Get Mystery Box with random crypto!

Ota haqida haqiqiy tushuncha . Otang senga tanbeh berganida | DEYIL KARNEGI

Ota haqida haqiqiy tushuncha

. Otang senga tanbeh berganida u seni xato qilishingni istamaydi
. Otang senga bosim qilganida u seni o'sishingni istaydi.
. Otangni jim turganini ko'rganingda u seni kelajaging haqida bosh qotirayotgan bo'ladi.
. Otang iqtisod qilgan paytda bilib qo'y, u o'z nafsini butunlay mahrum qilgan bo'ladi.
. Otang hansirab qolganini ko'rsang bilib qo'y, u sen sababli shunday bo'lgan.
. Otang kulgan paytida bilib qo'y, buning ham sababchisi sensan.
. Otang qattiq qo'l bo'lib qolsa bilib qo'y, sen uning ko'rsatmalariga yurmagan bo'lasan.
. Otang eshik xonasini qulflab olgan paytida bilib qo'y, u yig'layotgan bo'ladi.
. Otangga nisbatan ovozingni balandlatsang uni tiriklayin go'rga tiqqaningni bilib qo'y.
. Sen o'zingni darbadar va sargardon holda ko'rsang bilib qo'y, otang sendan g'azablangan bo'ladi.
. Otang to'shakka cho'zilib olib, gapirmayotganini ko'rsang bilib qo'y, sen ulkan suyachiq tog'ni yo'qotib, bo'shliqqa yuz tutgan bo'lasan. U bo'shliqni hech qanday xotira ham to‘ldirolmaydi
@MATEVATSIYA_UZ