Get Mystery Box with random crypto!

2023: Maqsadga Erishish Strategiyasi. 26-28 dekabr. Dovranbek.

Telegram kanalining logotibi maqsad2023 — 2023: Maqsadga Erishish Strategiyasi. 26-28 dekabr. Dovranbek. 2
Telegram kanalining logotibi maqsad2023 — 2023: Maqsadga Erishish Strategiyasi. 26-28 dekabr. Dovranbek.
Kanal manzili: @maqsad2023
Toifalar: Marketing
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 6.17K
Kanalning ta’rifi

Super Intizom kursiga ro'yxatdan o'ting: https://superintizom.uz
Dovranbek Turdiev - Eslab qolish bo’yicha Rossiya rekordchisi.
18000 o’quvchilar
Admin: @supermiya
Instagram: https://instagram.com/dovranbekturdiev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2023-01-02 21:54:55 8. QO’RQUV

Qo'rquvlaringiz bilan ishlashni o'rganing. Qo'rquv bu aslida yaxshi trigger, ammo agar u sizni boshqarishni boshlasa ahvolingiz yaxshi bo'lmaydi. Qo'rquvni boshqarishni o'rganish qiyin texnologiyalarni ustalik bilan ishlatishingizni talab qiladi. Ammo hamma uchun bor bitta usul, bu qo'rqqan narsangizni qisman va ozginadan bajarib turish. Vaqt o'tib asabiy tizimingiz qo'rquvlarni oddiy qabul qilishni boshlaydi.

Albatta yuqoridagi yo'nalishlarni alohida ochib chiqish uchun bir nechta kitob yozsam ham joy yetmaydi. Ammo asosiy g'oyalar shulardan iborat. Bu yilga oldingizga qo'ygan har qanday maqsadlaringizga qo'shib, yuqoridagi holatlar ustida ham ish olib borishingiz juda zarur.

Men o'zim hozir hayotimni islohot qilyapman. Men bilan birga rivojlanishingiz mumkin. Agar sizga foydam tegayotgan bo'lsa xursandman. Bepul kontentimni kuzatasizmi, kurslarimda ishtirok etasizmi, maksimal ravishda sizlarga to'g'ri yo'nalish ko'rsatib berishga harakat qilaman.

Yil endi boshlandi va hech qanday bahonalarga o'rin yo'q! Men bilan birga bo'ling va men sizga yordam beraman. Bitta narsani hech qachon unutmang siz o'zingiz o'ylagandan ancha kuchli, qobiliyatli va aqlli insonsiz. Shunchaki qanday qilib shu ichingizdagi kuchni ishlatishni bilsangiz bo'ldi.

Sog' bo'ling omon bo'ling. Miyani rivojlantiring! Poka poka
5.5K views18:54
Ochish/sharhlash
2023-01-02 21:54:55 RIVOJLANISHNING 8 TA QIRRASI

Agar siz muvaffaqiyatga erishishni istasangiz, hayotingizni har tomonlama rivojlantirishingiz juda zarur! Tasavvur qiling sizning pulingiz ko'p, siz mashhursiz ammo sog'liq bilan bog'liq muammolar sizni tark etmayapti. Yoki siz sog'lomsiz, baquvvatsiz ammo pulingiz kam va doimiy ravishda moliyaviy muammolarda yurasiz.

Yuqoridagi holatni hayotda ko'p kuzatishimiz mumkin. Bitta qoidani yaxshilab eslab qoling: MUVAFFAQIYAT - BU TIZIM. Yani siz yoki har tomonlama muvaffaqiyatga erishasiz, yoki sizning muvaffaqiyatingiz muvaffaqiyat bo'lmaydi.

Shuning uchun men sizga ishlashingiz kerak bo'lgan 8 ta yo'nalishni ko'rsatmoqchiman. Rivojlanish uchun 8 ta g'oya bermoqchiman. Agar siz ularning barchasi ustida ish olib borsangiz, katta ehtimol bilan haqiqatdan muvaffaqiyatli odamga aylanasiz. Qani ketdik

1. FIZIOLOGIYA

Birinchi o'rinda tushunishingiz kerak bo'lgan narsa bu - biz hammamiz biologik qonunlarga bo'ysunamiz. Inson shunaqa yaralgan va bu narsani o'zgartirib bo'lmaydi. Shuning uchun tanangizni yaxshilab parvarishlashingiz kerak. Sport, to'g'ri ovqatlanish, shaxsiy gigiyena va hokazo oddiy narsalarni unutib qo'ymang. Aks holda muammolarga uchrashingiz mumkin. Agar iloji bo'lsa inson tanasi qanday ishlashi, iste'mol qiladigan ovqatlarimizda qanday ozuqalar borligini o'rganing. Yiliga 2 marta mutaxassislarga ko'rinib kerakli analizlarni topshirib turing.

2. STRESS VA NEGATIV

Stress - bu organizmning turli xil ta'sirlarga nisbatan yuzaga keladigan reaktsiyasi. Agar doimiy ravishda stressda bo'lsangiz, siz deyarli hech narsaga erisha olmaysiz. Albatta stressning foydali tomonlari ham bor, ammo ular me'yoriy tabiatga ega. Agar stress me'yoridan ortiq bo'lsa u sizga judayam qattiq salbiy ta'sir o'tkazishi mumkin. Shuning uchun stressni oldini olish elementlarini o'rganing, yoki yaxshi psixologga uchrab turing.

3. ATROF MUHIT

Muvaffaqiyatda eng asosiy narsalardan biri, bu atrof muhitdir. Agar atrofingizdagi insonlar doimiy ravishda sizga negativ ta'sir o'tkazishsa, katta ehtimol bilan siz muvaffaqiyatga erisholmaysiz. Shuning uchun netvorking haqida kitoblar o'qing, turli xil siz bilan birga rivojlanishni xohlaydigan insonlar bilan tanishing, klublarga qo'shiling, treninglarga boring. Atrofingizdagi odamlarni yaxshilab tanlashni o'rganing, chunki ular keyinchalik sizga juda katta ta'sir o'tkazadi.

4. REJALASHTIRISH VA VIZUALIZATSIYA

Men klassik vizualizatsiyaga mutloq qarshiman! Menimcha vizualizatsiyadan qanday qilib to'g'ri foydalanish mumkinligini o'rgatadigan kitoblar deyarli yo'q. Ko'pchilik vizualizatsiya deb tushungan narsa deyarli ishlamaydi. Ammo vizualizatsiyani to'g'ri ishlatish mumkin! Bu haqida alohida kontent qilaman (nasib).

Rejasiz ish keltirar tashvish. 1 soat rejalashtirish 10 kun ishni o'rnini bosadi. Rejalashtirish ustasi bo'lmasangiz ham, hech yo'q oddiy topshiriqlar ro'yxatidan foydalaning. Shuni o'zi sizga ancha yordam beradi.

5. PRAYMING

Agar kayfiyatingizni boshqarmasangiz, kayfiyatingiz sizni boshqaradi. Kayfiyatga qaram bo'lmaslik uchun maqsadda fokus ushlashni o'rganishingiz kerak. Buning uchun to'g'ri tuzilgan maqsadlar ro'yxati kerak bo'ladi. Albatta kayfiyatni boshqarish haqida alohida kontent qilaman. Hozircha hayotingizni tartibga keltirishga harakat qiling. Missiyangiz nima? maqsadlaringiz qanaqa? rejalaringiz tuzib olinganmi? Qanchalik tartibda yashasangiz, shunchalik kayfiyatni boshqarish oson bo'ladi.

6. HARAKAT

Mening eng yaxshi ko'radigan joyim - HARAKAT! Orzu qilib o'tirish bilan ish oxirigacha bormaydi. Harakatni boshlash kerak. Buni men bepul marafonlarimda va Superintizom kursimda tushuntirib berganman. Kam bo'lsayam, sekin bo'lsayam, harakatni to'xtatmang va cho'zib yurmang. Hoziroq boshlang.

7. ENERGIYA

Ko'pchilik dam olishni unutib qo'yishadi. Agar telefoningizni quvvatlantirmasangiz u ishlamay qoladi. Miya va tana bilan ham huddi shu holat. Quvvatlantirilmagan har qanday narsa ishlamay qoladi. Bu hayot qonuni! Shuning uchun uyqu rejimini to'g'irlang va dam olish kunlarini rejalashtiring.
5.4K views18:54
Ochish/sharhlash
2023-01-02 07:04:01 “Inson bu dunyoga zanjirband bo’lib sudralib yurish uchun emas, balki qanot qoqib parvoz qilish uchun kelgan”.

Artur Shopengauer

Kuningiz yaxshi o’tsin
8.7K viewsedited  04:04
Ochish/sharhlash
2022-12-31 23:33:46 Yangi 2023 - yil kirib keldi azizlarim

Hammaga omad va baxt tilayman

Meni qo’llab-quvvatlab turganlarga rahmat

Endi bahona qidirmasdan harakatni boshlash vaqti keldi

“Armiya” loyihasini boshlaymizmi?
10.1K views20:33
Ochish/sharhlash
2022-12-31 21:18:11
“Super Intizom” ga qo’shilib, qanchalik xursand bo’lganingizni ko’rish juda ham ajoyib.

Bu hayotingizda qilgan eng to’g’ri qarorlardan biri bo’lishi uchun harakat qilaman.

Bizning safimizga qo’shilgan barchani tabriklayman!!!
15.9K views18:18
Ochish/sharhlash
2022-12-31 17:45:21 Bu post siz uchun!

Bir necha kun oldin 2023 - yilga o'zim uchun GOALSET tayyorlagan edim. GOALSET - bu maqsadlar ro'yxati.

Maqsadlar go'yoki dengizchilar uchun yulduzlarga o'xshaydi. Yulduz bo'lmasa qayerga borish kerakligini bilmay qolasiz.

Men odatda oldimga katta maqsadlar qo'ymas edim. Hayotga real qarash tarafdoriman. Ammo maksimal ravishda real qarashlarga ega bo'la turib, ko'pchilik nereal deb o'ylaydigan natijalarga erisha oldim. Ha ha hayot juda ajoyib sarguzasht.

Kirib kelayotgan yangi yilga qo'ygan maqsadlarimga erishamanmi yoki yo'qmi bilmadim, 100% kuchimni ishlatgan holda harakat qilaman!

Kutib oling 2023 - yilga Davronning maqsadlari:

Televideniyeda o’zimning shouimni boshlash.

Bu loyihaning g'oyasi miyamda ancha yillardan beri aylanib yuradi. 2020 - yilda karantin tufayli Zo'r tv kanalida bolishi kerak bo'lgan shou pandemiya tufayli to'xtatildi. 23 - yilda Xudo xohlasa yangi shouga stsenariy yozyapman. Shou qaysi kanalda bo'lishini bilmadim ammo sizga yoqishini bilaman.

1 000 000$ .

Buni tushuntirish shart emas menimcha. Yil oxirigacha bir million dollar sof foyda.

Eslab qolish bo'yicha ikkinchi rasmiy chempionat.

Bu yil O'zbekiston tarixidagi ilk eslab qolish chempionati bo'lib o'tdi. Ko'p narsa yozib o'tirmayman. Bitta gap: keyingisi bundanam zo'r bo'ladi.

O'quv markazi ikkita filial.

To'g'ri hali birinchisi ochilmadi. Ammo men ikkinchisini mo'ljallab turibman)

15 000 ta onlayn kurs sotish.

Sotilgan onlayn kurslarimning hajmi dekabr oyida jami 19 000 tadan o'tdi. Bu ko'rsatgichga 2,5 yilda erishdik. Niyatim bir yil ichida 15 mingta sotish.

Tasodifga aldanganlar YouTube kanalim.

