Get Mystery Box with random crypto!

Jermen Sofiya (1.4.1776 – 27.6.1831) – fransuz matematigi, fay | Matematikadan repetitor

Jermen Sofiya (1.4.1776 – 27.6.1831) – fransuz matematigi, faylasufi, matematik fizikaning asoschilaridan biri. U elastiklik masalasiga oid (plastinkaning egilish nazariyasi) asari uchun Parij FA ning mukofotini (1811) olgan birinchi ayol kishi edi.

Jermen geometriya va sonlar nazariyasi bo‘yicha muhim natijalarni qo‘lga kiritdi. U a^4+1 ko‘rinishdagi ifoda (a 1 dan farqli bo‘lganda) murakkab son bo‘lishini; n<100 (bunda n natural son) uchun P. Fermaning (1601 – 1665) buyuk teoremasini isbotladi va boshqalar.

U J. Dalamber (1717 – 1783), J. Furye, K. Gauss, A. Lejandr va boshqa olimlar bilan muhim matematik masalalar bo‘yicha xat orqali fikr yuritgan.

Jermenning jasurligi haqida ko‘pgina rivoyatlar mavjud. Ulardan biri, Sofiyaning matematika bilan shug‘ullanishini ota-onasi xohlamasligidir.

Sofiya matematikaga qiziqqani uchun, yashirin holda, mustaqil shug‘ullanadi. Lekin uning ko‘pgina tushunmagan savollari paydo bo‘ladi va ularni aniqlash maqsadida nemis matematigi K. F. Gaussga yigit nomi bilan xat yozadi (o‘sha davrda olimlar xotin-qizlarning savollariga javob qaytarmasliklari mumkin edi). Savollar Gaussni qiziqtirgani uchun “yigitcha”ning uchrashishiga rozilik beradi.

O‘sha vaqtda (1807 yilda) fransuz armiyasi to‘satdan Germaniyaga qarshi urush boshlab, Gyottingen shahrini ishg‘ol qilgan bo‘ladi (Gauss ham shu shaharda edi). Sofiya fransuz armiyasi qo‘mondonidan Gauss hayotiga xavf yetkazmasliklarini iltimos qiladi. Bo‘lmasa, sirakuzalik ulug‘ Arximed o‘limi fojiasi Gaussga ham tushishi mumkin edi. Gauss o‘z hayotini o‘lim xavfidan qutqazgan dovyurak Sofiyani umrining oxirigacha hurmat qiladi.

@matematikadan_repetitor