Get Mystery Box with random crypto!

MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Telegram kanalining logotibi manaviyat_va_marifat_darsi — MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ M
Kanaldagi mavzular:
Вазирлармаҳкамасиқарори
Telegram kanalining logotibi manaviyat_va_marifat_darsi — MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ
Kanaldagi mavzular:
Вазирлармаҳкамасиқарори
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 57.64K
Kanalning ta’rifi

👉 https://myurls.co/inspector_uz
👉 @jinoyatkodeksi_uz
👉 @jpk_uz
👉 @mjtk_uz
Боғланиш @inspector_aloqa_bot

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 54

2022-05-27 16:00:08
Мана бу ходимнинг ижроси Ички ишлар вазирининг маслахатчиси, генерал-полковник Зокиржон Алматовнинг ушбу тавсияларига жуда мос келаркан.
24.2K viewsedited  13:00
Ochish/sharhlash
2022-05-27 14:15:53 Узоқ кутилган премъера
16.2K views11:15
Ochish/sharhlash
2022-05-27 13:16:43 OGOH BO‘LING!!!
17.6K viewsedited  10:16
Ochish/sharhlash
2022-05-27 10:12:17
Respublika ishchi guruhi Boʻstonliq tumanida qoʻshma korxonalar va IIB faoliyati bilan tanishdi
Batafsil
———
Республика ишчи гуруҳи Бўстонлиқ туманида қўшма корхоналар ва ИИБ фаолияти билан танишди
Батафсил

Телеграм канал
18.6K views07:12
Ochish/sharhlash
2022-05-26 18:24:05 Тўлиқ видео
13.2K views15:24
Ochish/sharhlash
2022-05-26 14:54:36
#Премьера

"Виждон саратони" фильми

Балки у бизнинг ҳамкасбимиз, дўстимиз, оға-инимиздир. Балки улар билан ҳар кун учрашармиз. Биз уларнинг ҳаракатлари ҳақида биламиз, лекин жиммиз...

Бу сукунат — халққа хиёнат, бу — миллат келажагига хиёнат!

... Мен бу ишга биринчи марта қўл урдим, кейин яна, яна, яна ва яна... Курси ҳозир меники, у орқали имкон қадар тезроқ ва кўпроқ мўмай даромад топишим керак, деб ўйлардим
...

Кинематография агентлиги, Президент ҳузуридаги Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги ҳамкорлиги ва тегишли ташкилотлар кўмагидаги "ВИЖДОН САРАТОНИ" ҳужжатли фильмидан

Тўлиқ фильмни давлат хизматчилари, кенг жамоатчилик бу ерда томоша қилиши мумкин ва уни кўришни тавсия қиламиз.
16.9K views11:54
Ochish/sharhlash
2022-05-26 11:02:45
Қойилмисиз? Ҳар соҳада ўзини кўрсата оладиган керак бўлса санъаткорларга ҳам "маҳорат дарси" ўтказиб бера оладиган ходимларимиз ҳам бор

2019 йилда ҳам бир ходимимиз ана шундай ажойиб куйлаганди. Ҳалқни орасига кириб уларни олқишини олиш мана шунақа бўлибди.

Фикрингизни изоҳда қолдиринг

Telegram | YouTube | RuTube | instagram | facebook | TikTok
14.7K views08:02
Ochish/sharhlash
2022-05-26 10:35:36
Қуйидаги тугма (кнопка)лар орқали сизга фаолиятингиз давомида фойдали бўла оладиган телеграм каналларини тавсия этамиз
15.9K views07:35
Ochish/sharhlash
2022-05-26 08:48:01 ​Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy: «Milliy tilni yo‘qotmak – millatning ruhini yo‘qotmak», deb bejiz aytmagan. Shu ma’noda, mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng davlat tili barcha sohalarda faol ishlatila boshlandi, jiddiy va salmoqli ishlar davlat tili¬da amalga oshirilmoqda. Avvalo, qonunlar o‘zbek tilida yaratiladigan, idoraviy hujjatlar ona tilimizda yuri¬tiladagan bo‘ldi. Bu, albatta, milliy tilimizga nisbatan hurmat, millatimiz ruhini yanada baland maqomlarga ko‘tarishdir.

Binobarin, millatimizning bebaho boyligi, hurligimiz timsollaridan biri bo‘lgan davlat tilini buzib qo‘llashga, undagi iboralar ma’nosini anglamasdan noto‘g‘ri ishlatishga hech kimning haqqi yo‘q. Til millatimiz faxri, jamiyatimiz ko‘zgusi hisob¬lanadi. Ayni chog‘da, til qalbimiz oynasi hamdir. Shunday ekan, ona tilimizga doimo e’tiborli bo‘lib, uning jamiyatimizdagi mavqeini yuksal¬tirishga har birimiz o‘z hissamizni qo‘shaylik. Zero, til bor ekan, millat barhayot. Til bor ekan, yurtning istiqboli nurli va charog‘on bo‘ladi.

Davlat tilida ish yuritish

Har bir vazirlik va idorada davlat tilida ish yuritish masalalariga birinchi rahbarlarning shaxsan javobgar ekanligi qonun hujjatlarida aniq belgilandi. Ammo shunga qaramasdan, ba’zi hollarda ish jarayonlari rus tilida olib borilayotganligi ham achi¬narli holdir. Yaqin-yaqingacha ichki ishlar organlarida ayrim hollarda hujjatlar rus tilidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirish oqibatida sana va yilni ko‘rsatishda juz’iy xatoliklarga yo‘l qo‘yilgan. Masalan, «18-sentabr 2021-yil» tarzida yozilgan. Vaholanki, ona tilimizda «2021-yil 18-sentabr» tartibida yozilishi kerak. Shuningdek, ichki ishlar organlari tizimida hamon boshliqni «shef» yoki «o‘rtoq nachalnik», YPX inspektorini «komandir», «xo‘p bo‘ladi»ni «yest» tarzida ishlatishimiz achinarli holdir.

Yana bir muammo, xodimlar tomonidan hujjatlarni avval kirill alifbosida yozib, so‘ng lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga kompyuter dasturlari orqali o‘girish holatlari kuzatilmoqda. Nashri¬yotlarda chop etilayotgan sara adabiyotlarning, davriy nashrlar¬ning haligacha kirill alifbosida chop etilayotganligi o‘quvchining yangi alifboni o‘rganishga bo‘lgan istagini rag‘batlantirmayapti. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi tinish belgilari va imlo qoidalarining kirill alifbosi asosidagi qoidalardan farq qilishi tufayli, xodimlarda yetarlicha ko‘nikma bo‘lmaganligi sababli yozishmalarda aksariyat hollarda imloviy xatoliklar kuzatilmoqda.

Xo‘sh, bu kabi muammolarni hal etish uchun nima qilish kerak?

Birinchidan, axborot-resurs markazlaridagi adabiyotlarni bosqichma-bosqich lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi variantlari bilan almashtirish.

Ikkinchidan, mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish yuzasidan tizimdagi xodimlardan diktant olinishi. Bu barcha darajadagi xodimlarning til bilish darajasini hamda yozish salohiyatini yanada rivojlanishi uchun xizmat qiladi;

Uchinchidan, ommaviy axborot vositalarida davlat tiliga qat’iy rioya etilishini ta’minlash o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishda o‘z samarasini beradi.

O‘zbek tili jahondagi eng boy va chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‘lgan tillardan biridir. Ona tilimiz buloqdek toza va musaffo, iste’molga doim yaroqli bo‘lishi shart. Demak, har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz lozim. Bu barchamizning muqaddas burchimizdir.

Xurshid RO‘ZIYEV,
podpolkovnik.
16.1K views05:48
Ochish/sharhlash
2022-05-26 08:47:44 22-mavzu

Ma’naviyat va ma’rifat darsi

O‘zbek tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar.

Abdulla QODIRIY.


Oltin sandig‘im
Har bir millatning tili uning bebaho qadriyati hisoblanadi. Bu jihatdan qaraganda, muayyan tilda so‘zlashadigan millat vakillarining soni u qadar muhim ahamiyat kasb etmaydi. Asosiy mezon tilning asrlar davomida sayqallanib, shakllangani, muayyan hududda yashaydigan aholiga muomala, muloqot vositasi sifatida xizmat qilgani bilan belgilanadi.

Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. Muta-xassislarning fikricha, jahon ahli bugungi kunda yetti mingdan ziyod tilda gaplashar ekan. Buni qarangki, ularning faqatgina 200 ga yaqini davlat tili yoki rasmiy til maqomiga ega. Biror-bir tilning yashab qolishini ta’minlash uchun undan kamida bir million kishi faol foydalanishi kerak, deydi soha mutaxassislari.
Ko‘z tegmasin, bugungi kunda Yer yuzida 50 millionga yaqin inson o‘zbek tilida so‘zlashadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, bebaho tilimiz dunyodagi yirik tillardan biriga aylanib borayotir. O‘z navbatida «Davlat tili haqida»gi qonun ona tili¬mizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratdi.

Vatan – bu...

Vatan nima? Ko‘pchilik bu savolga «Vatan – bu mustaqillik, kindik qoni to‘kilgan zamin», – deya javob berishadi. Men esa «Vatan – bu mening ona tilim», deyman. Chunki yurtimiz hurligi yo‘lidagi harakat mustaqillikdan oldinroq boshlangan. 1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Mustaqillikning muhim shartlaridan biri ham shu edi. Keyinchalik bu Kons¬titutsiyamizda ham mustahkamlab qo‘yildi.

Tan olish joizki, mamlakatimizda barcha sohalardagidek, davlat tilining o‘rni va nufuzini oshirish borasida ham tub islohotlar amalga oshirildi. Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida «Muxtasar aytganda, har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimizning qoidasiga aylantirishimiz lozim», deya alohida ta’kidlaganlar. Zero, davlat tilining taraqqiyoti, uning nufuzini oshirish, unga teran muhabbat va ehtirom tarbiyasi borasida ham tamomila yangi bosqich boshlandi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan yurtimizda ona tilimizga bo‘lgan e’tibor kundan-kunga ortib bormoqda. Davlatimiz rahbarining BMT Bosh assambleyasining 75-sessiyasida ilk bor o‘zbek tilida nutq so‘zla¬gani barcha yurtdoshlarimiz qalbiga cheksiz g‘urur, faxr bag‘ishladi.

«Davlat tili haqida»gi qonun o‘zbek tilini ilmiy asosda rivoj¬lantirish borasida keng imkoniyatlar yaratdi, uning qo‘llani¬lish doirasini kengaytirdi. Mazkur qonun mamlakatimizda o‘zbek tilining davlat tili maqomiga ega ekanligini belgilash bilan birga, boshqa tillarning kamsitilmasligini ham e’tiborga oladi. Ushbu hujjat ona tilimizning mavqei oshi¬shi va ravnaq topishi, yanada takomillashuvi uchun huquqiy asos bo‘ldi.

Ma’rifatparvar bobomiz aytganidek...

YUNЕSKO tomonidan e’lon qi¬lingan «Yo‘qolish arafasida turgan dunyo tillarining atlasi»da ta’kidlanishicha, Yevropadagi 50 ta, Tinch okeani hududidagi 2000 ta, Afrika qit’asidagi 250 ta til halokat arafasida turibdi. Asr oxirida Yer yuzida mavjud bo‘lgan tillarning yarmi yo‘q bo‘lib ketishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Albatta, butun boshli tilning yo‘qolib ketishiga muayyan omillar sabab bo‘ladi. Masalan, buni globallashuv jarayonlari va urbanizatsiya hodisasining kucha¬yishi bilan bog‘lashmoqda. Ularning safiga ilm-fan, texnika rivojini ham qo‘shish mumkin.
14.6K views05:47
Ochish/sharhlash