2023 - yil bu kanalimni O'zbekistondagi eng zo'r kanalga aylantirish niyatim bor. Bilaman vaqtim yo'qligi sababli u kanalga 2022 - yilda videolarni deyarli joylamadim. Ammo ishonamanki bu kanal eng zo'r o'zbekcha konkentni sizlarga taqdim qila oladi.

Ikkita kitob yozaman.

Birinchisi - shaxsiy rivojlanish haqida. Menimcha bunday kitoblarning ko'pi judayam ko'p yolg'on ma'lumotlarga to'lib yotibdi. Bu holatni to'g'irlamoqchiman. Ikkinchisi - onlayn kurslar haqida.

90 kg.

Hozir mening vaznim 110 kg. Bo'yim uzunligi sabab bu bilinmaydi. Ammo o'zimni formaga qaytarish niyatim qat'iy!

2023 - yilga maqsadlarim shular. Ko'p emas ammo men uchun muhim. Albatta ayrim shaxsiy maqsadlarimni bu yerga yozganim yo'q. Yuqoridagi maqsadlarimga erishish jarayonimni yil oxirigacha sizlar uchun yoritib beraman.

Yana bitta ikkita biznesga tegishli maqsadlarimni yozmadim. Sizlar ular haqida amalga oshirganimdan so'ng eshitasizlar.

Hammaga rahmat! Kirib kelayotgan yangi yil bilan hammangizni tabriklayman. Izohlarda o'z maqsadlaringizni yozib qoldiring.

Poka poka
9.4K views14:45
Ochish/sharhlash
2022-12-31 09:25:55 Qancha ko’p odamlarga foyda berolsangiz, o’zingiz shuncha ko’p pul topasiz.

Albatta odamlarga foydali bo’lib turib ham kam pul topadiganlar bor. Bu hajm va son masalasi.

Istalgan biznes kengayish orqali yuksaladi. Agar siz sifatni tushurmasdan kengayish yo’lini topsangiz millioner bo’lishingiz aniq.

Misol: ingliz tilidan o’qituvchi bitta o’zi 200 - 300 ta odamni o’qitishi mumkin.

Ammo u o’quv markazi ochsa yoki onlayn kurslar qilsa minglab odamlarni o’qitadi va shunga yarasha ko’proq daromad qiladi.

Siz uchun oltin qoida: Qancha ko’p odamlarga foyda berolsangiz, o’zingiz shuncha ko’p pul topasiz.

Ha aytgancha, 2023 - yilga GOALSET haqida postni kechroq joylayman.
9.4K views06:25
Ochish/sharhlash
2022-12-31 09:25:29 2023 - yil uchun GOALSET tuzdim bugun.

GOALSET - bu maqsadlar ro’yxati. Ertaga sizlarga o’zimning ro’yxatimni taqdim etaman.

Kirib kelayotga yilda ish juda ko’p. Ammo men loyihalarimni intizorlik bilan kutyapman.

Erta turib kechgacha tinmay maqsad uchun harakat qilishning o’ziga yarasha kayfi bor

2023 - yilda Xudo xohlasa men sizlar bilan birgaman. Maqsadlarga birga erishamiz, birga harakat qilamiz.

Hozir esa siz ham o’zingiz uchun GOALSET tuzib oling. Ertaga joylaydigan postimning izohlarida bo’lishasiz.

Yaxshi dam oling. Ertagacha
9.0K views06:25
Ochish/sharhlash
2022-12-29 20:07:14
Muslima Abdumalikova.

Dangasalikni yengish uchun koʻp kurslarda qatnashgan lekin "aytarlik" foyda olmagan.

Shuning uchun Super Intizomga ham shubha bilan qatnashgan.

Lekin natija qanday boʻlganini koʻrishingiz mumkin.
11.9K views17:07
Ochish/sharhlash
2022-12-29 19:57:16
Kamoliddin akani ham fikrlarini va kursda berilgan vazifalarni qanday tarzda bajarganlarini bir ko’ring.

38 yosh. Tadbirkor.
11.2K viewsedited  16:57
Ochish/sharhlash