Get Mystery Box with random crypto!

10-mavzu ILM-FAN, TA’LIM VA TARBIYA, MA’NAVIYAT BIZ UCHUN USTU | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

10-mavzu
ILM-FAN, TA’LIM VA TARBIYA, MA’NAVIYAT BIZ UCHUN USTUVOR MASALADIR

Ayni paytda dunyo miqyosida keskin tus olib borayotgan raqobatga faqat zamonaviy ilm-fan, yuqori texnologiyalar va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etish orqaligina munosib javob bera olishimiz mumkin. Shu bois Yangi O‘zbekistonda ham ilm-fan, ta’lim, iqtisodiyot, sport, san’at, ma’naviyat sin¬gari barcha sohalarda o‘sishga erishish va buning natijasida ilmiy salohiyatini oshirish, aholi turmush tarzini bundan-da yaxshilash maqsadida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimizda ilm-fan sohasini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Ta’kidlash joizki, qisqa vaqt ichida ma’rifat, ta’lim, ilm-fan sohalarini rivoj¬lantirish uchun o‘ttizdan ortiq qarorlar, farmonlar, farmoyishlar va qonunlardan iborat huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimiz ta’lim tizimini tubdan o‘zgartirish, malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash hamda Vatanga sadoqatli yangi avlodni voyaga yetkazish mexanizmlarini yaratish maqsadida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Yangi O‘zbekistonning keyingi taraqqiyoti jarayonida maktab¬gacha ta’lim tizimini rivojlantirish, umumta’lim maktablari faoliyatini yaxshilash, oliy ta’lim tizimini dunyo standartlariga moslashtirish, xalqaro reyting¬larga kiritish, o‘quv yurtlariga qabul qilishda adolatli tizimni o‘rnatish, yurtimizda nufuzli chet el universitetlarining filiallarini ochish kabi ko‘plab ishlar olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, ta’lim va tarbiya bir-birini to‘ldiradi. Tarbiya ta’limga nisbatan keng qamrovlidir. Ta’lim aqlni rivoj¬lantiradi va sayqallashtiradi. Lekin insonning ruhiy, aqliy va jismoniy taraflarini birdek qamrab ololmaydi. Shuning uchun ham ta’lim va tarbiya doimo birga bo‘lishi talab etiladi.
Umumiy ta’lim tizimida jiddiy o‘zgarishlar sifatida badiiy ijod, san’at, madaniyat yo‘nalishlari¬da maxsus maktablar barpo etilganligini e’tirof etish joiz. Qoraqalpog‘istonda Ibroyim Yusupov, Jizzaxda Hamid Olimjon va Zulfiya, Namanganda Ibrat, Farg‘onada Erkin Vohidov, Qarshida Abdulla Oripov, Xorazmda Ogahiy, Sirdaryoda Halima Xudoyberdiyeva, Andijonda Muhammad Yusuf nomlari bilan atalgan adabiyot va ijtimoiy soha maktablari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, yoshlarning boshqa sohalarga bo‘lgan qiziqishlari ham e’tiborga olinib, respublikamizda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qi¬tishga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil qilindi.
Davlatimiz rahbarining ta’biri bilan aytganda, «biz maktabgacha ta’lim va maktab ta’limi, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimi hamda ilmiy-madaniy muassasalarni bo‘lg‘usi Renessansning to‘rt uzviy halqasi, deb bilamiz. Bog‘cha tarbiyachisi, maktab muallimi, professor-o‘qituvchilar va ilmiy-ijodiy ziyolilarimizni esa yangi Uyg‘onish davrining to‘rt tayanch ustuni, deb hi-soblaymiz».
Prezidentimizning «Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlanti¬rish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni to‘liq safarbar etgan holda, il¬miy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanish, istiqbolda ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Ilm-fan, ta’lim-tarbiya va ma’naviyat mamlakatimizda azaldan ustuvor masala bo‘lib kelgan. Davlat rahbari raisligida 2024-yil 22-dekabrda bo‘lib o‘tgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida bugun jahon miqyosida taraqqiyot sur’atlari shiddatli tus olgani, o‘ta ziddiyatli jarayonlarning ta’siri mamlakatimizda ham sezilayotgani bejiz qayd etilmadi.