Get Mystery Box with random crypto!

Majnun bitiklari

Telegram kanalining logotibi majnun_bitiklari — Majnun bitiklari M
Telegram kanalining logotibi majnun_bitiklari — Majnun bitiklari
Kanal manzili: @majnun_bitiklari
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23
Kanalning ta’rifi

Shunchaki hayolga kelganlari yoki shunchaki yoqqan yaxshi fikrlar yozib boriladi
Hammasi ham mening hayotim haqida emas...

Ratings & Reviews

3.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-14 21:31:52 Ba'zan shunchaki tark etish kerak. Hech bir sababsiz. Kerak boʻlsang, oʻzlari topib olishadi, kerak boʻlmasang qolishingdan ma'no yoʻq.
15 views18:31
Ochish/sharhlash
2023-03-14 21:29:51 Yomon tushlar koʻrsang,
Bosinqirasang,
«Alhamdu»ni aytgin,
Qochadi shayton.
Falakda nisbangni
Oʻylab qarasang,
Sen ham hazilakam
Emassan, Inson!
Seni yaratgandi
Aslida Allox,
Bosh boʻlasan, deya
Farishtalarga.
Lekin tinch yurmading
Arshda ham, ey-voh,
Aralashib xolding
Har xil ishlarga.
Allohning qoshida
Boʻlsang ham iqror.
Ajringni goh uzib,
Uzolmagansan.
Kechirmayin, desa
Ibodating bor,
Kechirayin, desa
Tuzalmagansan.
15 views18:29
Ochish/sharhlash
2023-03-14 20:45:23 – Ona, tanishing, bu men uylanmoqchi boʻlgan qiz.
– Bu senga arzimaydi, sen bundan yaxshisiga loyiqsan, bilasanmi?
– Ona, axir men uni sevaman.
– Sengamas, qizga aytyapman.
14 views17:45
Ochish/sharhlash
2023-03-14 10:54:11 Noma'lum manzilda, xuddi meningdek
Men Majnun haqida o'ylagandirsan
Hayolan buyuk ishq Laylisi bo'lib
Mening hayolimga to'ymagandirsan

Savol beryapsanmi o'zinga o'zing
"Qayerda", "Nimalar qilyapti hozir?"
Sababsiz tabassum tuygandir yuzing
Orzular...go'zal ishq...muhabbat...sabr...

Lekin ishonaman, bir kuni bilgin
Nigohlarda bo'lar go'zal to'qnashuv
Ungacha o'zingni ehtiyot qilgin
Allohga omonat bizning uchrashuv...
14 views07:54
Ochish/sharhlash
2023-03-14 09:57:54 Sen kulgin, yorishsin meni dunyoyim.
14 views06:57
Ochish/sharhlash
2023-03-14 07:25:35 Bizlar tug‘ilgandan bedor o‘tyapmiz,
Sizga sog‘lik tilab, bemor o‘tyapmiz,
Siz ko‘zgu yonida, biz yor, o‘tyapmiz,
Qalbimizni qo‘lda tutib oshiqlar,
Jilmayib, dunyoni yutib oshiqlar...

Savdomiz yurmadi ko‘hna bozorda,
Bizni anglaganlar bari – mozorda,
Ulardek o‘tarmiz dilxun, ozorda,
Million oshiqlar, ming, yuz oshiqlar...
Afsus, afsus, afsus, afsus... oshiqlar.

Biz unsiz yashadik, suron qilmadik,
Ikki qoshingizda yurdik, jilmadik,
Biz faqat termuldik, qucha bilmadik,
Kulmang, biz - g‘alati, shunday oshiqlar,
Yuraklari bir ochunday oshiqlar.

Bizni dunyolarga keltirgan shamol,
Qanisan, so‘rab qo‘y xazoningdan hol,
Siz menga hayronsiz, men ham sizga lol,
Nega kelganimiz mavhum, oshiqlar,
Ayon - yig‘lar bo‘ldik yum-yum, oshiqlar.

Do‘stlar, tilak ayting, sipqoraman may,
Bilaman yoqmaydi bizlar chalgan nay,
Labingizni ko‘rdim, shukr, harqalay,
Biz - bexisht eshigin topgan oshiqlar,
Qolganiga etak yopgan oshiqlar.

Bizsiz dunyoyingiz - yo‘qotilgan iz,
Meni bu olamga boshlab kelgan qiz!
Bizni qo‘yavering, qalaysiz bizsiz,
Bizlar qiyomatga qadar oshiqlar,
Unutilgan va darbadar oshiqlar...
14 views04:25
Ochish/sharhlash
2023-03-14 07:08:06 Oʻzingiz bilmay yuraverasiz, kimlardir Sizni qalbida allaqachon oʻziniki qilib olgan...
14 views04:08
Ochish/sharhlash
2023-03-14 06:13:25 Maskan tanlamaydi suygan koʻngillar .
Yantoqqa chamandan sahrosi yaxshi...
14 views03:13
Ochish/sharhlash
2023-03-13 20:30:21 Yuksaklarda uchayotganlarga koʻp ham havas qilavermang.
Balki ular qoʻnishga joy topolmay  uchayotgandir...
14 views17:30
Ochish/sharhlash
2023-03-13 20:29:21 Aytgil, hamon bormi shirin arazlaring?
Salomatmi orzularing, havaslaring.
Qulog‘imdan ketgani yo‘q nafaslaring...
Seni yana bir ko‘rishga ulgursaydim,
Ko‘zlaringga termulsaydim, termulsaydim.
14 views17:29
Ochish/sharhlash