Get Mystery Box with random crypto!

🎀 Mohir qollar 🎀

Telegram kanalining logotibi master_klass — 🎀 Mohir qollar 🎀 M
Telegram kanalining logotibi master_klass — 🎀 Mohir qollar 🎀
Kanal manzili: @master_klass
Toifalar: Oziq-ovqat , Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 9
Kanalning ta’rifi

Master klass 🌸 Mohir qollar 💗
~Go'zal ayol va opa singillarimiz ♥️
~uchun kerakli bo'lgan foydali🎀
~maslaxat uy sharoitida gullar💐
~sovg'alar🎁🎀🎉 yasash
~videolarini 📷📽 sizlarga o'rgatib
~boramiz kanalimizni kuzatib boring🤗

Ratings & Reviews

2.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-08-28 08:45:41 Швед олими Роберт Кинзи! Субҳаналлоҳ - Таҳорат мўъжизаси!
332 views05:45
Ochish/sharhlash
2022-08-27 15:46:01
Somsa tugish yangicha usuli
Bizdan uzoqlashmang
380 views12:46
Ochish/sharhlash
2022-08-27 11:19:56 O'zingizga bo'lgan ishonchni yo'qotsangiz nima qilish kerak?

O'zingizni tahlil qiling: ijobiy fazilatlaringizni, yaxshi odatlaringizni, iste'dodlaringizni sanab chiqing. O'zingizni va qobiliyatingizni qadrlang.

Har bir xatoingiz haqida o'ylashni to'xtating: O'zingizga tez-tez eslatib turing: faqatgina hech narsa qilmaydigan odam adashmaydi.

O'zingizning noyobligingizni qabul qiling: Va hatto bu bilan bahslashmang, har birimizda bizni noyob shaxs qiladigan o'ziga xos narsa bor.

Shahzoda Rahimovna
382 views08:19
Ochish/sharhlash
2022-08-26 16:44:04
#pazzanda

Кефирда тайерланган панкейклар

@Master_klass
405 views13:44
Ochish/sharhlash
2022-08-26 15:21:24 #uyqu

Nafsda ikki xil holat bor: istirohat va tasarruf.

Inson uyqu, dam olish, uyg‘oqlik va faoliyat holatlarini aniqlab olishi kerak. Bularning har biri o‘z me‘yorida bo‘lsa, nafs uchun manfaatlidir.

"Tong uyqusi ojizlik, shishish, dangasalik, so‘lg‘inlik, zaiflik va hojatni unutishga sababdir".

• AbduLloh ibn Abbos roźiallohu anhumo aytadilar: "Uyqu uch xildir. Nodonlik uyqusi – bu tongdagi uyqudir. Axloq uyqusi – tushdagi uyqudir. Axmoqlik uyqusi – shom va xufton orasidagi uyqudir".

• Kim uyquni lozim tutsa, murodga yetmas.

• Aslida vaqtimiz muhim ishlarni to‘liq bajarishimizga yetmaydi. Shunday ekan uni keraksiz ishlarga sarflash katta yo‘qotishdir.

Imom Movardiy "Dunyo va Din odobi" kitobidan parcha.
436 views12:21
Ochish/sharhlash
2022-08-26 14:58:36 Uyqu • Haqiqiy sog‘lom inson uyqusida orom ololadi. Uyg‘ongandan keyin tetik yuradi, biiznillah. Uyqu uch turli bo‘ladi: haylula, qaylula, 'aylula. (Bular haqida pdf'da ham o‘qishingiz mumkin) • Haylula – bomdoddan keyin, quyosh chiqishidan avval uxlashning…
353 viewsedited  11:58
Ochish/sharhlash
2022-08-26 14:50:36 #uyqu
#Taqdim_Ms
336 views11:50
Ochish/sharhlash
2022-08-26 14:50:36 Uyqu

• Haqiqiy sog‘lom inson uyqusida orom ololadi. Uyg‘ongandan keyin tetik yuradi, biiznillah.

Uyqu uch turli bo‘ladi: haylula, qaylula, 'aylula. (Bular haqida pdf'da ham o‘qishingiz mumkin)

• Haylula – bomdoddan keyin, quyosh chiqishidan avval uxlashning zararlari:

Bomdoddan keyin inson organizmida kartizol garmoni judayam baland bo‘ladi. Bu garmonni foydali narsa bilan chiqarib yuborish kerak, masalan, ertalabki badantarbiya, toza havoda sayr qilish...

Olimlar aytishicha, ertalabki uyqudan foyda yo‘q. Bu uyqu charchoq, esnash, burunda tumov, tomog‘da balg‘am to‘planishi kabi zararlarni keltirib chiqaradi.

• Ertalab tana faoliyat yuritishga tayyor holatda uyg'onadi, endi tasavvur qiling, ishlayman, harakat qilaman deb turgan tanani ko'rpaga mixlab qo‘yish qanchalik to‘g‘ri?

Ertalab (bomdoddan keyin) uxlaydigan kishi hamisha shoshib yuradi, chunki barchamiz bilamizki ertalabki uyqu barakani kesadi. Natija: ertalab uxlagan odam hech narsaga ulgurmaydi va ishlarini bitirish uchun vaqti yetmaydi, shoshib yuradi.

Odam ertalab uxlasa, nega charchab uyg'onadi?

– Tana ishlash uchun tayyor edi, endi o‘sha ishlashga tayyorlangan kuch tanani zarariga ishlaydi, tashqariga chiqmagan kuch tananing o‘z-o‘ziga urib ketadi va tana charchaydi.

Kechqurun uxlaganda miya uxlamaydi. U kun bo'yi to‘plagan barcha ma‘lumotlani analiz qilib chiqadi; miya shu ma'lumotlar ichidan eng emotsional hodisalarni saqlab qoladi ya'ni DNK'ga joylaydi. Keraksiz ma‘lumotlani musurga otadi, lekin musurga otishdan oldin hammasidan kopiya olib qo‘yadi. Nega? Chunki qiyomat bor! Qiyomatda har bir harakat va sakanatimiz haqida so‘ralamiz.

(Dnk xotirasi: Bir inson chet elga borib dnk topshirgan, tekshiruvchilar u insondan emailinigina so‘rashgan xolos. U odam Dnk tahlili uchun tupuk topshiradi. Bir muncha vaqtdan keyin tekshiruvchilar odamning barcha u haqidagi ma'lumotlarini uning e-mailiga yuborishadi. Ya'ni hamma ma‘lumotlar uning dnkasida saqlanib qolgan edi.)

Uyqu miyani sintez qilishiga yordam beradi. Haylulada miya sintez qilolmaydi. Aksincha, oshib ketgan kartizol garmoni butun tanaga "urib" charchatib yuboradi. 1 soatlik Haylula uyqusida organizm 4 soatli energiya sarflaydi.

Qaylula – quyosh chiqqandan keyingi uyquda kishi 20 daqiqa uxlasa, 1 soatlik energiya beradi. 1 soatlik uyqu 2 soat uxlaganlik energiyasini beradi, biiznillah. Bu uyqu sunnat

Qaylulada Afzali peshingacha uxlab olish.

Bu uyqu – sunnat. Uyqu davomida somototropin garmoni (go‘zallashtiruvchi, yoshartiruvchi garmon) oshadi;

Bu uyqu kimga? Kechasi bilan uxlamasdan chiqadiganlarga asosan. Ramazonda kechasi bilan qiyomul-layl qilsangiz, kunduzi qaylula qilib oling.

Aylula uyqusi – asr paytidagi uyqu:

– Nafas yo‘li kasalliklariga moyil qilib qo'yadi;
– pigmentatsiyalar sodir bo‘ladi;
– Asr vaqtida organizm juda kuchli detokslanadi. Bu vaqtda uxlansa, organizmga yanada stress beradi.

Bu vaqtda eng afzal ish zikr qilib, organizmni tinchlantirish.

Asr vaqtida uxlaydigan, yoki uyqu vaqtiga e'tibor bermaydigan insonlarda rang uchishi, taloqdagi kasalliklar, lanjliklar, asabiyliklar, ishtaha buzilishlari kuzatiladi. Bittada ko‘p ovqat yeb qo‘yishadi va ovqatlanish vaqtida ko‘p suv ichaverishadi. Bitta suv, bitta ovqat deganlariday...

Asr vaqtida uxlaydigan odamlarda yalqov bo‘lishadi, tanalarida shishlar paydo bo‘ladi.

Ba'zi dietologlar shishlarga asosan ikki sababni ko‘rsatishadi:
1. Uglevod ko‘p yeyish;
2. Ovqatdan keyin suv ichish;

Aslida shishishga asosiy sabab bu uyquning buzilishi.

Bu insonlarda sovuq mizoj rivojlanadi, bu sovuq mizoj miyaga ko‘tarilib balg‘am hosil qiladi. Agarda mana shu balg‘am burunga tushsa, tumov qiladi, tomoqqa tushsa, angena qiladi, oshqozonga tushsa gastrit qiladi, o‘pkaga tushsa astma qiladi. Mana shu haylula va aylula uyqusining zararlaridan.

To‘q qoringa uxlamaslik kerak! Iftordan keyin, saharlikdan keyin tap etib uxlab olmaslik kerak. Agar iftordan keyin uxlasangiz, yengil iftorlik qiling.

Oshqozon hajmiga qarab, ikki mahalning birida kamroq ovqatlanish kerak. Iftorlikda ko'p ovqat yeyish kerak degan qonun yo‘q.
370 views11:50
Ochish/sharhlash
2022-08-26 14:20:34
Imom o‘g‘rimi? | Abdukarim Mirzayev

Telegram | Instagram | TikTok
Twitter | YouTube
333 views11:20
Ochish/sharhlash
2022-08-26 12:25:39 Asliyatgaqaytishsari

​​​​Dangasalikdan qutulish uchun 7 ta foydali maslahat

“Buni keyinroq bajararman. Ertaga qilsam-chi? Yo indinga qoldiraymikan?..” Bu gaplarni qanchalik ko‘p ishlatasiz? Har kuni?! Axir o‘sha “keyin” ham qachondir kelishi kerak-ku! Xuddi ayoliga uydagi yumushlarni bajarishga va’dabozlik qilgan multfilm qahramoni kabi uyingizdagi buyumlardan tog‘ paydo bo‘lib, qulab tushishi mumkin. Xo‘sh, nima qilish kerak?

1. Nimani yo‘qotayotganingizni o‘ylab ko‘ring.
Til o‘rganishni orqaga surayapsizmi? Unda sizni xorijga xizmat safariga yuborishmaydi. Ovqatni kechiktirsangiz, yo‘q joydan janjal chiqib, ko‘ngil xira bo‘ladi.

2. O‘zingizga stimul toping.
Atrofingizga nazar tashlang: tengqurlaringiz sizdan o‘zib ketibdi-ku! Hasadingiz kelayaptimi? Unda ishlang.

3. Diqqatingizni chalg‘itmang.
Kompyuterda muhim hisobotni tayyorlashingiz kerakmi, “butun dunyo o‘rgimchak to‘ri”ga ilinmaslikka harakat qiling. Avval ishni bajaring, qolgani kutib turadi.

4. Oldingizda turgan ishlar juda ko‘p bo‘lsa, ularni qismlarga bo‘lib, eng osonidan boshlang.
Yoki aksincha, eng qiyin ishni bajarib bo‘lgach, qolgani cho‘t bo‘lmay qoladi.

5. Siz ishlayotganda o‘zgalar bezovta qilmasligini ta’minlang.
Telefon, turli gurunglar odamni ishdan chalg‘itadi. Ularga berilmaslik tadbirlarini ko‘ring.

6. O‘zingizga ish yig‘mang.
Masalan, ba’zi ishlar (misol uchun, idish yuvish)ni o‘sha zahoti qilgan ma’qul. Chunki tartib o‘rnatishdan ko‘ra uni saqlab turgan osonroq.

7. O‘zingiz kabi o‘zgarishni istayotgan hamfikrni toping.
Bir-biringizga erishgan eng kichkina yutuqlarni ham gapirib berishga kelishib oling. Shunda o‘zingizni avval o‘rtog‘ingizga, so‘ng boshqalarga tan oldirish uchun kattaroq ishlarni bajarishga rag‘batlantirasiz.

Maslahatlarni shu joyigacha o‘qib tugatdingizmi? Demak, dangasalik zanjirini uzishni boshlabsiz. Endi reja asosida ishlarni taqsimlang. Natijalar ko‘zga tashlanishi bilan yutuqlarni o‘zingizga o‘zingiz sovg‘a qilib mustahkamlang.

Aslgurux
363 views09:25
Ochish/sharhlash