Get Mystery Box with random crypto!

Shuningdek, dasturda 6,7 million nafar 40 va undan katta yoshd | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Shuningdek, dasturda 6,7 million nafar 40 va undan katta yoshdagi aholi orasida yurak-qon tomir, qandli diabet, o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalliklari xavfini aniqlash bo‘yicha profilaktik ko‘riklar tashkil etish, 10 million nafar aholini yugurish, futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat, milliy va belbog‘li kurash kabi sport turlari bo‘yicha marafon va musobaqalarni tashkil etish orqali ommaviy sportga jalb qilish choralari ko‘rilishi nazarda tutilgan.

Aholiga birlamchi tibbiy xizmatlarni yaqinlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024-yil yakuniga qadar viloyatlar markazlarida kamida bittadan og‘ir gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklari bor bemorlarga palliativ yordam ko‘rsatuvchi xospislar tashkil etilish, 2024-yil 1-sentabrdan boshlab pensiya tayinlashda bir vaqtning o‘zida shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varag‘idagi pulni olish bilan bog‘liq harakatlarni proaktiv tarzda amalga oshirish, nogironlikni belgilashda nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan imtiyozlar to‘g‘risida xabardor qilish tartibi joriy etilishi ham aholi manfaatlarini o‘ylab amalga oshirilayotgan islohotlarning yaqqol namunasidir.

Dasturda 2024-yilda YAIM o‘sish sur’atining 6 foizdan kam bo‘lmagan darajada bo‘lishini, investitsiyalar esa yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatan kamida 30 foiz bo‘lishini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlarida qiymati 18 milliard dollar bo‘lgan 309 ta yirik loyihani ishga tushirish, yillik inflyatsiya darajasi 9 foizgacha bo‘lishini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlariga 275 trillion so‘m kredit resurslarini yo‘naltirish, 41 trillion so‘mlik mikromoliya xizmatlari ko‘rsatish hamda banklar tomonidan taqdim etiladigan kredit stavkalarini bozor mexanizmlari asosida 2–3 foiz pasaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab qo‘yildi.
Aholining qulay tabiiy muhitga ega bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit yaratish maqsadida 2024-yil 1-martdan boshlab hududlarda chang bo‘roni sodir bo‘layotganda va atmosfera havosida mayda dispers zarrachalari belgilangan normadan yuqori bo‘lgani aniqlanganda ushbu jarayondan aholini doimiy xabardor qilib borish amaliyotini yo‘lga qo‘yish, o‘lchami 500 metr kvadrat va undan ortiq bo‘lgan qurilish maydonlarida, unga kirib-chiqish yo‘llarida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etish lozimligi belgilandi.

Shuningdek, 2024-yilda «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida 200 million tup manzarali va mevali daraxt hamda butalar ko‘-chatlarini ekish, 444 ta yashil bog‘lar barpo etish, suv isrofini kamaytirish maqsadida 1,5 ming kilometr yirik kanallarni betonlash ishlarini yakuniga yetkazish bo‘yicha choralar ko‘riladi.

Bundan tashqari, Qurolli Kuchlar, sohaga mas’ul boshqa vazirlik va idoralarning kiberxavfsizlik hamda epidemiologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha salohiyatini keskin oshirish maqsadida kiberxavfsizlik infratuzilmasining muhim elementlari hisoblanuvchi axborot tizimlari attestatsiyasi va ekspertizasi uchun har bir vazirlik va idorada mas’ul shaxslar javobgarligi belgilanmoqda.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, mazkur davlat dasturida nazarda tutilgan maqsadlarning izchillik bilan hayotga tatbiq etilishi Yangi O‘zbekistonning har bir fuqarosi bugungi hayotidan mamnun bo‘lib, yurt taraqqiyoti va rivojiga o‘zida daxldorlik hissini tuyib yashashiga xizmat qiladi. Zero, islohotlar har birimizning amaliy ishimizga aylangan taqdirdagina muvaffaqiyat qozonamiz.

Azizjon FAYZIYEV,
podpolkovnik.


Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular