Get Mystery Box with random crypto!

BILASIZMI, MAKTABGA BIRIKTIRILGAN INSPEKTOR- PSIXOLOG QUYIDAGI | Maktab | Rasmiy kanal

BILASIZMI, MAKTABGA BIRIKTIRILGAN INSPEKTOR- PSIXOLOG QUYIDAGI ISHLARNI BAJARISHI KERAK.

darslarga sababsiz, muntazam ravishda qatnashmayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlaydi, darslarga qatnashmaslik sabablarini oʼrganadi;

umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida jamoat tartibi va xavfsizligini taʼminlash borasida tadbirlarni tashkil etadi;

muammoli oʼquvchilar bilan ularning yashash joylarida ota-onalari ishtirokida manzilli ishlaydi;

oʼquvchilardagi barcha salbiy holatlar va moyilliklarning oldini olish boʼyicha taʼlim muassasalari psixologlari bilan hamkorlikda pedagog xodimlar va ota-onalar uchun tavsiyalar ishlab chiqadi;

oʼquvchilarning mikromuhitini oʼrganish borasida oilalarga tashrif buyurib, oʼsmir va ota-onalar bilan individual suhbatlar uyushtiradi;

umumiy oʼrta taʼlim maktabining ichki nazoratidagi oʼquvchilar bilan tizimli ishlab, ushbu oʼquvchilarni ichki nazoratdan chiqarish choralarini koʼradi.
@metodik_yordam1

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa