Get Mystery Box with random crypto!

#marketing Agar sizdan shahringiz aholisi uchun qandaydir ta | Marketing Bilim

#marketing

Agar sizdan shahringiz aholisi uchun qandaydir tadbir tashkillashtirilishi so'ralsa va siz shahar aholisi xohish-istaklarini o'rganib chiqsangiz bu – Tadqiqot.

Sirk tadbirini o'tkazishga qaror qilsangiz va "Shanba kuni ko'rgazmalar maydonida sirk bo'lib o'tadi", deb e'lon bersangiz, bu – Reklama.

Agar siz katta filning orqasiga o'sha yozuvni yopishtirib butun shahar bo'ylab aylantirib yursangiz, bu – Targ'ibot.

Agar fil shahar hokimining gulbog'dan o'tib bog'ni payhon qilsa va bu haqida mahalliy nashrlar yozib chiqsa bu – Ommalashtirish.

Agar hokim bu jarayonni bilib qolib, hazilga olib ketsa yoki boshqacha munosabat bildirsa, bu – jamoatchilik bilan aloqa ya'ni PR.

Agar shahar aholisi sirkka borsa, siz ularga ko'ngilochar ko'chma do'konlarni ko'rsatsangiz, ular shu do'konchalarda pul sarflab vaqtini juda maroqli o'tkazishi mumkinligini tushuntirsangiz, savollariga javob bersangiz va oxir-oqibat, ular sirkda juda ko'p pul sarflasa, bu – Sotuv.

Agar yuqoridagilarning barchasini rejalashtirsangiz, bu – Marketing.

Do'stlarga ulashing
@MarketingBilim