Get Mystery Box with random crypto!

Mazkur yig‘ilishda Prezidentimiz tomonidan turli yo‘na¬lishlar | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Mazkur yig‘ilishda Prezidentimiz tomonidan turli yo‘na¬lishlar, xususan, ma’naviyatga oid ustuvor vazifalar o‘rtaga tashlanib, muhim tashabbuslar ilgari surildi. Davlatimiz rahbarining bildirgan takliflari jamiyatimizning ma’naviy qiyofasini tubdan o‘zgartirishga xizmat qi¬ladigan konseptual asos bo‘ldi. Ustuvor konsepsiya sifatida, avvalo, ma’naviyat va madaniyat sohasi uchun metodik asos bo‘ladigan milliy g‘oyani rivojlantirish bo‘yicha alohida dasturiy hujjat ishlab chiqish lozimligi ta’kidlandi.

Prezidentimiz ta’kidlaga¬nidek, Vatan va xalq taqdiriga nisbatan tahdidlar kuchaygan vaziyatda aynan millat fidoyilari – uyg‘oq qalbli ziyolilar, shoir va adiblar, san’at namoyandalari, ma’naviyat va ma’rifat sohasi xodimlari jasorat bilan maydonga chiqqanlar. Mamlakatimiz o‘z taraqqiyoti¬ning yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi g‘arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur.

Bir so‘z bilan aytganda, Prezidentimizning ma’naviyat va madaniyat yo‘nalishidagi tashab¬buslari yurtimiz ravnaqi yo‘lida ilm-fan va ma’naviyat tizimlari borasida ilmiy izla¬nishlarni olib borish, bu sohani rivojlantirishda aniq takliflarni ishlab chiqish, uni yanada rivoj¬lantirishda yangi istiqbollarni ochishda alohida ahamiyat kasb etadi.

Shu o‘rinda ta’kidlash mumkinki, mamlakatimizni innovatsion rivojlantirish strategiyasi va mexanizmlari, eng avvalo, shu davlatda yaratilgan intellektual, ilmiy-texnikaviy salohiyatdan qanchalik samarali foydalanish bilan chambarchas bog‘liq. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda uch yuzdan ortiq ilmiy tadqiqot muassasalari, oliy o‘quv yurtlari, tajriba konstruktorlik tashkilotlari, ilmiy ishlab chiqarish korxonalari, kichik innovatsion markaz¬lar va boshqa ilmiy texnikaviy tuzilmalar faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston 2030-yilga qadar global innovatsion indeks reytingida dunyoning yetakchi davlatlari qatoriga kirishdek ulkan maqsadga erishishda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan strategik reja e’lon qilindi. Bizning maqsadimiz ilm-fan sohasini zamonaviy iqtisodiyot talablariga moslashtirishdan iborat bo‘lib, ilm-fandagi tegishli huquqiy baza bilan tartibga solinadigan tub tarkibiy, tashkiliy-moliyaviy infratuzilmaga oid islohotlarni amalga oshirishni talab etadi.
Darhaqiqat, qaldirg‘och ham o‘z uyasini butlash payida bo‘ladi. Biz ham biror narsa qurmasak, yaratmasak, shu ona yurtning tuzini oqlagulik xayrli ish qilolmasak, yashamoqdan ma’no bormi?! Hayotda kimdir ilmi, yana kimdir hunari bilan o‘zidan muhim iz qoldiradi. Zero, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini egallash, elga nafi tegadigan kasb-hunar sohibi bo‘lish, ma’naviy komillik insonning asosiy ehtiyojidir.

Azizjon FAYZIYEV,
mayor.

Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular