2023-07-24 05:09:27
BAXTIMIZGA OMON BO'LING, YURTBOSHIMIZ!
Bayrog'imiz qo'limizda, ko'nglimiz chog',
Sizga o'xshar, Alloh bergan ko'z qoshimiz.
Bizlar uchun yaratdingiz tugamas bog',
Baxtimizga omon bo'ling, Yurtboshimiz.
Ishonch bilan kelajakka bormoqdamiz,
Yurtni obod qilib o'tar tun kuningiz.
Biz siz sabab, shahdam qadam yurmoqdamiz,
Omon bo'ling, baxtimizga Yurtboshimiz.
Men o'zbekman! O'zbek degan elning qizi,
Bizga havas qilar bo'ldi yerning yuzi.
Shu kunlarga yetar bo'ldi, qaro ko'zi,
Sizga doim rahmatdamiz Yurtboshimiz.
Tinchligimiz qo'mondoni omon bo'ling,
Yuzga kiring, El rohatin ko'rib yuring.
Deymiz doim, dunyo turguncha siz turing,
Baxtimizga omon bo'ling! Yurtboshimiz.
Ko'z tegmasin, shu millatning qarog'iga,
Har qadamda buyuk ishlar bo'layapti.
Siz bosgan har qadamingiz, gullab-yashnab,
O'zbekiston sizni duo qilayapti.
Beshigida Alpomishu, Barchinoylar,
Siz bor sabab, butun bizning rizq-oshimiz,
Sizga hurmat, cheksiz ila ta'zimdamiz,
Baxtimizga omon bo'ling, Yurtboshimiz!
Nematillayeva Muqaddam
24.07.2022-yil
Men Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanidagi Qurbonova Nasiba To'rayevna nomidagi ONMTT da tarbiyachi bo'lib ishlayman. Bugungi Presidentimiz tavalludiga yozgan she'rim
Nematillayeva_Muqaddam
3.6K views02:09