Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 12-dekabr haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y berg | Manaviyat.edu.uz



Bugun 12-dekabr haftaning seshanba kuni. Ushbu kunda ro‘y bergan muhim voqealar bilan tanishing.

#bayramlar
BMT – Xalqaro betaraflik kuni.
BMT – Xalqaro universal sog'liqni saqlash kuni.
Yaponiya – Ierogliflar kuni.
Qirg'iziston – Milliy adabiyot kuni.
Qozog'iston – Bojxona xodimlari kuni.

#muhim_voqealar
1911 – Hindiston poytaxti Kalkuttadan Dehliga koʻchirildi.
1911 – Buyuk Britaniyada stol tenisi assotsatsiyasiga asos solindi. 
1913 – Florensiyada “Mona Liza” kartinasi topildi.
1990 – YUNESKO tomonidan Xiva shahridagi Ichan qal'a Umumjahon merosi ro'yxatiga kiritildi.
2002 – O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida” gi Konstitutsiyaviy qonunlari qabul qilindi.

#tavalludlar
1766 – Nikolay Karamzin (1826) – rus yozuvchisi, publitsist, tarixchi, Peterburg fanlar akademiyasining faxriy a'zosi.
1821 – Gyustav Flober (1880) – fransuz realist yozuvchisi.
1905 – Mulk Raj Anand (2002) – hind yozuvchisi va jamoat arbobi. 
1909 – Hamid Olimjon (1944) – shodlik va baxt kuychisi, iste’dodli shoir, dramaturg, olim, davlat va jamoat arbobi.
1925 – Ahmad Shomlu (2000) – XX asr Eron adabiyotining zabardast shoirlaridan biri.
1928 – Chingiz Aytmatov (2008) – Sovet va qirg'iz yozuvchisi, davlat arbobi.
1932 – Karimov Naim – adabiyotshunos olim, jamoat arbobi, Ozbekiston Respublikasi fan arbobi.
1963 – Yulduz Usmonova – xonanda, O‘zbekiston xalq artisti.

Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube