Get Mystery Box with random crypto!

Abadiy hayot Biz qachon tug‘ilganimizni hujjatimiz yoki bizga | Matematikadan repetitor

Abadiy hayot

Biz qachon tug‘ilganimizni hujjatimiz yoki bizga bu haqida aytgan ota-onamiz tufayligina bilamiz. Bizning hayotimiz qachondan boshlandi? Bizga in’om etilgan bu buyuk ong tug‘ilmasimizdan avval qayerda edi? Nega boshlang‘ich nuqtamiz mavjud emasdek tuyuladi bizga? Azizlarim, mening fikrimcha aynan mana shu bilmasligimiz juda ajoyib, negaki ana shunda biz ibtidosi yo‘q ongga (umuman, hayotga) ega bo‘lamiz. Bu yog‘ini surishtirsangiz esa biz qachon o‘lishimizni ham bilmaymiz. Albatta, yuz yildan keyin yashamasligimizni bilamiz, lekin qazo vaqtining noaniqligi abadiyatga o‘xshab ketadi va natijada biz intihosiz ongga (umuman, hayotga) ega bo‘lamiz. Ha, meni xursand qiladigan narsa shu. O‘limdan qo‘rqish kerak emas. Bu hayotda o‘z burchini o‘tash uchun bor kuchi bilan harakat qilib yashagan inson uchun ayniqsa o‘lim dahshati hechdir. Biz bor paytda o‘lim yo‘q, o‘lim bor paytda esa biz yo‘q bo‘lamiz. Biz hech bo‘lmaganda o‘z ongimiz nuqtai nazarida ibtidosi va intihosi yo‘q bo‘lgan abadiy mavjudotlarmiz!

@matematikadan_repetitor