan va odamlarga ko'nikishdan qo'rqamiz, ularning yuraklarimizni sindirishini kutamiz.
Katta orzular qilishdan qo'rqamiz.
Odamlarni ranjitmaslik uchun haqiqatni aytishdan qo'rqamiz.
Yolg'iz qolishdan qo'rqamiz.
Haqiqatan ham tashvishlanayotgan narsalarimiz haqida gapirishdan qo'rqamiz.
Xafa bo'lishdan va rad etishdan, rad etilishdan qo'rqamiz.

Biz qo'rqamiz. Yana qoʻrqamiz. Davomli qo'rquvlar.

Butun hayotimiz qo'rquvdan iboratdek tuyilmayaptimi sizga?

Rostini aytsam, men ham doimo nimadandir qo'rqaman. Ammo,hozir eng katta qoʻrquvim kunlar kelib yetuk yoshga to'ldim deb hisoblaganimda so'ngsiz maqsadsiz o'tgan hayotga qarash

Biz ikkinchi imkoniyat yoki ikkinchi urinishni olmaymiz. Faqat bitta hayot bor. O'zingizni qutiga solmang.

Sevdingizmi izhor qiling.
Kutyaptimi boring.
Uchmoqchimisiz uching.
Yashamoqchimisiz yashang.
Vujudimiz orzular ko'miladigan qabriston emas.
Qadrligim, umringizga shirin xotiralar hadya qiling.
@MATEVATSIYA_UZ