Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekiston taraqqiyoti¬ning yangi bosqichida qonun ustvorligi | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

O‘zbekiston taraqqiyoti¬ning yangi bosqichida qonun ustvorligini ta’minlash shu bilan birga, fuqarolarimizning ma’naviy-mafkuraviy salohiyatini yuksaltirish xalqimizni buyuk va ulug‘vor maqsadlar sari birlashuviga zamin yaratadi.
Mamlakatimizda Konstitutsiya va qonun ustuvorligi hamda qonuniylik tamoyillarining so‘zsiz ta’minlanishi, eng avallo, inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning muhim kafolati hisoblanadi. Zero, Kons-titutsiya hamda qonun talablariga og‘ishmay amal qilish xalqimizning yuksak ma’naviy saviyasini belgilaydi. Ma’lumki, tomirida milliy g‘urur, Vatan ishqi jo‘sh urgan, oriyatli, ma’naviy jasoratga ega odamgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi. Biz bugun mamlakatimizda qonun ustuvorligi ta’minlangan yuksak ma’naviy muhit yaratishimiz kerakki, yurtimizning qiyofasida Vatandan faxrlanish hissi ko‘zimizni, qalbimizni quv¬natib tursin. Shuni alohida qayd etish joizki, ma’naviyat – xalqimiz or-nomusini uyg‘otuvchi beqiyos kuch, ozodlik, Vatanni sevishga undovchi da’vatkor tug‘yondir. Bugungi zamon shiddati har qaysi millat, xalqning kelajakda o‘zligini saqlab qolishi uchun, eng avvalo, ma’naviyat masalasiga bo‘ladigan tahdidlardan muntazam ravishda ogoh, sezgir va hushyor bo‘lishi lozimligini ko‘rsatmoqda. Davlatimiz rahbari uqtirganidek, «milliy ma’naviyatimizga mutlaqo begona bo‘lgan zararli g‘oyalar, tushuncha va qarashlar chegarani buzmasdan, bildirmasdan, ta’bir joiz bo‘lsa, «chaqirilmagan mehmon» bo‘lib xonado¬nimizga, jamiyatimizga, eng yomoni, murg‘ak bolala¬rimizning pokiza qalbi va ongiga kirib kelayotganidan ham ko‘z yuma olmaymiz». Azaldan ma’lumki, insoniyat taraqqiyotida qachonki, beparvolik va loqaydlik hukm sursa, shu bilan birga, eng dolzarb muhim masalalar o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, o‘sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanishi oqibatida ma’naviy tubanlik illatlari tobora avj olishini teran anglash lozim.

Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, «biz ma’naviyat va ma’rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanni albatta yaxshi ko‘radi. Vijdon, ma’naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir. Mana shunday qarash butun xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz tomonidan keng va qizg‘in qo‘llab-quvvatlanayotgani ma’naviy tarbiyaning naqadar dolzarb ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi».

Mansur MUSAYEV,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti bo‘lim boshlig‘i, siyosiy fanlar doktori.

Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2023 йил барча мавзулар /  2023 yil barcha mavzular