Get Mystery Box with random crypto!

Shaxsan Amir Temurning o‘zi odob-axloq, iymon-e’tiqod, ta’lim- | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Shaxsan Amir Temurning o‘zi odob-axloq, iymon-e’tiqod, ta’lim-tarbiya, madaniyat, ma’naviyat va ma’rifat bobida yuksaklikka, mukammallikka erishgan siymolardan biri sanaladi. Uning saltanati yuksak ma’naviyat va oliy darajadagi madaniyatga yo‘g‘rilgan saltanat edi. Ma’naviyat va ma’rifat, din, odob-axloq haqidagi Amir Temur ta’limotining mohiyatini chuqur va mukammal bilib olish uchun uning o‘zi tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, pand-nasihatlarni hamda boshqa olimlarning u haqda yozgan asarlarini ko‘zdan kechirish kifoyadir. «Temur tuzuklari», «Amir Temur o‘gitlari», «Amir Temur vasiyati», Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi», Salohiddin Toshkandiyning «Temurnoma», B. Ahmedovning «Tarixdan saboqlar» va «Amir Temur», Yevgeniy Berezikovning «Buyuk Temur», Ashraf Ahmedovning sohibqiron tarjimayi holiga oid asarlari va boshqalar shular jumlasidandir.

Sohibqironning ma’naviyat va ma’rifat haqidagi ta’limoti asoslari, murakkab va serqirra hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati uning «Tarjimayi holi»da va «Tuzuklari»da chuqur bayon etilgan. Amir Temurning insonparvarligi, millatsevarligi, ma’naviyat va ma’rifatning jonkuyar homiysi sifatidagi insoniy fazilatlari uning farzandlariga qoldirgan vasiyat so‘zlarida yanada yaqqolroq namoyon bo‘lgan.

Ma’rifat va ma’naviyat homiysi – Amir Temur sofdil kishilar, olim va fozillarga dargohi ochiq bo‘lgan, nafsi yomon, ko‘ngli buzuq kimsalarni esa o‘ziga yaqinlashtirmagan. Har kimning qadr-qimmatini amaliy faoliyati, odob-axloqi, iymon e’tiqodiga qarab o‘lchagan. Shu tariqa, sohibqiron bobomiz adolat, qadr-qimmat, or-nomus, burch, mas’uliyat, vijdon, iymon-e’tiqod, halollik, fidoyilik singari ma’naviy-axloqiy qadriyatlar haqida necha-necha avlod-u ajdodlarga dastur va yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladigan ta’limotlar yaratgan va hayotga shaxsan o‘zi joriy etgan.

Shunday qilib, Amir Temurning ibratli, hayotiy pand-nasihatlari va purma’no o‘gitlarining har biri mazmun va ma’no kengligi, mantiqning kuchliligi, teranligi, ta’siri, umuminsoniy qadriyatlar asosiga qurilganligi bilan alohida o‘rin tutadi. Ularni ulkan xazina, odob-axloqqa oid dasturlar deya olamiz.

Shu bois ular xalqlarni bir maqsad sari birlashtirgan, jipslashtirgan, muvaffaqiyatlarga erishtirgan, sehrli tarbiyaviy kuchga ega bo‘lgan durdona xazinadir. Bu ulkan ma’naviyat va ma’rifat bo‘stoni buyuk Temurning mamlakatda tinch¬lik-osoyishtalik o‘rnatish, fan va madaniyatni rivoj¬lantirish, xalqlar o‘rtasida buzilmas do‘stlik, mehr-shafqat, odamiylik va axloq-odobni tarbiyalashda mustahkam poydevor sifatida yaratilgan.


Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular