Get Mystery Box with random crypto!

📚🇺🇿MAKTABGACHA TAʼLIM 🇺🇿📚

Telegram kanalining logotibi maktabgacha_uz — 📚🇺🇿MAKTABGACHA TAʼLIM 🇺🇿📚 M
Telegram kanalining logotibi maktabgacha_uz — 📚🇺🇿MAKTABGACHA TAʼLIM 🇺🇿📚
Kanal manzili: @maktabgacha_uz
Toifalar: Bolalar parvarishi
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 14.58K
Kanalning ta’rifi

MAKTABGACHA TA'LIM HODIMLARI UCHUN
📘ISH REJASI
📕ISH HUJATLARI
📗XISOBOT
📚KÓRGAZMALAR.
🎬VIDEO LAVHALAR
📷FOTO RÒLIKLAR.
Kanalga ulanish uchun👇
@maktabgacha_uz
GURUHIMIZ LINKI👇👇👇
@tarbiyachiga
Muloqot uchun botimiz
@ommalashtirishbot

Ratings & Reviews

1.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2023-04-20 05:06:39
#Диққат_тарқатинг
Муфтий: "21 апрель куни Ҳайит бўлиши фалакий ҳисоб билан аниқ бўлди дедилар

Ўзбекистон мусулмонлари идораси раиси, муфтий Нуриддин домла Ҳолиқназаров ҳамда бир қанча мутахассислар Рамазон ҳайитини аниқлашдаги хулосаларини тақдим этишди.

@maktabgacha_uz
6.4K views02:06
Ochish/sharhlash
2023-04-20 01:52:19 #Келаётган_Хайит_муборак

Аллоҳ учун кечиринг

Ассалому алайкум менинг ҚАДРЛОНЛАРИМ, Ийд келишига ҳам оз қолди, агар билиб билмай ёмон гапирган бўлсам мени кечиринг сабр билан тутган рўзангизни Аллоҳ қабул айласин ва жаннати билан мукофотласин

•┈•┈•┈•┈•✿•┈•┈•┈•┈•
@maktabgacha_uz
8.9K views22:52
Ochish/sharhlash
2023-04-20 01:48:36
#Хайр_Рамазон

Бугун Рамазон ойининг сўнгги куни, САҲАРЛИКнинг ҳам ОХИРГИСИ

Келаси йилга ҳам барчамизна шунақа сахарликлар қилиш насиб этсин
АЛЛОҲГА ОМОНАТСИЗЛАР ЯҚИНЛАР

@maktabgacha_uz
10.1K views22:48
Ochish/sharhlash
2023-04-20 01:48:11
#Хайр_Рамазон

Бу Рамазон ойининг сўнги куни муборак бўлсин

Минг ойдан афзалроқ Рамазон ойим,
Ризқ ва насибага, иймонга бойим.
Сени соғинаман ўйласам доим,
Хайр, ойлар султони Моҳи Рамазон!

@maktabgacha_uz
6.2K views22:48
Ochish/sharhlash
2023-04-19 19:48:22
#Тезкор

Эртага 20-апрелда гибрид Қуёш тутилиши кузатилади

Мазкур ҳодиса охирги марта 10 йил олдин содир бўлган. Кейингиси 2031 ва 2164-йилда кузатилиши мумкин. Ўзбекистон аҳолиси уни onlayn кузатиш имконига эга

Яқинларга улашинг, бунақа холат 10-20 йилда бир содир бўлади

@maktabgacha_uz
6.1K views16:48
Ochish/sharhlash
2023-04-19 16:09:08
#Rasman

TURKIYA, AQSH, QOZOGʻISTON, QIRGʻIZISTON, TOJIKISTON, TURKMANISTON va ROSSIYAda Ramazon Hayit namozi 21-aprel, Juma kuni oʻqiladi!


Oʻzbekistonda ham Ramazon Hayit bayrami 21-aprel, juma kuniga toʻgʻri kelishi haqida dastlabki xulosalar qilinmoqda.

