Get Mystery Box with random crypto!

DEYIL KARNEGI

Telegram kanalining logotibi matevatsiya_uz — DEYIL KARNEGI D
Telegram kanalining logotibi matevatsiya_uz — DEYIL KARNEGI
Kanal manzili: @matevatsiya_uz
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.36K
Kanalning ta’rifi

Instagram.com/dostonbek_holboyev

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar

2022-08-30 17:52:17
Tayyorlash jarayonidan qisqa video rolik

Zakaz uchun 990427574

Do'stlaringizga ulashing

Telegram | Instagram | Tiktok
381 views𝑼𝒎𝒊𝒓𝒐𝒗, 14:52
Ochish/sharhlash
2022-08-16 19:14:21 Natijalarni kôrishda ham yordam beramiz
1.4K viewsElyor Muyassarov, edited  16:14
Ochish/sharhlash
2022-08-16 19:14:03 Imtihon topshirayotgan abituriyentlarimizga omad!!!
1.3K viewsElyor Muyassarov, edited  16:14
Ochish/sharhlash
2022-08-06 20:35:55 Пулни илм учун сарфлашлик ҳақида

1. Киши чўнтагидаги пулини билим учун сарфласа ҳеч ким бу пулларни ундан тортиб ололмайди.

Б.Франклин.

2. Билим учун сарфланган пуллар харажат деб аталмайди. Бу келажагинг учун инвестициядир.

А.Санаване.

3. Устунлигинг тўғрисида менга гапирма. Пулингни қаерга сарфлаётганингни менга кўрсат. Кейин мен сени устунликларингни гапириб бераман. Топаётган пулингни 10%ни бўлсада илм олишга сарфламас экансан сенда устунлик жиҳатлар йўқ. Сен жуда бечора аҳволдасан.

Ж.В.Фриск.

4. Таълим, илм олиш учун сарфланган пулларга ҳеч қачон ҳафа бўлиб сиқилма. Таълимга сафланган ҳар бир центинг сенга вақти келиб 3000 баробардан кўпроқ бўлиб қайтади.

Жим Рон.

5.Топаётган пулинг қиймати сенинг илм олишга сарфлаган пулларинг, вақтинг билан пропорционал тенгдир. Кўпроқ миқдордаги моддий бойликлар фақатгина илм ошиб, тажриба юксалсагина келади.

М.Очилов.

P.S. Вақти келса 100 долларлаб пуллар ошқозонга кириб кетмоқда, 1000лаб долларга қимматбаҳо телефонлар олиняпди. Ачинарлиси, 10 минг ёки 100 минг долларлаб пуллар ҳавога, нафснинг ҳузури учун сарфланмоқда.

Таълимга келганда иккиланаётганлар, фарзанди, ўзининг илм олиши учун ўйланаётганлар, қўйингки, боласи учун бир дона бўлса ҳам китоб олиб бермаётганлар "ғариб"лар деб аталади.

https://t.me/MATEVATSIYA_UZ
3.0K viewsElyor Muyassarov, 17:35
Ochish/sharhlash
2022-08-02 16:13:17
Sizga yordam berishdan bosh tortganlardan hafa bo'lmang va Eynshteynning So'zlarini eslang:

"Menga YO'Q javobini berganlardan mamnunman chunki ular tufayli hammasini o'zim bajardim!"


@MATEVATSIYA_UZ
2.5K viewsDoston Xolboyev, 13:13
Ochish/sharhlash
2022-07-28 18:16:19 ​ АБИТУРИЕНТЛАР УЧУН ДУОЛАР ТЎПЛАМИ

Саноқли кунлардан кейин олий ўқув юртларига кириш имтиҳонлари бўлиб ўтади. Аксарият абитуриентлар бу имтиҳонга қаттиқ киришиб, куну тун талаба бўлиш ниятида ҳаракат қилмоқдалар.

Дарҳақиқат, талаба бўлиш учун астойдил ҳаракат қилиш талаб этилади. Бинобарин, рақобат кучли, йил сайин талаба бўлишни мақсад қилганларнинг сони ортиб бормоқда.

Шу билан бирга, абитуриент Аллоҳга таваккул қилиши ҳамда ота-она, устоз ва яқинларининг дуоси олиши ҳам лозим. Муҳими, қалбда – илм эгаллаш ҳамда бу илми ила Ватани, халқи, оиласи хизматида бўлиш нияти бўлсин.

. «Робби йассир ва ла туъассир. Робби таммим бил-хойри».
Роббим! Осон қилгин, қийин қилма. Роббим, (ишимни) яхшилик билан тугатгин.

. «Роббишроҳ лий содри ва йассир лий амри ваҳлул ъуқдатан мин лисаний йафқоҳу қовлий» (Тоҳо сурасии, 25-28-оятлар).
«Роббим! (Бу қийин вазифага) бағримни кенг қилгин ва ишимни осон қилгин ҳамда тилимдан тугунни (дудуқликни) ечиб юборгин, (токи) улар (қавмим) гапимни (яхши) англасинлар.

. «Робби зидни илман ва фаҳман».
Роббим! Илмимни ва зеҳнимни орттир.

Илм олиш ниятда бўлган барча абитуриентлар имтиҳонларни муваффақиятли топширишларини Аллоҳ таолодан сўраб қоламиз.
https://t.me/MATEVATSIYA_UZ
2.8K viewsElyor Muyassarov, 15:16
Ochish/sharhlash
2022-07-28 07:34:08 Bolalikda karavot ostida yashiringan yirtqich hayvondan qo'rqamiz. Keyinchalik u bilan gaplashishni xohlab qolsak ham .⠀
Biroz ulg'ayganimizda maktabda olishimiz mumkin boʻlgan yomon baholardan qo'rqamiz.
Keyin DTM natijasidan,universitetdan haydab yuborilishdan.
Orzularimizdagi intervyuga borishdan qo'rqamiz, chunki bu ishga loyiq emasmiz deb hisoblaymiz. Ichimizda katta jang boshlanadi.
Uchrashuvlarga borishdan qo'rqamiz.
Biz: "Men seni sevaman" deyishdan qo'rqamiz. Millionlab soʻzlarni aytishdan to'xtamaydigan tilimiz uchta soʻzni shakllantirolmaydi.
Tavakkal qilishdan qo'rqamiz.
His qilishdan qo'rqamiz.
Ochiq bo'lishdan va odamlarga ko'nikishdan qo'rqamiz, ularning yuraklarimizni sindirishini kutamiz.
Katta orzular qilishdan qo'rqamiz.
Odamlarni ranjitmaslik uchun haqiqatni aytishdan qo'rqamiz.
Yolg'iz qolishdan qo'rqamiz.
Haqiqatan ham tashvishlanayotgan narsalarimiz haqida gapirishdan qo'rqamiz.
Xafa bo'lishdan va rad etishdan, rad etilishdan qo'rqamiz.

Biz qo'rqamiz. Yana qoʻrqamiz. Davomli qo'rquvlar.

Butun hayotimiz qo'rquvdan iboratdek tuyilmayaptimi sizga?

Rostini aytsam, men ham doimo nimadandir qo'rqaman. Ammo,hozir eng katta qoʻrquvim kunlar kelib yetuk yoshga to'ldim deb hisoblaganimda so'ngsiz maqsadsiz o'tgan hayotga qarash

Biz ikkinchi imkoniyat yoki ikkinchi urinishni olmaymiz. Faqat bitta hayot bor. O'zingizni qutiga solmang.

Sevdingizmi izhor qiling.
Kutyaptimi boring.
Uchmoqchimisiz uching.
Yashamoqchimisiz yashang.
Vujudimiz orzular ko'miladigan qabriston emas.
Qadrligim, umringizga shirin xotiralar hadya qiling.
@MATEVATSIYA_UZ
2.5K viewsDoston Xolboyev, 04:34
Ochish/sharhlash
2022-06-30 08:48:09 Ota haqida haqiqiy tushuncha

. Otang senga tanbeh berganida u seni xato qilishingni istamaydi
. Otang senga bosim qilganida u seni o'sishingni istaydi.
. Otangni jim turganini ko'rganingda u seni kelajaging haqida bosh qotirayotgan bo'ladi.
. Otang iqtisod qilgan paytda bilib qo'y, u o'z nafsini butunlay mahrum qilgan bo'ladi.
. Otang hansirab qolganini ko'rsang bilib qo'y, u sen sababli shunday bo'lgan.
. Otang kulgan paytida bilib qo'y, buning ham sababchisi sensan.
. Otang qattiq qo'l bo'lib qolsa bilib qo'y, sen uning ko'rsatmalariga yurmagan bo'lasan.
. Otang eshik xonasini qulflab olgan paytida bilib qo'y, u yig'layotgan bo'ladi.
. Otangga nisbatan ovozingni balandlatsang uni tiriklayin go'rga tiqqaningni bilib qo'y.
. Sen o'zingni darbadar va sargardon holda ko'rsang bilib qo'y, otang sendan g'azablangan bo'ladi.
. Otang to'shakka cho'zilib olib, gapirmayotganini ko'rsang bilib qo'y, sen ulkan suyachiq tog'ni yo'qotib, bo'shliqqa yuz tutgan bo'lasan. U bo'shliqni hech qanday xotira ham to‘ldirolmaydi
@MATEVATSIYA_UZ
1.3K viewsDoston Xolboyev, 05:48
Ochish/sharhlash
2022-06-30 08:44:01 O'ZINI SEVISH - XUDBINLIK EMAS

Ko'pchilik insonlar o'zini sevish bilan xudbinlikni aralashtirib yuborishadi, bu ikki tushunchani bir xil anglashadi.
Aslida esa bular o'rtasida anchagina farq bor.

XUDBINLIK — doim o'z manfaatini o'ylashdir.

O'zni sevish esa o'zi bilan do'stlashish, o'zini ayblamaslik, o'z shaxsini hurmat qilishdir.


Quyida o'zini yaxshi ko'rmaydiganlarning asosiy «belgi» larini sanaymiz.

Demak, siz qilayotgan ishlaringizni yoqlamaysiz.
Tanqid — g'urur mahsuli. Har doim o'zingizni tanqid qilaversangiz, sizda g'urur emas, manmanlik hissi oshib-toshib ketibdi.
Shu darajada ko'payibdiki, o'zingizni ideal odam hisoblay boshlabsiz va o'zingizdan faqat ideal darajadagi ishlarni kutayapsiz.
Oddiy odamlar singari xatolar qilishingiz mumkinligini tan olishga esa kamtarligingiz yetarli emas.

Tashqi ko'rinishingizdan norozi bo'lsangiz…

«Qaniydi falonchixondek shahlo ko'zlarim bo'lsa» yoki «Nega dugonamdek oppoq emasman?» singari fikrlar tez-tez miyangizda aylanaveradimi?
Demak, siz o'zingizni hadeb boshqalar bilan solishtirish dardiga mubtalo bo'libsiz. Albatta, bunday sharoitda o'zingizni sevishingiz mumkin emas.
Darhol bu odatni tark eting.
Siz, bu — siz, uni falonchiyu pismadonchixonlar o'lchami bilan o'lchamang
Odam o'zining nuqsonlarini bilishi kerak, ammo bu nuqsonlarga munosabati to'g'ri bo'lishi lozim.
Siz Yaratgannning ijodisiz, u o'sha nuqsonlarni Sizdagi o'ziga xoslikni ta'kidlash uchun bergan.

Doim o'zingizni aybdor his qilaversangiz . . .

Bolangiz kasal bo'lib qoldi. Siz «Bola degan xastalanadi-da, issiq jon», demaysiz. «Yaxshi qaramabman, issiq kiyintirmabman va hokazo», deya o'zingizni ayblab boshlaysiz.
Bu tuyg'u ichingizda kechayotgan bo'lsa-da, atrofingizdagilar ham his qilishadi.
Siz ularga tayyor xulosani berdingiz, aybdorlikni zimmangizga oldingiz, ular jon deb uni qabul qilishadi va ayblov toshlari bir-bir ota boshlashadi.
Unutmang, hamma narsani oldindan ko'rib, sezib, oldini olib yuradigan odamning o'zi yo'q.
Umuman, bo'lar ish bo'lgandan keyin kim aybdorligining nima ahamiyati bor? Ahamiyatlisi, kim shu muammoni yecha olishida.
To'g'ri fikrlasangiz, muammoni hal etguvchi o'sha inson, albatta, o'zingiz bo'lasiz.


Hammaga birdek yoqishga intilsangiz …

Atrofdagilardan o'zingizga nisbatan maqtov, olqish eshitishga muhtojsiz.
Sizni yoqtirmay qo'ysalar, hay-hay, bundan yomoni bormi?
Bu o'zini yaxshi ko'rmaydigan odamning xulqidir, Chunki tashqaridan aytilgan maqtovlar insonning o'ziga bo'lgan ishonchini sug'orib turadi.
«Men»ini sevgan va «men»iga yetarlicha ishongan odam bunga muhtoj emas, unga o'zining muhabbati, maqtovlari etib-ortadi, ya'ni atrofdagilarninG muhabbati xuddi telefonga zaryadka orqali o'tayotgan tokdek gap.
Tokka to'la batareykani zaryadlashga ehtiyoj yo'q. O'zingizni o'ylang, o'z tuyg'ularingiz bilan qiziqing, o'zingiz bilan ovora bo'ling, shunda boshqalarning muhabbati-yu maqtovlariga zor bo'lib qolmaysiz.
Shu maqtovlarga erishish uchun o'lib-tirilmaysiz.

Boshqalar uchun yashasangiz…

Hayotdan lazzatlanib, o'zingiz uchun yashamaysiz.
O'zingizni alllaqachon unutib qo'ygansiz. Ishxonada hamma vazifani gardaningizga olasiz, bir-ikki marta rahmat eshitarsiz, ana boring, muokofot puli ham berishar.
Ammo bir kun bu mas'uliyatdan charchaysiz, boshqalar soyangizda maza qilib yurishgani etmagandek, muammo chiqqanda sizga yuklab qo'ya qolishadi.
Axir hech kimga muammo kerak emas, demak, fidoyilikning ham me'yorini biling, toki o'zingizga ham yaxshi bo'lsin, boshqalarga ham.

@MATEVATSIYA_UZ
1.0K viewsDoston Xolboyev, 05:44
Ochish/sharhlash
2022-06-29 05:20:30
"Agar siz o'z vaqtingizni qadriga yetmas ekansiz, boshqalar umuman sizning
vaqtingizni qadrlamaydi."

O’zinggni va vaqtni qadrla !

Dostlarga ulashing

Kanal:
@MATEVATSIYA_UZ
1.1K viewsDoston Xolboyev, 02:20
Ochish/sharhlash