Get Mystery Box with random crypto!

BOLASINI MAKTABGA JOʻNATMAYDIGAN OTA-ONAGA JAVOBGARLIK BORMI? | Maktab | Rasmiy kanal

BOLASINI MAKTABGA JOʻNATMAYDIGAN OTA-ONAGA JAVOBGARLIK BORMI?

Taʼlim toʻgʻrisidagi qonunning 9-moddasiga binoan umumiy oʻrta taʼlim umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida uzlyuksiz tarzda, majburiy boʻlgan oʻn bir yil davomida amalga oshiriladi.

Ushbu qonunning 51-moddasiga koʻra voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolaning oʻqishi, tarbiyalanishi, jismoniy, maʼnaviy va intellektual rivojlanishi uchun masʼuldir.

Yuqoridagi ikki modda oʻquvchingizni 11-yillik majburiy taʼlim olishi kerakligini va buni ota-ona taʼminlashi kerakligidan dalolat beradi.

Shuningdek, voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari:

bolalarining umumiy oʻrta, oʻrta maxsus taʼlim yoki boshlangʻich professional taʼlim olishini taʼminlashi;

bolalarining oʻquv mashgʻulotlariga qatnashishini taʼminlash va oʻzlashtirishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

oʻz bolalarining intellektual, maʼnaviy va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishi;

taʼlim tashkilotining taʼlim-tarbiya jarayonini tartibga soluvchi ichki tartib-qoidalariga rioya etishi;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishi shart.

Ushbu qoidalarning mazmuniga koʻra oʻquvchingizning onasi uni maktabga taʼlim olish yuborishi va oʻquvchingizning sifatli taʼlim olishini taʼminlashga majbur.

Agar ona bu majburiyatlarni bajarmasa, unda onaning harakatlariga nisbatan maʼmuriy javobgarlik belgilangan. Yaʼni Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks 47-moddasiga muvofiq ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi — bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Kanalimizga obuna bo‘ling!

https://t.me/maktab_daa