Yurtimizda Hayit bayrami qachonligi Muftiy tomonidan rasman eʼlon qilinsa, kanalimizda birinchilardan sizlarga yetkazamiz.

@maktabgacha_uz
6.2K views13:09
Ochish/sharhlash
2023-04-19 15:31:14 Рамазон ҳайити 21 апрелга тўғри келиши ҳақида дастлабки хулосалар қилинмоқда — Ўзбекистон мусулмонлари идораси

Идора Рамазон ҳайитининг санаси – ишчи гуруҳнинг ҳилолни кузатиш тўғрисидаги охирги маълумотлари олингандан кейин, 2023 йил 20 апрел куни эълон қилинишини билдирди. Шунингдек, диний идора ибодат масаласида доим эҳтиёт бўлишга ҳамда ҳайит кунини белгилаш атрофидаги маълумотларни турлича талқин қилмасликка чақирди.

Батафсил: https://kun.uz/61384933

@maktabgacha_uz
5.9K views12:31
Ochish/sharhlash
2023-04-19 10:22:07 Bir pedagog dardi: “O‘qituvchilikni tashlab, daromadi yaxshiroq boshqa ish qilgim kelyapti” “Biz bolalarga mehrimizni, jonimizni, bor bilimimizni beramiz, asabimiz, sog‘ligimizni sarflaymiz. Lekin oqibatda “sizlar oylikni oshirish haqida emas, ta’lim sifatini…
5.8K viewsedited  07:22
Ochish/sharhlash
2023-04-19 10:07:05 Bir pedagog dardi: “O‘qituvchilikni tashlab, daromadi yaxshiroq boshqa ish qilgim kelyapti”

“Biz bolalarga mehrimizni, jonimizni, bor bilimimizni beramiz, asabimiz, sog‘ligimizni sarflaymiz. Lekin oqibatda “sizlar oylikni oshirish haqida emas, ta’lim sifatini oshirish haqida o‘ylanglar”, – degan minnatli gapni eshitamiz”, – deydi Sirdaryoda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga dars beruvchi o‘qituvchi.


Foto: iStock
Oliy toifaga ega sirdaryolik o‘qituvchi maktabda 20 soat dars beradi, sinf rahbarlik qiladi hamda daftar tekshiradi. Shular bilan birga hisoblanganda 3 mln 700 ming so‘m oylik oladi. Pedagog o‘zining Twitterʼdagi sahifasida sohadagi eng og‘riqli nuqtalardan biri oylik haqida yozib, o‘qituvchilikdan ketish haqida o‘ylayotganini ta’kidlaydi.

“O‘qituvchilikni tashlab, daromadi yaxshiroq boshqa ish qilgim kelyapti. Oylik olasan-da boshing og‘rib o‘ylaysan: bu pulni nimaga yetkazsam ekan, deb kommunal to‘lovlar, kredit, oylik to‘lanishi zarur bo‘lgan to‘lovlardan ortgan pulni qanday taqsimlash haqida bosh qotirasan”, – deya yozadi o‘qituvchi.

Shumi o‘qituvchiga hurmat, mehnatiga javob?

“Bolang o‘sib boryapti — ust-boshi kichrayib qoladi yoki darrov yirtiladi, eskiradi, nimadir yegisi keladi, hiqillab turadi, aylangisi keladi, undan tashqari, har kuni kundalik xarajatlari uchun pul berib turish kerak. Istaganlarini muhayyo qilishga imkoning yetmaydi.

Onangni yo‘qlaging keladi, nimadir oberging, yegisi kelganini og‘ziga tutging keladi, lekin cho‘ntagingdagi hisob-kitobli arzimagan pulingga qarab yuraging eziladi.

Bolang og‘riydi, o‘zingni kasallik qiynaydi yillab, lekin doktorga borishga o‘ylanasan, imkoning yetmaydi, bolalarimning oldida vijdonim qiynaladi.

Ayollarga xos odatlarni ham unutyapman: chiroyli kiyinish, zeb-ziynatlar haqida-ku orzu ham qilmay qo‘yganman, faqat “bor-ku, shu borini kiyib turay”, – deydigan bo‘lganman. Bolalarimga ham tinmay “sabr qil, sabrli bo‘l”, deyishdan nariga o‘tolmayman.

Bolam yaxshiroq natijaga erishsin deb xususiy maktabga o‘tkazgandim, afsuski to‘lovini to‘lash bir tomonimni o‘yib olganday bo‘lyapti, so‘nggi daqiqada amallab to‘laymiz, ming xil gapni eshitib...

Davolanish tufayli yanayam xarajatlarni qisqartirdim, qarz bo‘lishga ham ulgurdim. Ba’zida bolam isyon qilib qoladi: “qachon bizning uyimiz bitadi, qachon mehmon chaqiramiz biz ham, o‘rtoqlarim undoq, bundoq”, – deb. U kuni bankda ishlaydigan bir dugonam: “erim 14 mln oylik oladi, mukofot pullaridan tashqari”, – dedi. Men oliy toifali o‘qituvchi bo‘lib, bu maosh uchun 4 oy ishlayman. Shumi o‘qituvchiga hurmat, mehnatiga javob?” – deya xo‘rsinadi.

Qanday qilib shuncha yetishmovchiliklar ichida yashayotgan odamdan natija kutasiz?

“Siz bir kun 6-7 yoshli go‘dakka dars o‘tib ko‘rganmisiz? Bir bolaga o‘rgatish, ta’lim-tarbiya berish qanchalar mashaqqatli ekanini bilasizmi? Biz esa nechtalab bolalarga mehrimizni, jonimizni, bor bilimimizni beramiz, asabimiz, sog‘ligimizni sarflaymiz.

Lekin oqibatda “Sizlar oylikni oshirish haqida emas, ta’lim sifatini oshirish haqida o‘ylanglar”, degan minnatli gapni eshitamiz. Boshqa soha xodimlaridan qayerimiz kam? Mehnatimiz shunaqa arzimas baholanadimi? Qanday qilib shuncha yetishmovchiliklar ichida yashayotgan odamdan natija kutasiz?

Gapirsang gap ko‘p, yurak og‘riydi faqat... Yuqori oylik oladigan o‘qituvchilar foizi umumiy o‘qituvchilarning qanchasini tashkil etadi? Nega hammaning oyligi birdan oshirilmaydi?

Bilmadim, odamning ishlagisi ham kelmaydi. Ketay desang shuncha mehnat uvol bo‘ladimi deb achinasan, ketmay desang har kuni qayerdan pul topsam deb boshing og‘riydi…”, – deya yozgan trediga yakun yasagan o‘qituvchi.


P.S usha aytdimu dardimiz bir
Bizniki undan ham battar deb o'ylayman usha dardli o'qituvchiga yetishimizga ham bor biz ulardek maosh olishni hohlayapmiz ular esa buni kam deyapti
hozir ishlam kallamay qolyapti
=
shu haqida yaxshi maqola yozinglar sizlar ham bir aylantirib ko'ramiz
Kim yozishni biladi qo'lini ko'tarsin
@ommalashtirishbot ga yuboring
@maktabgacha_uz.
6.0K viewsedited  07:07
Ochish/sharhlash
2023-04-19 10:02:56
Bir pedagog dardi: “O‘qituvchilikni tashlab, daromadi yaxshiroq boshqa ish qilgim kelyapti”

“Biz bolalarga mehrimizni, jonimizni, bor bilimimizni beramiz, asabimiz, sog‘ligimizni sarflaymiz. Lekin oqibatda “sizlar oylikni oshirish haqida emas, ta’lim sifatini oshirish haqida o‘ylanglar”, – degan minnatli gapni eshitamiz”, – deydi Sirdaryoda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga dars beruvchi o‘qituvchi.
P.S menimcha dardimiz bir
@maktabgacha_uz
4.3K views07:02
Ochish/sharhlash