Get Mystery Box with random crypto!

Maktabdan farzandingiz “ikki” yoki “uch” baho olib kelsa uni a | Matematikadan repetitor

Maktabdan farzandingiz “ikki” yoki “uch” baho olib kelsa uni aslo urushmang.

U dumbul emas, shunchaki u hali o‘zini bo‘lar-bo‘lmasga namoyon qilavermaydigan o‘zgacha shaxs bo‘lishi mumkin. Unga maqtovlar kerak emas, unga hammaning “o‘” deyishi qiziqmas, u o‘z bilganicha ish tutadi, u ijodkor, u erkin fikrlashga moyilligi bor bola bo‘lishi mumkin.

Keling, sizga o‘zim haqimda gapirib beraman. Men maktabni qizil shahodatnomaga bitirganman, haqiqatdan ham hamma fanlardan yaxshi o‘qishga harakat qilganman. Ikkinchi sinfdan uchinchi sinfga “sakrab” o‘tib ketganman – menga “a’lochi” degan yorliq yopishtirishgan edi, go‘yo men bu yorliqqa munosib bo‘lish uchun intilardim.

Xo‘sh, natija nima bo‘ldi? O‘qigan narsalarimning 90 foizi baribir ham esimdan chiqib ketdi, aqlimni ancha kech yig‘ib oldim – to‘qqizinchi sinfni bitirgach akademik litseyga kirdim va u yerda faqat qiziqqan narsamga bor fokusimni qaratib o‘qidim. Darslarda partam ustida faqat matematika va fizika kitoblari turardi, har qanday darsda faqat misol ishlab, kitob o‘qib o‘tirardim. Rus tilidan “ikki” olganman bir necha marta, sababi – vazifa qilmasdim, ha, men umuman vazifa qilmas edim. Hatto matematika darsida fizika, fizika darsida esa matematika ishlab o‘tirardim ba’zan. Men haqiqiy erkin o‘qish baxtiga yetishgan edim o‘shanda. 17 yoshimda student bo‘ldim. Xo‘sh, sizningcha sessiyani nechchiga yopganman? To‘ppa-to‘g‘ri! Uchga! Biror marta “besh”ning stipendiyasini olish baxtiga muyassar bo‘lmaganman, bakalavrda ham, magistrda ham aksincha ikkalasida ham “pavtor”larga qolganman. Lekin mutahassislik fanlarim besh edi. Bu gaplarni nega aytyapman? Gap bahoda emas, gap erkin billimni hamisha o‘zingiz mustaqil o‘rganishingiz lozimligida! Qayerda bo‘lsangiz ham o‘z kuchingizga ishoning va o‘zingiz mustaqil o‘qishga harakat qiling.

To‘g‘ri, men zo‘r bo‘lib ketmadim, lekin harqalay ayrim o‘rtoqlarimning va ustozlarimning e’tiforiga sazovor bo‘ldim, bugun ham harakat qilishda davom etyapman.

@matematikadan_repetitor