Get Mystery Box with random crypto!

Hamkorlik uchrashuvi Markaziy Osiyodagi yetakchi hisoblanga | Mansur Eshov

Hamkorlik uchrashuvi

Markaziy Osiyodagi yetakchi hisoblangan SamAntepGilam QK MChJ (SAG) kompaniyasi bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o'rtasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.

Ushbu hamkorlik uchrashuvida TDIU dan O'quv ishlari bo'yicha prorektor M.Eshov, SAG kompaniyasidan HR departament boshlig'i Shaxnoza Asrorova va Biznes analitika bo'limi boshlig'i Xusniddin Qo'shboqov ishtirok etdilar.

Uchrashuvda quyidagi yo’nalishlarda hamkorlik qilish kelishib olindi:
Universitet talabalari uchun maxsus stipendiya joriy etish;
Talabalarning kompaniyada stajirovka o’tash dasturlarini yaratish;
O’quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish;
Kompaniya zavodlariga ekskursiyalar uyushtirish;
Kompaniya talablaridan kelib chiqib hamkorlikda zamonaviy tanlov fanlarini yaratish;
B2C yo’nalishida sun'iy intellekt yaratishda hamkorlik qilish;
MD va BMI mavzularini SAG dagi muammolar asosida tuzish;
Maqsadli doktorantura borasida hamkorlik qilish.

Telegram | Facebook |Instagram |YouTube