Get Mystery Box with random crypto!

52-mavzu QONUN, MAFKURA VA MA’NAVIYAT Bugun yurtimizda aholi | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

52-mavzu
QONUN, MAFKURA VA MA’NAVIYAT


Bugun yurtimizda aholi¬ning huquqiy madaniyati va huquqiy ongini yuksaltirish, inson qadrini ulug‘lash, jamiyatda qonun eng muhimligini ta’minlashga ustuvor vazifa sifatida alohida e’tibor qaratilmoqda. Zero, jamiyat va mamlakat hayotida qonun muqaddas hisoblanib, u yuksak maqomga ega, unda xalqning irodasi, xohish va istaklari, manfaat va intilishlari mujassamdir.

Hozirgi globallashuv shiddati har qanday davlat taraqqiyotida qonunlarga rioya etish, eng avallo, jamiyat hayotida adolat, insonparvarlik g‘oyalarini tarannum etishga zamin yaratadi. Insoniyat tarixida qonunlar-ning kashf etilishi jamiyat va davlat o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi ijtimoiy norma hisoblangan.

Tarixan insonlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga
solish va o‘zlarining ehtiyoj¬larini ta’minlashda qonunlarga itoat qilish talab etilgan. Qa¬dimgi yunon olimi Aflotun ham jamiyatning alohida guruhlari va tabaqalari manfaati yo‘lida qabul qilingan qonunlar adolatga mos kelmasligini alohida ta’kidlab, mamlakat fuqarolarining mafkuraviy tarbiyasi qonunlarga itoatkorlik ruhini singdirishda muhim ekanligini e’tirof etgan.

Bugungi kunda jahon geosiyosiy maydonida kechayotgan globallashuv jara¬yonlarining kuchayishi hamda zamonaviy axborot texnologiya¬larining jadal rivojlanishi dunyo miqyosida keskin burilish yasamoqda. Dunyoning turli mintaqa va davlatlarida kechayotgan ayanchli voqealar tahlili ommaviy axborot vositalari, zamonaviy axborot texnologiyalari, jumladan, ijtimoiy tarmoqlar va elektron nashrlar ko‘p hollarda ayrim buzg‘unchi kuchlar qo‘lida turli soxta, zararli g‘oya va mafkuralarni targ‘ib etishning qulay va tezkor vositasiga aylanib qolayotganini ko‘rsatayotir. Bu kabi tahdidlar milliy va umum¬insoniy qadriyatlar yemirilishiga, zo‘ravonlik, inson taqdiri, jamiyat hayotiga bepisandlik, mas’uliyatsizlik, loqaydlik, andishasizlik, behayolik kabi illatlar ildiz otishiga zamin yaratmoqda.

Ayniqsa, globallashuv sharoitida mafkuraviy kurashlar goh oshkora, goh pinhona tus olayotgani ogoh, sezgir va hushyor bo‘lishni talab etmoqda. Dunyo miqyosida yuz berayotgan eng xavfli yovuz illat mafkuraviy xurujlar o‘zga bir davlat fuqarolarining qalbi va ongini zabt etish, mafkurasidan voz kechtirish orqali «o‘zgacha» mafkuralarni ongiga singdirishda namoyon bo‘lmoqda. Bugun shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyoda ma’naviy tubanlik ta’siri oqibatida madaniyatsizlik, e’tiqodsiz¬lik kabi qator «ta’limotlar» oshkora, ba’zan esa yashirin tarzda targ‘ib etilmoqda. Natijada milliy ruh, millatning o‘ziga xosligi va asriy qadriyatlarini zimdan yemirishga zamin yaratilmoqda.

Yangi O‘zbekistonning hozirgi rivojlanish bosqichida xalqimizning huquqiy va ma’naviy-mafkuraviy savod¬xonligini oshirish dolzarb vazifa hisoblanadi. Zero, dunyo sahnida yuz berayotgan mafkuraviy jarayonlar bizdan ogoh bo‘lishni, fuqarolari¬mizning ongi va qalbini zabt etishi mumkin bo‘lgan turli tahdidlardan himoya qilish zaruratini ko‘rsatmoq¬da.
Ma’lumki, har bir xalqning taraqqiyotga erishuvida, avvalo, qonun ustvorligini ta’minlash va ma’naviy birlashuvi muhim ahamiyat kasb etgan. Bugun yangi hayot qurish, rivojlangan davlatlar qatoriga chiqish yo‘lidan borayotgan mamlakatimizda ham qonun ustivorligini ta’minlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yanada yuksak o‘ringa ko‘tarishga dolzarb vazifa sifatida alohida e’tibor qaratilayotgani bejiz emas.

Chunki yon-atrofimizda yuz berayotgan hodisotlar ma’naviy-mafkuraviy ishlar¬ning ta’sirchanligini oshirish, ma’naviyat sohasidagi ichki va tashqi tahdid hamda xavf-xatarlarga qarshi samarali kurashish, jamiyatda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash borasida jiddiy fikrlashni taqozo etmoqda. Davlatimiz rahbari o‘z nutqlaridan birida: «Biz yangi O‘zbekistonni barpo etishga qaror qilgan ekanmiz, ikkita mustahkam ustunga tayanamiz. Birinchisi – bozor tamoyillariga asoslangan kuchli iqtisodiyot. Ikkinchisi – ajdodlarimizning boy merosi va milliy qadriyatlarga asos¬langan kuchli ma’naviyat», – deya ta’kidlagan edi.