Get Mystery Box with random crypto!

​​Ustav bandlarida «xiz¬mat intizomi» va «yuksak xizmat intizo | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

​​Ustav bandlarida «xiz¬mat intizomi» va «yuksak xizmat intizomi» deb alohida-alohida keltirilgan. Bu, bir so‘z bilan aytganda, «Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!» shiori ostida yurt osoyishtaligi yo‘lida xizmat olib borayotgan xodimlarga mamlakatimizda inson sha’ni, qadr-qimmati har narsadan ulug‘ligini doimo yodda tutishi zarurligini anglatadi.

Sharq xalqlarida tarbiya, odob-axloq masalalariga qa¬dimdan alohida e’tibor berilgan. Mavjud me’yoriy hujjatlarda odob-axloq qoidalariga amal qilishning barcha muhim jihatlari, jumladan, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, kamtar va bosiq bo‘lish, ularning mavqeidan qat’i nazar, hech bir shaxs, guruh yoki tashkilotlar¬ning kamsitilishi yoki afzal ko‘ri¬lishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, boshqa davlatlar xalqlarining urf-odat va an’analarini hurmat qilish, ijtimoiy barqarorlik, millatlararo va dinlararo hamjihatlikka ko‘maklashish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘z vaqtida qonuniy ko‘rib chiqish, tamagirlikning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish singari insonga ko‘rk bag‘ishlaydigan sifatlarning deyarli birortasi ham chetda qolmagan.

Inson bir umr o‘qib izlanadi, bilmaganlarini o‘rganadi. Hech kim dabdurustdan komillikka erishib qolmaydi. Soha xodimlarini xalqqa yanada yaqinlashtirish maqsadida keng ko‘lamli islohotlar olib borilayotgani bois ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya qilish orqali eng oliy vazifa – ona Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligi ta’minlanmoqda.

Tizimda yaratilgan ko‘plab imtiyozlar va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashlarga qaramasdan, xodimlar tomonidan xizmat intizomi buzilishi, yo‘l-transport hodisalari sodir etilishi, poraxo‘rlik, tamagirlik kabi salbiy illatlar, afsuski, hamon kuzatilmoqda. Jumladan, 2021 yilning 10 oyida 5991 nafar xodim intizombuzarlikka yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, 1563 nafari ma’muriy huquqbuzarlik sodir etgan.

Respublika miqyosida sodir etilgan intizombuzarlik holatlari turlari bo‘yicha tahlil qilinganda, o‘tgan 10 oy davomida 3610 nafar xodim xizmat vazifasini bajarishga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi uchun intizomiy jazolangan.

Fuqarolar ongida pora olish va davlat organi xodimiga pora berish ham birdek jinoyat ekanligi, unga nisbatan jazo muqarrarligini singdirishga qaratilgan bir qancha chora-tadbirlar belgilanib, amalga oshirilib kelinayotganligiga qaramasdan, hanuzgacha tizim sha’niga dog‘ tushirayotganlarni hech bir sabab bilan oqlab bo‘lmaydi.

Vaholanki, ushbu xodimlar pora taklif qilish holatlari bo‘yicha o‘z vaqtida o‘rnatilgan tartibda axborot berganida, nafaqat ichki ishlar organlarida xizmatni davom ettirayotgan va jinoiy javobgarlikka tortil¬magan bo‘lardi, balki boshqa hamkasblari kabi tizim obro‘sini ko‘tarib, o‘zlari ham moddiy va ma’naviy rag‘batlantirilishi mumkin edi.

Avazbek INOMOV, podpolkovnik.

Sherzod ABDUSAMADOV, «Postda» muxbiri.