Get Mystery Box with random crypto!

Bu qanday ko‘rgilik, bilmayman, o‘rtoq, Men qachon dalada bug‘ | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Bu qanday ko‘rgilik, bilmayman, o‘rtoq,
Men qachon dalada bug‘doy o‘raman?
Shoirlik men uchun aslo orzumas,
Shu ham ish bo‘ptimi erkak boshimga?
Hamma shoir zotin yig‘sa, arzimas,
Uyimni sog‘inib to‘kkan yoshimga.

Bu she’rda fikriy parokandalik, zo‘riqish yo‘q. O‘qiganda ona qishlog‘ing yodga tushadi: osmoni, yulduzlari, qaldirg‘ochi-yu qizg‘aldoqlari, hatto itlar hurishi, xo‘rozlar qichqirishi ham o‘zgacha zavq beradi. Ruhiy quvvatni go‘zal tabiati, kengliklaridan olasan. Tasavvuringda Vatan shunchaki hudud emas, oila, yaqinlar, do‘stlar yashayotgan, tug‘ilib o‘sgan, yashaydigan va abadiy qo‘nim topadigan ilohiy maskandek ko‘rinadi.

Muhammad Yusuf she’rlari asosida yangragan Vatan qo‘shiqlari ham
sokin, musaffo, samimiy, g‘ururli va mahobatli. Bizni sevgan makonni
qadrlashga, o‘stirgan, boqqan va tarbiyalagan insonlarni e’zozlashga
o‘rgatadi. Ongimizda muhabbat, do‘stlik, or-nomus, haqiqat, ezgulik,
erkinlik kabi abadiy tushunchalarni jonlantiradi.

Uning «Men dardimni kimga aytaman? », «Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston», «Lolaqizg‘aldoq» kabi qo‘shiqlarini hatto maktab bolalari ham yoddan biladi.

O‘zbek xalqining ardoqli shoiri agar hayot bo‘lganida, bu yil yetmish yoshni qarshilagan bo‘lardi. Undan o‘lmas ijodiy meros qoldi. «Muhammad Yusuf izdoshlari» nomi bilan tanilgan yosh qalamkashlar ham shoir nomining barhayotligini isbotlab kelmoqda.

Adiba UMIROVA,
O‘zbekiston Yozuvchilar
uyushmasi a’zosi.


Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular