Get Mystery Box with random crypto!

MAKTAB PEDAGOGIK KENGASHINI YURITISH BO’YICHA BA’ZI MA’LUMOTLA | Maktab | Rasmiy kanal

MAKTAB PEDAGOGIK KENGASHINI YURITISH BO’YICHA BA’ZI MA’LUMOTLAR

Pedagogik kengash bayonnomalari Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2016-yil 30-maydagi 6-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining pedagogik kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom”da Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 9-iyunda roʻyxatdan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 2799) belgilangan tartibda yuritiladi.

Pedagogik kengash yigʻilishi har chorakda kamida bir marta oʻtkaziladi. Zaruratga koʻra, navbatdan tashqari yigʻilishlar oʻtkazilishi mumkin. Pedagogik kengash bayonnomasi va qarorini yuritish uchun pedagogik jamoa orasidan koʻpchilik ochiq ovoz berish yoʻli bilan kengash kotibi saylanadi.

Pedagogik kengash bayonnomasi elektron shaklda (matn koʻrinishida) tayyorlanib, Kengash raisi va kotibi tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.
Bayonnomalarning tartib raqami har oʻquv yili boshidan belgilanib, rejadan tashqari, yaʼni navbatdan tashqari pedagogik kengash yigʻilishlari ham shu ketma-ketlikda raqamlanib boriladi.

Pedagogik kengash qarorlari maktab maʼmuriyati va pedagogik jamoa uchun bajarilishi majburiy boʻlgan hujjat hisoblanib, uning ijrosi ustidan nazorat Kengash raisiga yuklatiladi. Pedagogik kengash qarorlari oʻrnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi va yigʻma jildlar(reyestr)da tikib boriladi hamda 75 yil muddatdamaktabda saqlanadi.

Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining 2021-yil 1-iyuldagi 205-sonli buyrugʻi

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa