Get Mystery Box with random crypto!

​Pifagor (miloddan avvalgi, taxminan, 580 – 500 yillar) – qadi | Matematikadan repetitor

Pifagor (miloddan avvalgi, taxminan, 580 – 500 yillar) – qadimgi grek olimi, matematigi, faylasufi. Pifagor ba’zi rivoyatlarga qaraganda dindor bo‘lgan. Pifagor diniy qarashlarining asosini matematika tashkil qiladi. Uning fikricha xudo olamni tartiblash uchun sonni yaratgan.

Bir soni xudoning yagonaligini, qolgan barcha sonlar birgalikda olamni bildirgan. Bular ikkalasi hamkorlikda xudojo‘y sonli garmoniyani tashkil qilishini aytgan. Pifagor ta’limotiga asosan son narsalarning mistik mohiyati hisoblanadi, matematik mavhumliklar olamda ma’lum tartib o‘rnatib, uni oshkormas holda boshqaradi. Qisqasi, olamni sonlar va ulardan yaratilgan munosabatlar garmonik sistemasi tashkil qiladi. U kimda-kim bu xudojo‘y sonli garmoniyani o‘rgansa, o‘zi ham xudojo‘y bo‘ladi va abadiy yashaydi, degan mistik g‘oyani ilgari surgan. Pifagor ana shunday diniy qarashlari asosida uning haqiqiy matematik g‘oyalari paydo bo‘lgan.

Pifagor ko‘pgina muhim yangiliklarni yozib qoldiradi. Jumladan, uchburchak ichki burchaklarining yig‘indisi haqidagi teorema, tekislikni muntazam ko‘pburchaklarga (uchburchak, kvadrat, oltiburchak) ajratish mumkinligi haqidagi masalalar Pifagor tomonidan kashf qilingan.

Geometriya Pifagor maktabi tomonidan fan sifatida asoslandi. Ular geometriyani arifmetika bilan bog‘laganlar va kvadrat tenglamaga olib keladigan masalalarni geometrik usulda yechganlar. Masalan, birdan boshlab ketma-ket kelgan toq sonlar yig‘indisi (1+3=2^2, 1+3+5=3^2, 1+3+5+7=4^2 va boshqalar) qo‘shiluvchilar soni kvadratiga va har qanday ikkita ketma-ket kelgan sonlar kvadratlarining (keyingisidan oldingisining) ayirmasi (2^2-1^2=3, 3^2-2^2=5 va boshqalar) toq songa tengligini geometrik usulda aniqlagan va hokazo.

Pifagor birinchi bo‘lib, geometriya kursiga sistematik isbot qilish usulini kiritib, uni abstrakt fan darajasigacha ko‘tardi. To‘g‘ri chiziqli shakllar garmoniyasini tuzib, o‘xshashlik haqidagi ta’limotni yaratdi. Ayniqsa, u to‘g‘ri burchakli uchburchak shaklidagi figuraning biror tomoni uzunligini amalda o‘lchash mumkin bo‘lmasa, uni qolgan ikki tomon uzunliklari orqali aniqlovchi teoremani isbot qildi. Bu teorema Pifagor nomi bilan atalib, uning dovrug‘ini butun olamga yoydi. Keyinchalik bu teorema Ferma ulug‘ teoremasini kashf qilinishiga olib keldi.

P.S. Pifagor haqida yozilgan mana bu postni ham o‘qinglar.

@matematikadan_repetitor