Get Mystery Box with random crypto!

Davlatimiz rahbari boshchiligida 2023-yilning 22-dekabr kuni m | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Davlatimiz rahbari boshchiligida 2023-yilning 22-dekabr kuni ma’naviyat va madaniyat faollari, adabiyot va san’at namoyandalari ishtirokida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida ilm-fan, ta’lim va tarbiya, ma’naviyat ustuvor masala ekani, ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun eng ko‘p – 134 trillion so‘m mablag‘ ajratilgani ta’kidlandi. Madaniyat va san’at sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hajmi 2017-yilga nisbatan 5 karra oshib, 2023-yilda bu maqsadlar uchun 712 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirilgani aytildi.

E’tirof etish kerakki, kino san’atida ham yangi asarlar paydo bo‘lyapti. Buyuk sarkardalar, ulug‘ allomalar haqida tarixiy filmlar yaratildi. Qariyb chorak asrdan keyin Toshkent xalqaro kinofestivali qayta tiklandi.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Tarixdan ma’lum: Vatan va xalq taqdiriga nisbatan tahdidlar kuchaygan vaziyatda aynan millat fidoyilari – uyg‘oq qalbli ziyolilar, shoir va adiblar, san’at namoyandalari, ma’naviyat va ma’rifat sohasi xodimlari jasorat bilan maydonga chiqqanlar. Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur».

Shu maqsadda ma’rifatparvar bobolar g‘oyalarini o‘rga¬nish va rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilinishi belgilandi. «Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida»gi qonun qabul qilingani esa soha rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Shuningdek, kino sohasida «Tirik tarix» seriyasida Vatanimizning shonli o‘tmishiga bag‘ishlangan filmlar yaratish dasturi ishlab chiqilishi, ushbu loyihaga xorijiy ijodkorlar, kino kompaniyalari hamda investorlar jalb etilishi ham sohani rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bolalar uchun buyuk ajdodlarimizning ibratli hayot yo‘li haqida ko‘p qismli animatsion filmlar yaratiladi.

Millat yoshlarini sog‘lom fikrli etib tarbiyalash, ma’naviyat masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, bu borada manzilli chora-tadbirlar rejasini amalga oshirish arafasida turibmiz. Uni amaliyotga tatbiq etishda esa har birimiz befarq bo‘lmasligimiz, ezgu maqsadlarning ishtirokchisiga aylanishimiz zarur.

Gulchehra BUVAMIRZAYEVA.

Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular