Get Mystery Box with random crypto!

​​Bugun inson o‘zining ongu tafakkuri mahsuli bo‘lgan axborot | MA'RIFAT DARSI | МАЪРИФАТ ДАРСИ

​​Bugun inson o‘zining ongu tafakkuri mahsuli bo‘lgan axborot texnologiyalari va ular taqdim etgan imkonlar bilan taraqqiyot yo‘lidan dadil ildamlamoqda. Bunda kerakli bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish asosiy talablardan biridir. Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh tashabbus doirasida shahar va tumanlar markazlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarining tashkil etilgani bu borada o‘ziga xos yechim bo‘ldi. Ayniqsa, ushbu markaz¬larda axborot texnologiyalari sohasida bugun nihoyatda talab yuqori bo‘lgan loyihalarning amalga oshirilishi nafaqat yoshlar, balki turli soha vakillarini axborot texnologiyalari bilimdoniga aylantirdi.

So‘nggi yillarda yurtimizda qator xalqaro oliy o‘quv yurtlarining filiallari ochildi. Bu bevosita yoshlarni tanlagan kasbi bo‘yicha xalqaro miqyosdagi bilimlarni to‘laqonli o‘zlashtirish imkonini berayotir. Shu o‘rinda mamlakatimizni innovatsion rivojlantirish, 2030-yilga qadar Global innovatsiya indeksida ilg‘or 50 mamlakat qatoridan joy egallash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ham ta’kidlash joiz. Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida esa xuddi shu davrga borib, o‘quvchilar bilimini baholash bo‘yicha PISA xalqaro dasturi reytingida O‘zbekistonning jahondagi yetakchi 30 ta mamlakat qatoridan joy egallashi maqsad qilib qo‘yilgan.

Bugun ta’lim jara¬yonlaridagi o‘ziga xos yondashuv davlat hamda jamiyat ravnaqi yo‘lida yosh avlodning intellektual salohiyati, intilishi, shijoatini yuzaga chiqarishdek maqsad uchun xizmat qiladi. Bu borada ta’lim-tarbiyani zamon talablari asosida takomillashtirib borish yurtimiz ertasiga ishonch, barqaror rivojlanishning muhim omilidir. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, O‘zbekiston ta’lim-tarbiya, ilm-fan, intellektual salohiyat sohasida, zamonaviy kadrlar, yuksak texnologiyalar borasida dunyo miqyosida raqobatbardosh bo‘lishi shart.

Gulnoza TURG‘UNBOYEVA,
«Postda» muxbiri.