Get Mystery Box with random crypto!

8. QO’RQUV Qo'rquvlaringiz bilan ishlashni o'rganing. Qo'rqu | 2023: Maqsadga Erishish Strategiyasi. 26-28 dekabr. Dovranbek.

8. QO’RQUV

Qo'rquvlaringiz bilan ishlashni o'rganing. Qo'rquv bu aslida yaxshi trigger, ammo agar u sizni boshqarishni boshlasa ahvolingiz yaxshi bo'lmaydi. Qo'rquvni boshqarishni o'rganish qiyin texnologiyalarni ustalik bilan ishlatishingizni talab qiladi. Ammo hamma uchun bor bitta usul, bu qo'rqqan narsangizni qisman va ozginadan bajarib turish. Vaqt o'tib asabiy tizimingiz qo'rquvlarni oddiy qabul qilishni boshlaydi.

Albatta yuqoridagi yo'nalishlarni alohida ochib chiqish uchun bir nechta kitob yozsam ham joy yetmaydi. Ammo asosiy g'oyalar shulardan iborat. Bu yilga oldingizga qo'ygan har qanday maqsadlaringizga qo'shib, yuqoridagi holatlar ustida ham ish olib borishingiz juda zarur.

Men o'zim hozir hayotimni islohot qilyapman. Men bilan birga rivojlanishingiz mumkin. Agar sizga foydam tegayotgan bo'lsa xursandman. Bepul kontentimni kuzatasizmi, kurslarimda ishtirok etasizmi, maksimal ravishda sizlarga to'g'ri yo'nalish ko'rsatib berishga harakat qilaman.

Yil endi boshlandi va hech qanday bahonalarga o'rin yo'q! Men bilan birga bo'ling va men sizga yordam beraman. Bitta narsani hech qachon unutmang siz o'zingiz o'ylagandan ancha kuchli, qobiliyatli va aqlli insonsiz. Shunchaki qanday qilib shu ichingizdagi kuchni ishlatishni bilsangiz bo'ldi.

Sog' bo'ling omon bo'ling. Miyani rivojlantiring! Poka poka