Get Mystery Box with random crypto!

Xayolan gapirish. Qidirilayotgan shaxsning surati, mashinalarn | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

Xayolan gapirish. Qidirilayotgan shaxsning surati, mashinalarning raqamlarini eslab qolayotganda, fikran, ichki nutqida «gapirsa», shaxsning yuzidagi ayrim jihatlarni ta’kidlasa, xotirada mustahkamroq va aniqroq saqlanib qoladi.
Modellashtirish. Bunda mantiqiy aloqalar yordamida betartib faktlar yagona tizimga birlashtiriladi. Ana shu tizim eslab qolish uchun model bo‘lib xizmat qiladi. Taxminni ilgari surish orqali bo‘lgan voqea qayta gavdalantirilsa, modellashtirilsa, kerakli ma’lumotni yaxshi eslab qolishga yordam beradi.
Oqibatlarini tasavvur qilish orqali xotirani faollashtirish. Kerakli ma’lumot xotirada saqlab qolinmasa (yoki, aksincha, saqlab qolinsa) nima bo‘lishini tasavvur qilish ham yaxshi samara beradi.
Tartibga keltirish. Ilgari esda olib qolingan ma’lumotni endi esda olib qolish kerak bo‘lgan ma’lumot bilan bog‘lash ularning xotirada ishonch¬liroq saqlanib qolishiga imkon beradi.
Unutish orqali eslab qolish. Nimanidir unutishni istasak, biz ana shu narsaga diqqatimizni jamlaymiz va natijada uni esda olib qolamiz. Xayolan yoqtirgan odamingizni dushmaningiz deb tasavvur qilishga harakat qilib ko‘ring... Tasavvur qildingizmi? Endi esa uni miyangizdan chiqarib tashlashga harakat qiling. Siz bu to‘g‘rida o‘ylamaslikka qan¬chalik ko‘p harakat qilsangiz, u sizni shunchalik kuchliroq ta’qib etadi.
Vaziyatni jismonan tiklash. Go‘yoki «o‘sha joyning o‘zida bo‘lib qolish» va u yerdagi narsalarni, masalan, kerakli tartibda joylashtirish lozim. Ko‘rish tasavvurlariga tayanish zarur narsalarni eslashni osonlashtiradi.
Vaziyatni xayolan esga tushirish. Har doim ham o‘sha sharoitda jismonan bo‘lish, ahvolni jismonan esga tushirishning imkoni bo‘lmaydi. Ammo butun vaziyatni uning qismlari bo‘yicha xayolan tasavvur qilish, esga tushirish orqali ma’lumotni eslash mumkin.
Vaziyatlarni saralab tanlash. U kim? Eslolmaysiz... Shunda u kishini qayerda ko‘rgan bo‘lishingiz mumkinligini tasavvur qiling: bo‘limda, uyingiz hovlisida, transportda va hokazo. Vaziyatlarni saralash chog‘ida sizni qiziqtirayotgan shaxs haqidagi ma’lumotlar ham chiqib keladi.
Voqealar ketma-ketligini xayolan esga tushirish (uzilgan zanjirni tiklash). Xotirada voqealarning butun ketma-ketligini tiklash zanjirdagi yo‘qolgan halqani topishga yordam beradi. Qidirilayotgan ma’lumot saqlanishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarning xayoliy zanjiridagi barcha halqalarni ketma-ket tekshirib chiqing. Zanjirda kemtik topganingizda, undan sakrab o‘ting, oldinroqqa o‘ting, so‘ngra orqaga qayting. Agar halqa tiklanmasa, xotirangizni uzoq vaqt zo‘riqtirmang – buning yordam berishi dargumon.
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, har bir shaxs, u qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’i nazar, ma’lum bir ma’lumot bilan o‘z xotirasini band qiladi. Bu ma’lumot qanchalik kerak yoki keraksizligini aniqlash esa o‘z qo‘lingizda.

Doniyor MIRZAXMЕDOV,
kapitan.

Телеграмда ўқинг / Telegramda o'qing

Ворд шаклида ўқинг / Word shaklida o'qing

ПДФ шаклида ўқинг / PDF shaklida o'qing

Кирилл алифбосида ўқинг / Kirill alifbosida  o'qing

Рус тилида ўқинг / Читать по русски

2023 йил барча мавзулар /  2023 yil barcha mavzular