Get Mystery Box with random crypto!

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, BRM dasturi quyidagi global maqsa | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Yuqorida ta’kidlaganimizdek, BRM dasturi quyidagi global maqsadni o‘z ichiga oladi: qashshoqlikni yo‘qotish; ochlikni tugatish; sog‘liq va farovonlik; sifatli ta’lim; gender tengligi; toza suv va sanitariya; arzon va toza energiya; munosib ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiy o‘sish; sanoatlashtirish, innovatsiyalar, infratuzilma; tengsizlikni kamaytirish; barqaror shaharlar va qulay yashash joylarini yaratish; mas’uliyatli iste’mol va ishlab chiqarish; iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish; dengiz ekotizimlarini asrash; quruqlikdagi ekotizimlarni asrash; tinchlik, adolat va samarali boshqaruv; barqaror rivojlanish yo‘lida hamkorlik.

2015-yilda O‘zbekiston hukumati 2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasida global kun tartibini amalga oshirish bo‘yicha majburiyatlarni qabul qilib, ularni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda. Ta’kidlash joizki, Yangi O‘zbekiston sharoitida Prezident Shavkat Mirziyoyevning sa’y-harakatlari va rahbarligida BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish faollashdi, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan yangi sifat bosqichiga ko‘tarildi.

«Yashil iqtisodiyot» – bu ertangi kun iqtisodiyoti va aynan u XXI asr iqtisodiy taraqqiyotining harakatga keltiruvchi kuchi bo‘lishi kerak. Olimlarning fikricha, «yashil iqtisodiyot» nazariyasi quyidagi uchta aksiomaga asoslanadi:
– cheklangan makonda ta’sir sohasini uzluksiz kengaytirib bo‘lmaydi;
– resurslar cheklangan sharoitda uzluksiz oshib borayotgan ehtiyojni qondirishni talab qilish mumkin emas;
– Yer yuzida hamma narsa bir-biri bilan bog‘liq.

Iqtisodiy o‘sishning an’anaviy modelidan «yashil iqtisodiyot»ga o‘tish umumjahon trendi bo‘lib, u nafaqat alohida milliy iqtisodiyotlarning, balki umuman butun jahon iqtisodiyoti barqarorligini belgilab beradi, «yashil iqtisodiyot»ni ilgari surish esa taraqqiyotning asosiy yo‘lidir.

Аlohida, ta’kidlash joizki, O‘zbekiston BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarining 16 tasida ishtirok etmoqda. Mazkur maqsadlarning yarmiga yaqini – bevosita iqlim o‘zgarishi, ekologiya, toza suv va sanitariya, arzon va toza energiya ishlab chiqarish kabi o‘ta muhim masalalar xalqaro tashkilotlar va davlatlar hamkorligida dadillik bilan amalga oshirilmoqda. Masalan, yashil energetikaga o‘tish strategiyasi bo‘yicha 2023-yil oxirida mamlakatimizning qator viloyatlarida Saudiya Аrabistoni va Xitoy davlatlari bilan hamkorlikda quyosh panellari stansiyalarining ishga tushirilganligi buning yorqin isbotidir.

O‘ylaymizki, bu muvaffaqiyatlar poydevori O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi «2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasining «yashil iqtisodiyotga o‘tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qaroridir. Ushbu qaror ijrosini ta’milash bo‘yicha 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida «yashil iqtisodiyot»ga o‘tish va «yashil» o‘sish dasturi maqsad va vazifalarining amalga oshir ilishi, uning maqsadli ko‘rsatkichl ari, shuningdek, «Sanoat tarmoqlarida «yashil iqtisodiyot»ga o‘tish va energiya tejamkorligini ta’minlash konsepsiyasi, 2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasida «yashil iqtisodiyot»ga o‘tish va «yashil» o‘sishni ta’minlash bo‘yicha harakatlar rejasi kabi maqsadli muhim hujjatlar ijrosi mamlakatimizning yaqin istiqbolda «yashil iqtisodiyot» ta’minlangan mamlakatga aylantiradi va uning bu sohada Markaziy Osiyoda yetakchilik qilishiga ishonchimiz komil.

Shuhrat G‘OYIBNАZАROV,
siyosiy fanlar doktori, professor, iste’fodagi polkovnik.

Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2024 йил барча мавзулар /  2024 yil barcha mavzular