Get Mystery Box with random crypto!

Prezidentimizning ayollarni, onalarni hayotdan rozi qilish ust | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Prezidentimizning ayollarni, onalarni hayotdan rozi qilish ustuvor jihat ekanligini ta’kidlagani ham bejiz emas: «Biz erkin va farovon, demokratik, dunyoga ochiq mamlakatni barpo etishda butun xalqimiz qatori xotin-qizlarimiz ham beqiyos hissa qo‘shayotganini albatta yuksak qadrlaymiz. O‘zbekistonda qanday qonun va qarorlarni qabul qilmaylik, qanday islohotlarni hayotga joriy etmaylik, davlat rahbari sifatida mening ko‘z o‘ngimda avvalo munis onalarimiz, mehribon opa-singillarimiz siymosi, ularning dard-u tashvishlari turadi. Oila tayanchi, jamiyat ustuni bo‘lgan ona¬larimiz, ayollarimiz hayotdan rozi bo‘lsa, butun xalqimiz hayotdan rozi bo‘ladi.

Xalq rozi bo‘lsa, Yaratganimiz ham bizdan rozi bo‘ladi!»

Ming yillar davomida har qaysi jamiyatning madaniy darajasi va ma’naviy barkamolligi ham ayollarga bo‘lgan munosabat bilan belgilangan. Ayolni e’zozlash, unga ehtirom ko‘rsatish Sharq xalqlariga, jumladan, o‘zbek xalqiga xos xususiyatdir. Muborak hadisi sharifda keltirilgan «Jannat onalar oyog‘i ostidadur», «Avval onangizga, yana onangizga va yana onangizga, so‘ngra otangizga yaxshilik qiling», degan benazir so‘zlarda ham ana shu adoqsiz ehtirom namoyon bo‘lib turibdi. Millat ayollarni nechog‘lik ulug‘lasa, uning o‘zi ham shunchalik ulug‘lanadi.

Zamonaviy ayol deganda, birinchi navbatda, oliy ma’lumotga ega, dunyoqarashi keng, iqtisodiy jihatdan mustaqil, ma’naviyati yuksak, faol rahbar yoki xodim, barkamol avlodni tarbiyalaydigan mehribon ona, hurmat-ehtiromga sazovor ayol, saranjom-sarishta bekani ko‘z oldimizga keltiramiz. Bunday ayol¬ning munosib ijtimoiy-siyosiy maqomini ta’minlash mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning tub maqsadidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva BMT va boshqa nufuzli tashkilotlarning minbarlarida ta’lim, sog‘liqni saqlash masalalari hamda boshqa ko‘plab global muammolar haqida bong urayotganligi, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyevaning namunali faoliyati, yoshlar, bola huquqlari bo‘yicha ayol rahbarlarning yetakchilik qobiliyati e’tirof etilayotganligi yangi O‘zbekistonda ayollarga e’tibor yuksak darajaga chiqayotganligidan dalolat beradi.

Yurtimizda gender tengli¬gini ta’minlashga qaratilgan ishlar samarasi, o‘z navbatida xotin-qizlarga bildirilayotgan ishonch, desak, adashmagan bo‘lamiz. Bir so‘z bilan aytganda, xotin-qizlar hamisha davlat e’tiborida, e’zoz-u ardog‘ida. Chunki ayol o‘zini baxtli his qilsa, jamiyat baxtli bo‘ladi, oilada ma’naviy muhit barqarorligi ta’minlanadi!

Abror POYONOV,
"Postda" - "На посту" muxbiri.

Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular