Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston quyidagi tamoyillarga asoslangan holda, izchil tas | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

O‘zbekiston quyidagi tamoyillarga asoslangan holda, izchil tashqi siyosatni yuritmoqda: a) hamkorlik qilishda, mafkuraviy qarashlardan qat’i nazar, ochiqlik; b) teng huquqlilik va o‘zaro manfaat, suverenitet, hududiy yaxlitlik, chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; v) davlatlarning ichki siyosatiga aralashmaslik, munozaralarni tinch yo‘l bilan hal etish, kuch yoki tahdid kuchlarini qo‘llamaslik;

g) harbiy-siyosiy bloklarda ishtirok etmaslik, o‘z hududida xorijiy harbiy bazalarning joylashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xorijiy operat¬siyalarda ishtirok etmaslik.

Ta’kidlash joizki, 2023-yilning 30-aprel kuni bo‘lib o‘tgan referendum orqali qabul qilingan yangi tahrirdagi Konstitutsiyada (Muqaddima, 17,18-moddalar) O‘zbekistonning jahon hamjamiyati, avvalo, qo‘shni davlatlar bilan do‘stona munosabatlarini o‘zaro qo‘llab-quvvatlash, tinchlik va totuvlik asosida mustahkamlash hamda rivojlantirishga intilgan holda qabul qilishga doir alohida band kiritilgan bo‘lib, bu ham so‘nggi yillarda tashqi siyosatda amalga oshi¬rilgan islohotlarni kelgusida yanada chuqurlashtirish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Konstitutsiyamiz Muqaddimasidagi quyidagi jumlalar ham e’tiborga molikdir: «...davlatchiligimiz rivojining uch ming yildan ziyod tarixiy tajribasiga, shuningdek, jahon sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimizning ilmiy, madaniy va ma’naviy merosiga tayanib...ushbu Konstitutsiyani qabul qilamiz...»

Darhaqiqat, Amu va Sirdaryo oralig‘ida paydo bo‘lgan insoniyat sivilizatsiyasi bu yerda paydo bo‘lgan va yashagan xalqlarning qadim tarixidan darak beradi. Bu makonda yaratilgan «Avesto» kitobi esa qadimda nafaqat xalqlar, balki bu yerlarda shahar va davlatlar shakllanganligini isbotladi.

Qarangki, bunday makon, bunday insoniyat beshiklari dunyoning hamma yerida ham bo‘lgan emas. Bu shonli tarixdan, ajdodlarimizning sharafli ma’naviy merosidan faxrlanishimiz, g‘ururlanishimiz bejiz emas.

Davlatimiz rahbari ta’kidlaganidek, «Bizga bu kuchni chetdan izlashning hojati yo‘q. Shonli tariximiz, boy ilmiy va madaniy merosimiz, bahodir ajdodlarimizning hayoti va faoliyati biz uchun chinakam ibrat maktabi».

Xurshid Qurbonov,
Navoiy Davlat pedagogika instituti dotsenti.


Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular