Get Mystery Box with random crypto!

#TDIU_MAGISTRATURA_QABUL_2022 Xorijiy tilni bilish darajasi | Mansur Eshov

#TDIU_MAGISTRATURA_QABUL_2022
Xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bakalavriat bosqichi bitiruvchilari, Sizlarda iqtisodiyot sohalari bo‘yicha tugallangan oliy ma’lumotga ega bo‘lish uchun ajoyib imkoniyat bor.

Hech qanday imtihonsiz magistratura bosqichi talabasi bo‘lib, zamonaviy bilimlarga ega istiqbolli mutaxassis bo‘lib yetishib chiqing.

MAGISTRATURADA TA’LIM OLISH NIMA BERADI?
karyera qurish va yuqori haq to‘lanadigan lavozim;
amaliy ko‘nikmalarni nazariy bilimlar bilan mustahkamlash va akademik darajaga ega bo‘lish;
ma’lumotlarni tahlil qilish, ilmiy maqola va ilmiy dissertatsiyalar tayyorlash.

BIZNING MUTAXASSISLIKLAR:

QANDAY ARIZA BERISH MUMKIN?
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining https://magistr.edu.uz/ sayti orqali ariza topshirish va Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tayyorlanadigan mutaxassislikni tanlash.

IMTIYOZLAR HAQIDA BILASIZMI?
Xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo‘lgan talabgorlar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti magistraturasining «Buxgalteriya hisobi» va «Audit» mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida ta'lim olish huquqiga ega.
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti informatika va axborot texnologiyalari ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplomga ega bo‘lgan bitiruvchilar TDIU magistraturasiga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

QANDAY HUJJATLAR KERAK?
bakalavr diplomi va ilovasi;
milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat https://magistr.edu.uz/languagecertificates/;
Nomdor davlat stipendiyalari, “Zulfiya” hamda “Mard o‘g‘lon” davlat mukofotlari https://magistr.edu.uz/achievementcertificates/.

Murojaat uchun:
998 712390129,

www.tsue.uz
www.tdiumag.uz