Get Mystery Box with random crypto!

51-mavzu XOTIRA PSIXOLOGIYASI VA UNING KASBDA TUTGAN O‘RNI | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

51-mavzu
XOTIRA PSIXOLOGIYASI VA UNING KASBDA TUTGAN O‘RNI


Psixologiyada xotira – insonning bilish qobiliyatlari majmui, ya’ni, ma’lumotni yodlash, to‘plash va ko‘paytirish qobiliyatlari jamuljamidir. Bu shuni anglatadiki, har qanday ma’lumot dastlab miyada to‘planadi, keyin unda saqlanadi, bu esa uni yanada ko‘paytirishga imkon beradi.
Hozirgi vaqtda xotirani rivojlantirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi, chunki telefon, kompyuter va planshet kabi gadjetlar shaxsning o‘rniga juda ko‘p funksio¬nal vazifalarni bajarmoqda. Bu esa, o‘z o‘rnida, ayrim shaxslarda xotira bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Xotiraning qisqa muddatli va uzoq muddatli turlari mavjud. Qisqa muddatli xotira inson xotirasining bir turi bo‘lib, bunda ozgina ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin. Masalan, telefon raqamining 7 ta sondan iboratligiga sabab – qisqa muddatli xotira miqdori o‘rtacha 7+2 ta ma’lumotni saqlaydi. Uzoq muddatli xotiraning ma’lumot saqlash miqdori mavjud emas.
Ta’kidlash joizki, inson hayotining birinchi yillarida sodir bo‘lgan voqealarni eslab qolishining iloji yo‘q. Gap shundaki, miyaning xotira uchun mas’ul bo‘lgan sohalari hali to‘liq shakllanmagan, ya’ni, fiziologik jihatdan xotira chaqaloqlik va erta bolalik voqealarini saqlay olmaydi.
E’tibor qilish lozim bo‘lgan yana bir jihat, inson xotirasi to‘liq tushunilmagan. Ammo uning mexanizmi qanday ishlashini ishonch bilan aytish mumkin: yodlash; saqlash; e’tirof etilgandan keyin ko‘paytirish; unutish.
Axborotni yodlashning ikki turi mavjud: ixtiyoriy va beixtiyor. Ixtiyoriy yodlash alohida ahamiyatga ega. Unga she’rlar, tarixiy sanalar, matematik formulalar kiradi. Bunday holda motivatsiyaning roli katta.
Beixtiyor yodlashni oldindan aytib bo‘lmaydi. Misol uchun, shaxs ko‘rgan, eshitgan, tegingan narsalarini eslaydi. Ba’zi ma’lumotlar uzoq muddatli xotira bo‘limiga tushadi, boshqalari kerak bo‘lmagani uchun yo‘q qilinadi va shaxs undan foydalanmaydi.
Xotirani mustahkamlashning bir necha usullari mavjud. Rasmlarni eslab qolish samarali mashqlardan biridir. Bunday mashqni o‘tkazish uchun biron bir qiziqarli rasmni tanlab olish kerak bo‘ladi. Xotirani kuchaytirish uchun eng yaxshi mashq – sanash. Bu ancha samarali usul bo‘lib, 1 dan 20 gacha yoki 20 dan 1 gacha bo‘lgan sonlarni parallel ravishda sanash kerak. Agar inson sonlarning boshqa tillardagi talaffuzini bilsa, parallel ravishda ona tili va boshqa tilda sonlarni sanash xotirani tiklashga tezroq yordam beradi.
Xotirani yaxshilash uchun foydali usullardan yana biri «chapaqay qo‘l» mashqini bajarishdir. Chapaqay insonlar uchun o‘ng qo‘lni, o‘naqaylar uchun esa chap qo‘lni ko‘proq ishlatish talab etiladi. Bunday mashq bilan miyaning ishlashi kuchayadi va xotira tiklanishi yaxshilanadi.
Har bir kasbda, xuddi shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida xotiraning o‘rni alohida muhimdir. Shundan kelib chiqqan holda, quyida kasbga oid zarur ma’lumotlarni eslab qolish samaradorligini oshirish usullariga to‘xtalib o‘tamiz.
Yodlash. Katta hajmdagi, eslab qolish qiyin bo‘lgan ma’lumotlarni odam «ichida» yoki fikran takrorlashi orqali uning xotirada aniq saqlanib qolishiga erishish mumkin.
Anglash. Har qanday ma’lumot, agar u anglangan bo‘lsa, esda yaxshi saqlanib qoladi. Eslab qolinadigan ma’lumotdagi ma’noli aloqalarni aniqlashga «Nima uchun?» degan savolni qo‘yish yordam beradi.
Qonuniyatlarni izlash. Bu raqamli ma’lumotlarni, masalan, avtomashina va telefon raqamlarini eslab qolishni osonlashtiradi. Ushbu usul eslab qolinadigan ma’lumotda muayyan qonuniyatni – ma’noli, raqamli va boshqa qonuniyatlarni topishga asoslanadi.
Analogiya, o‘xshashliklardan foydalanish. Yangi ma’lumotni ma’lum ma’lumot bilan qiyoslash doimo uni eslab qolishni osonlashtiradi. Bunda obyekt nimaga o‘xshashini aniqlash lozim bo‘ladi.
Obrazli tasavvur. So‘zda ifodalangan ma’lumotni tasavvur qilish orqali eslab qolish ancha oson.