Get Mystery Box with random crypto!

Mansur Eshov

Telegram kanalining logotibi mansureshov — Mansur Eshov M
Telegram kanalining logotibi mansureshov — Mansur Eshov
Kanal manzili: @mansureshov
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.86K
Kanalning ta’rifi

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor.
https://t.me/prorektorgamurojaat - murojaat uchun.

Ratings & Reviews

4.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-06 17:16:07
Dunyoning eng nufuzli universitetlaridan biri LSE dasturi bo‘yicha O‘zbekistonda tahsil olish va xalqaro darajaga ega bo‘lish imkoniyatlari haqida bilishni istaysizmi?

U holda sizni 11 avgust kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tadigan “LSE Bachelor’s Programs in Tashkent Info Session” ga taklif etamiz!

Ushbu tadbirda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o’tishingiz mumkin:
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSePYAn5G8j2STsO5uwKEeQhUDXRoe2Tf1MywzASqWsmXinUuA/viewform

Ma’lumot uchun: 2022-2023 o’quv yilida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida London iqtisodiyot va siyosiy fanlar maktabi (LSE)ning quyidagi bakalavr dasturlarida o’qish yo’lga qo’yiladi:

* Buxgalteriya hisobi va moliya (Accounting and finance)
* Iqtisodiyot (Economics)
* Bank ishi va moliya (Banking and finance)

Tadbir TDIUning 4-binosi, 4/1 zalida, soat 16:00 da boshlanadi.

+998909949900; +998712392916

lse-isef.uz

Telegram | Instagram | Facebook
4.6K views14:16
Ochish/sharhlash
2022-08-06 16:44:11 Ички «перевод» бўйича рад этилган аризаларни таҳрирлаш имкони берилди

Кеча ўқишни кўчириш учун аризалар қабули якунланганди. Аммо ариза юклашларда хато ва камчиликлар кузатилгани боис, талабаларга рад этилган аризаларини 10 августгача қайта таҳрирлаш имкони берилди — Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги
3.3K views13:44
Ochish/sharhlash
2022-07-31 15:22:12
ЎСИШ ПИРАМИДАСИ

Рақамли иқтисодиёт ва бандлик масаласи туташган нуқта

"... шогирд-укаларимиз билан бир суҳбатда “иқтисодиётда инсон қадри”, деганда ким нимани тушуниши, айни кунларда у нималарда акс этаётгани ҳақида гап очилди. Шунда иқтисодий ислоҳотлар самаралари, уларнинг юртдошларимиз турмуши фаровонлигига ижобий таъсири ҳақида турли фактларга бой мулоҳазалар билдирилди.
Эртасига бир шогирдимиз сарғайиброқ қолган, ғижимланган қоғозни олиб келди. Унда 183 кишининг исм-шарифи ёзилган, рўйхат бошидаги қарийб 30 нафарининг устига чизиқ тортилиб, ўчирилган эди. Ҳайрон бўлдим. Бу рўйхат нимани англатиши, мавзуга қандай алоқаси борлиги тўғрисида саволомуз нигоҳ ташладим. “Бу рўйхатда мен ҳам борман, охиргиси..."
"Янги Ўзбекистон" газетасининг 2022 йил 30 июл №154 сонида ТДИУ проректори, иқтисод фанлари доктори, профессор Мансур Эшовнинг рақамли иқтисодиёт, унинг долзарб муаммоларни ҳал этишдаги аҳамияти борасида чуқур таҳлилий мақоласи чоп этилди.

Батафсил

Telegram | Facebook |Instagram |YouTube
3.4K views12:22
Ochish/sharhlash
2022-07-29 08:40:17
Hamkorlik uchrashuvi

Markaziy Osiyodagi yetakchi hisoblangan SamAntepGilam QK MChJ (SAG) kompaniyasi bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu hamkorlik uchrashuvida TDIU dan O'quv ishlari bo'yicha prorektor M.Eshov, SAG kompaniyasidan HR departament boshlig'i Shaxnoza Asrorova va Biznes analitika bo'limi boshlig'i Xusniddin Qo'shboqov ishtirok etdilar.

Uchrashuvda quyidagi yo’nalishlarda hamkorlik qilish kelishib olindi:
Universitet talabalari uchun maxsus stipendiya joriy etish;
Talabalarning kompaniyada stajirovka o’tash dasturlarini yaratish;
O’quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish;
Kompaniya zavodlariga ekskursiyalar uyushtirish;
Kompaniya talablaridan kelib chiqib hamkorlikda zamonaviy tanlov fanlarini yaratish;
B2C yo’nalishida sun'iy intellekt yaratishda hamkorlik qilish;
MD va BMI mavzularini SAG dagi muammolar asosida tuzish;
Maqsadli doktorantura borasida hamkorlik qilish.

Telegram | Facebook |Instagram |YouTube
2.6K views05:40
Ochish/sharhlash
2022-07-21 17:49:12 #TDIU_MAGISTRATURA_QABUL_2022
Xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bakalavriat bosqichi bitiruvchilari, Sizlarda iqtisodiyot sohalari bo‘yicha tugallangan oliy ma’lumotga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat bor.

Hech qanday imtihonsiz magistratura bosqichi talabasi bo‘lib, zamonaviy bilimlarga ega istiqbolli mutaxassis bo‘lib yetishib chiqing.

MAGISTRATURADA TA’LIM OLISH NIMA BERADI?
karyera qurish va yuqori haq to‘lanadigan lavozim;
amaliy ko‘nikmalarni nazariy bilimlar bilan mustahkamlash va akademik darajaga ega bo‘lish;
ma’lumotlarni tahlil qilish, ilmiy maqola va ilmiy dissertatsiyalar tayyorlash.

BIZNING MUTAXASSISLIKLAR:

QANDAY ARIZA BERISH MUMKIN?
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining https://magistr.edu.uz/ sayti orqali ariza topshirish va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tayyorlanadigan mutaxassislikni tanlash.

IMTIYOZLAR HAQIDA BILASIZMI?
Xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistraturasining «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida ta'lim olish huquqiga ega.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti informatika va axborot texnologiyalari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplomga ega bo‘lgan bitiruvchilar TDIU magistraturasiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

QANDAY HUJJATLAR KERAK?
bakalavr diplomi va ilovasi;
milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat https://magistr.edu.uz/languagecertificates/;
Nomdor davlat stipendiyalari, “Zulfiya” hamda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotlari https://magistr.edu.uz/achievementcertificates/.

Murojaat uchun:
998 712390129,

www.tsue.uz
www.tdiumag.uz
3.3K views14:49
Ochish/sharhlash
2022-07-21 10:25:20
3.4K views07:25
Ochish/sharhlash
2022-07-09 15:13:33
4.8K views12:13
Ochish/sharhlash