Get Mystery Box with random crypto!

Bayram arafasida barcha talabalarni ovoz yozish studiyasiga ta | Manaviyat.edu.uz

Bayram arafasida barcha talabalarni ovoz yozish studiyasiga taklif qilamiz!

Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi qoshida ovoz yozish audiostudiyasi faoliyat olib borishi haqida eslatib o‘tamiz.

Siz qo‘shiq, hikoya yoki ifodali she’r aytish qobiliyatiga egamisiz?
Siz o‘zingizning ijod mahsullaringizni sifatli formatda, studiyada bepulga yozdirishni istaysizmi?

Unda sizni Talabalar media va ijtimoiy madaniyat maskanidagi ovoz yozish studiyasiga taklif qilamiz. Barcha talabalar ushbu ovoz yozish studiyasidan o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida, bepul foydalanishlari mumkin.

Manzil: Toshkent, Talabalar shaharchasi, Universitet ko‘chasi, 12-uy (Mo‘ljal: Ziyo Forum binosi)

Manzil lokatsiyasini ko‘rish

Audiostudiya rasmiy guruhi:
https://t.me/joinchat/27rCZ3VNte9lY2Uy