Get Mystery Box with random crypto!

6-mavzu «Xavfsiz va tinchliksevar davlat» tamoyili istiqbollar | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

6-mavzu
«Xavfsiz va tinchliksevar davlat» tamoyili istiqbollari

Shuningdek, yig‘ilishda Qurolli Kuchlarni boshqarish tizimini takomillashtirish, qo‘shinlarning jangovar shayligi va ruhiy tayyorgarligini oshirish, bo‘linmalarni zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar bilan ta’minlash kabi masalalar sarhisob qilinib, navbatdagi ustuvor vazifalar belgilab olindi.
2023-yilning 13-sentabrida qabul qilingan «O‘zbekiston–2030» strategiyasining beshinchi — «Xavfsiz va tinchliksevar davlat» tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish yo‘nalishi doirasida amalga oshiriladigan muhim maqsad va vazifalar, xususan, strategiya orqali istiqbolli yo‘nalishlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, keng mintaqalarni bog‘lovchi va O‘zbekistonning jahon bozoriga chiqishiga imkon yaratuvchi transport-logistika yo‘laklarini shakl¬lantirish, Qurolli Kuchlar qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada kengaytirish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatida tutgan roli va o‘rnini oshirish, xalq farovonligi, tinchligi, inson huquqlari kafolatini ta’minlaydigan adolatli davlat qurish¬da mamlakat xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish muhimdir. Bu borada «Xavfsiz va tinchliksevar davlat» tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirish orqali ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish, mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha islohotlarni jadallashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ushbu tamoyil asosida bir qator ustuvor va istiqbolli vazifalarni amalga oshirish orqali mamlakatning ijtimoiy-siyosiy mavqeyini mustahkamlash dolzarb ahamiyat kasb etadigan omildir. Bu faoliyatda tasdiqlangan quyidagi yo‘nalishlar qamrab olingan istiqbol rejalarini amalga oshirishda mas’uliyat va burch bilan yondashuv talab qilinadi.

Ya’ni:
– Yangi O‘zbekiston tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda izchil amalga oshirish;

– Markaziy Osiyo mintaqasida amaliy hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish;

– an’anaviy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytirish, global ishlab chiqarish va yetkazib berish zanjirlariga qo‘shilish;

– tashqi mehnat migratsiyasi tizimini takomillashtirish, xorijda mehnat faoliyatini yuritayotgan fuqarolarga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish;

– jahonda sodir bo‘layotgan murakkab global jarayonlarni inobatga olgan holda, Qurolli Kuch¬larning qudrati, mamlakatning mudofaa qobiliyati va harbiy salohiyatini yanada oshirish;

– favqulodda vaziyatlar va global iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq aholi hayotiga xavf soluvchi ofatlarning oldini olish;

– chegaralar xavfsizligini mustahkamlash;

– jamiyatda millatlararo totuvlik muhitini mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirish masalalari shular jumlasidandir.


Bugungi sharoitda mamlakatimizning istiqboli bevosita tashqi siyosat masalasiga bog‘liqdir. Yangi O‘zbekiston o‘z tashqi siyosatini xalq va davlatning manfaatlaridan kelib chiqqan holda amalga oshirish, Markaziy Osiyodagi barcha mamlakatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini rivojlantirish hamda Yaqin va O‘rta Sharq mintaqasidagi davlatlar bilan aloqalarni kengaytirish orqali samarali olib bormoqda.

BMTda O‘zbekistonning qo‘shni mamlakatlarga nisbatan yangicha, ochiq va yaxshi qo‘shnichilik siyosati ijobiy baholanmoqda. O‘zbekistonning yangi mintaqaviy siyosatiga berilgan bunday baho Prezidentimiz rahbarligida yuritilayotgan tinchliksevar va do‘stona tashqi siyosat BMTning asosiy maqsadlari va vazifalari bilan hamohangligi natijasidir.