Get Mystery Box with random crypto!

Marketing Bilim

Telegram kanalining logotibi marketingbilim — Marketing Bilim M
Telegram kanalining logotibi marketingbilim — Marketing Bilim
Kanal manzili: @marketingbilim
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1
Kanalning ta’rifi

Marketing, SMM, AyTi va shaxsiy rivojlanish haqida ma'lumotlar berib boradigan kanal!
Murojaat uchun: @Marketing_adminbot

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-01-28 11:41:43


Yozilgan maqsadlar kuchi

Aniq yozib qo‘yilgan maqsadlar sizning fikrlashingizga kuchli taʼsir ko‘rsatadi. Ular sizni ruhlantiradi va ishga kirishishga undaydi. Sizda yaratuvchanlik hisini uyg‘otadi, quvvatingizga erk beradi va boshqa omillar singari ishni ortga surishni bartaraf etishingizda ko‘maklashadi.

Brayan Treysi

Manba: Samaradorlikning 21 yo'li

Do'stlarga ulashing
@MarketingBilim
211 viewsedited  08:41
Ochish/sharhlash
2023-01-28 11:19:56

Shaxsiy samaradorlikning eng qimmatli qoidalaridan biri 10/90 tamoyilidir. Qoidaga binoan, agar biror ishga qo‘l urishdan oldin reja tuzish va loyihalashga 10 foiz vaqt sarflasangiz, bu boshlangan ishni nihoyasiga yetkazishda 90 foiz rol o‘ynaydi. Buni isbotlash uchun mazkur qoidaga amal qilishning o‘zi kifoya.

Har bir kunni oldindan rejalasangiz, vazifani boshlash va davom ettirish ancha oson tuyuladi. Ishlar har qachongidan ko‘ra tez va silliq kechadi. O‘zingizni yana-da kuchli va bilimli his qilasiz. Ishni kutganingizdan ancha tezroq amalga oshirasiz. Natijada, sizni to‘xtatishning iloji bo‘lmay qoladi.

Brayan Treysi

Do'stlarga ulashing
@MarketingBilim
204 viewsedited  08:19
Ochish/sharhlash
2023-01-27 15:36:47


Muvaffaqiyat uchun zarur qoida shunday: "Fikrlaringizni qog‘ozga tushiring"

Atigi 3 foiz kishilargina aniq reja tuzib, uni qog‘ozga tushiradi. Boshqalar ular qatori yoki ulardan bilimliroq va qobiliyatliroq bo‘lishi mumkin, biroq nimani istashlarini qayd etish uchun vaqt ajratmaydilar. Natijada ular besh, hatto o‘n barobar kamroq ishga ulguradilar.

Brayan Treysi

Sizning fikringiz qanday?

Do'stlarga ulashing
@MarketingBilim
226 viewsedited  12:36
Ochish/sharhlash
2023-01-26 09:12:17


BOYLARNING MAXFIY SIRI

Kuzatuvlarim va koʻplab biznes egalari bilan muloqotlarimdan olgan xulosalarimdan shuni ayta olamanki, juda muvaffaqiyatli va boy insonlarni qiynalgan va singan odamlardan faqat bitta holat ajratib turadi. Qiynalgan biznes egalari pulni tejash uchun vaqtini sarflaydi, muvaffaqiyatli biznes egalari esa vaqtni tejash uchun pul sarflaydi. Nega bu shunchalik katta farqni keltirib chiqaradi? Chunki siz doimo koʻproq pul topishingiz mumkin, lekin hech qachon koʻproq vaqt topa olmaysiz. Shuning uchun sarflayotgan vaqtingiz katta natija olib kelishiga ishonchingiz komil boʻlsin.

Bu natija uchun sarflangan investitsiya deyiladi va boylar qattiq qoʻriqlaydigan sir hisoblanadi. Mana shu kuchli ta’sir qiladigan, natija uchun sarflangan investitsiya 80/20 qonunining 20 foizi va 64/4 qonunining 4 foizini tashkil qiladi. Agar muvaffaqiyatli boʻlishni xohlasangiz, siz natija olib kelayotgan ishlaringizga ko'proq e’tibor qaratishingiz va ularning diapazonini kengaytirish haqida oʻylashingiz kerak.

Allan Dib

Sizning fikringiz qanday?

Do'stlarga ulashing
@MarketingBilim
261 viewsedited  06:12
Ochish/sharhlash
2023-01-25 17:23:37
#Sotsiologiya

Odamlarni o‘z fikringizga ishontirishning 5 ta qoidasi.

1-qoida: Suhbatdoshingizning fikriga hurmat ko‘rsating. Hech qachon uning nohaqligi haqida og‘iz ochmang.

2-qoida: Agar siz nohaq bo‘lsangiz, buni tezda va qatʼiyatlilik bilan tan oling.

3-qoida: Gapni do‘stona ohangda boshlang!

4-qoida: Muammoga suhbatdoshingiz nuqtai-nazari bilan qarashga harakat qiling.

5-qoida: Suhbatdoshingizni sizga “ha” deb javob berishiga erishing.

P.S: Batafsil maʼlumotni Deyl Karnegining "Qanday qilib ko‘proq do‘stga ega bo‘lish va odamlarda yaxshi taassurot qoldirish mumkin?" kitobidan topishingiz mumkin.

Siz yana qanaqa usullarni bilasiz izohlarda yozib qoldiring.

Do‘stlarga ulashing
@MarketingBilim
200 viewsedited  14:23
Ochish/sharhlash
2023-01-24 17:11:35 Google'ga muqobil qidiruv tizimi paydo bo'ldi You.com

Do'stlarga ulashing
@MarketingBilim
291 viewsedited  14:11
Ochish/sharhlash
2023-01-24 16:36:36 #Sotsiologiya

1-qism

Muzokaradagi 6 qoida

1-qoida: Boshqa odamlar bilan chin dildan qiziqing.

2-qoida: Tabassum qiling

3-qoida: Shuni yodingizda tutinki, o'z ismini eshitish qanday tilda bo'lishidan qat'iy nazar, uning sohibi uchun eng yoqimli tovushdir.

4-qoida: Yaxshi tinglovchi bo'ling. Boshqalarni ko'proq o'zlari haqida gapirishlariga undang.

5-qoida: Suhbatdoshingiz bilan u qiziqqan mavzuda gaplashing.

6-qoida: Suhbatdoshingizga qoyil qolganingizni chin dildan e'tirof eting.

Deyl Karnegi

Do'stlarga ulashing
@MarketingBilim
316 viewsedited  13:36
Ochish/sharhlash
2023-01-23 16:40:51 ​Shahsan men qaymoqqa botirilgan yertutni juda yaxshi ko'raman. Ammo qandaydir g'alati sababga ko'ra baliq chuvalchangni yaxshi ko'rishini sezib qoldim. Shuning uchun men baliq oviga ketayotganimda, o'zim xohlaydigan narsa haqida o'ylamayman. Men baliq nimani xohlashi haqida o'ylayman. Men qarmoqqa xo'rak sifatida qaymoqqa botirilgan yertutni joylashtirmayman, balki baliqni chuvalchang yoki chigirtka orqali ovlayman.

Deyl Karnegi

P.S: Gap nima haqida ketayotgani tushundingiz deb o'ylayman

Do'stlarga ulashing
@MarketingBilim
259 viewsedited  13:40
Ochish/sharhlash
2023-01-13 17:46:32
#marketing

Marketing 1.0

@Muhammadali_Eshonqulov

Do'stlarga ulashing
@MarketingBilim
312 viewsedited  14:46
Ochish/sharhlash
2023-01-12 19:25:42 #marketing

Agar sizdan shahringiz aholisi uchun qandaydir tadbir tashkillashtirilishi so'ralsa va siz shahar aholisi xohish-istaklarini o'rganib chiqsangiz bu – Tadqiqot.

Sirk tadbirini o'tkazishga qaror qilsangiz va "Shanba kuni ko'rgazmalar maydonida sirk bo'lib o'tadi", deb e'lon bersangiz, bu – Reklama.

Agar siz katta filning orqasiga o'sha yozuvni yopishtirib butun shahar bo'ylab aylantirib yursangiz, bu – Targ'ibot.

Agar fil shahar hokimining gulbog'dan o'tib bog'ni payhon qilsa va bu haqida mahalliy nashrlar yozib chiqsa bu – Ommalashtirish.

Agar hokim bu jarayonni bilib qolib, hazilga olib ketsa yoki boshqacha munosabat bildirsa, bu – jamoatchilik bilan aloqa ya'ni PR.

Agar shahar aholisi sirkka borsa, siz ularga ko'ngilochar ko'chma do'konlarni ko'rsatsangiz, ular shu do'konchalarda pul sarflab vaqtini juda maroqli o'tkazishi mumkinligini tushuntirsangiz, savollariga javob bersangiz va oxir-oqibat, ular sirkda juda ko'p pul sarflasa, bu – Sotuv.

Agar yuqoridagilarning barchasini rejalashtirsangiz, bu – Marketing.

Do'stlarga ulashing
@MarketingBilim
291 viewsedited  16:25
Ochish/sharhlash