Get Mystery Box with random crypto!

Yomon tushlar koʻrsang, Bosinqirasang, «Alhamdu»ni aytgin, Qoc | Majnun bitiklari

Yomon tushlar koʻrsang,
Bosinqirasang,
«Alhamdu»ni aytgin,
Qochadi shayton.
Falakda nisbangni
Oʻylab qarasang,
Sen ham hazilakam
Emassan, Inson!
Seni yaratgandi
Aslida Allox,
Bosh boʻlasan, deya
Farishtalarga.
Lekin tinch yurmading
Arshda ham, ey-voh,
Aralashib xolding
Har xil ishlarga.
Allohning qoshida
Boʻlsang ham iqror.
Ajringni goh uzib,
Uzolmagansan.
Kechirmayin, desa
Ibodating bor,
Kechirayin, desa
Tuzalmagansan.