Get Mystery Box with random crypto!

Toshkent shahar Mirobod tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi

Telegram kanalining logotibi m_yur_markaz — Toshkent shahar Mirobod tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi T
Telegram kanalining logotibi m_yur_markaz — Toshkent shahar Mirobod tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi
Kanal manzili: @m_yur_markaz
Toifalar: Qarzlar, soliqlar va qonunlar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 95
Kanalning ta’rifi

Toshkent shahar Adliya boshqarmasi huzuridagi Mirobod tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi rasmiy kanali
Yuridik markaz bilan qayta aloqa - @yurmarkazAloqa_bot

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-03-15 08:19:07 #Huquqiy targ'ibot

Mirobod tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan 2023-yil 14-mart kuni Mirobod tumani 60-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.


Markaz ijtimoiy tarmoqlarda
Facebook Telegram
85 views05:19
Ochish/sharhlash
2023-03-15 07:26:04 “Ўзбекистон Республикаси Конституцияси тўғрисида"ги Ўзбекистон Республикаси Конституциявий Қонуни лойиҳаси матни билан meningkonstitutsiyam.uz сайтида танишиб чиқишингиз мумкин.

Юклаб олиш


Markaz ijtimoiy tarmoqlarda
Facebook Telegram

Telegraph
75 views04:26
Ochish/sharhlash
2023-03-14 16:19:19 #Huquqiy targ'ibot

Mirobod tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari tomonidan 2023-yil 14-mart kuni Mirobod tumani 506-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish, qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishtirish maqsadida huquqiy targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.


Markaz ijtimoiy tarmoqlarda
Facebook Telegram
70 views13:19
Ochish/sharhlash
2023-03-14 10:05:36 https://telegra.ph/Mirobod-tumani-135-sonli-davlat-maktabgacha-talim-tashkilotida-huquqiy-targibot-tadbiri-03-14
60 views07:05
Ochish/sharhlash
2023-03-14 07:54:04 ​​#bilasizmi

Fuqarolar va mansabdor shaxslar tomonidan noto‘g‘ri reklama berganlik, tashqi reklamani joylashtirish tartibiga rioya qilmaganlik yoki aksilreklama berishdan bosh tortganlik, xuddi shuningdek reklama qilinishi qonunchilik bilan taqiqlangan mahsulotni reklama qilganlik

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi (1.5 mln-2.1 mln so'm).

Asos: Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 178-1 -moddasi.

Markaz ijtimoiy tarmoqlarda
Facebook Telegram
62 views04:54
Ochish/sharhlash
2023-03-13 16:39:12 Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ta’lim olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida qatnashish davrida quyidagi tartibda ta’tillar beriladi:


birinchi va ikkinchi kursda ta’limning kechki shaklida oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida - 20 kalendarь kun; kasb-hunar kolleji va akademik litseyda ta’lim olayotganlarga har yili kamida - 10 kalendarь kun, sirtdan ta’lim olayotganlarga esa, har yili kamida - 30 kalendar kun;
uchinchi va undan keyingi kursda ta’limning kechki shaklida oliy o‘quv yurtlarida ta’lim olayotganlarga har yili kamida - 30 kalendarь kun, kasb-hunar kolleji va akademik litseyda ta’lim olayotganlarga har yili kamida - 20 kalendarь kun; sirtdan ta’lim olayotganlarga esa, har yili kamida - 40 kalendar kun;
oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida bitiruv imtihonlarini topshirish davrida kamida - 30 kalendarь kun;
diplom loyihasini (ishini) tayyorlash va yoqlash davrida oliy o‘quv yurti talabalariga - 4 oy, kasb-hunar kolleji va akademik litseyi talabalariga esa - 2 oy muddat.
60 views13:39
Ochish/sharhlash
2023-03-13 12:35:03 Давлат фуқаролик хизматчиси томонидан халқаро ва бошқа расмий тадбирларда совға олиш тартиби белгиланди

Давлат фуқаролик хизматчиси томонидан хизмат сафарлари, халқаро ва бошқа расмий тадбирлар муносабати билан олиниши мумкин бўлган совға қиймати, шунингдек уни тасарруф этиш тартиби тўғрисидаги низом Адлия вазирлигида давлат рўйхатидан ўтказилди (рўйхат рақами – 3425, 13.03.2023 й.)

Низомга кўра, давлат фуқаролик хизматчиси Ўзбекистондан ташқаридаги хизмат сафарлари, халқаро ва бошқа расмий тадбирлар, Ўзбекистонда ўтказиладиган халқаро ва бошқа расмий тадбирларда совға олиши мумкин.

Ўзбекистондаги бошқа хизмат сафарларида совға олиш мумкин эмас.

Давлат фуқаролик хизматчиси оладиган совға қуйидаги талабларга жавоб бериши керак:

миллий қонунчилигимизда тақиқланмаган ашёлар бўлиши;
совға халқаро ва бошқа расмий тадбирда ихтиёрий берилган бўлиши;
совға очиқ ва ошкора қабул қилиниши;
давлат органининг обрўсига путур етказмаслиги;
манфаатлар тўқнашуви ёки коррупциявий омилни келтириб чиқармаслиги.

Давлат фуқаролик хизматчиси совғани тадбирдан келгандан сўнг 3 иш кунида хўжалик бўлимига беради ва бунда далолатнома тузилади.

Совғанинг қиймати аниқ бўлмаса, хўжалик бўлими уни баҳолайди ва унинг қиймати БҲМнинг 4 бараваридан (1,2 млн сўмдан) кўп бўлмаса, совға давлат фуқаролик хизматчисига берилади.

Совға қиймати БҲМнинг 4 бараваридан кўп бўлса, у молия-иқтисод бўлинмаси томонидан давлат органи балансига кирим қилинади ҳамда давлат органи эҳтиёжи учун фойдаланилади.

Тез яроқсиз ҳолга келувчи совғалар (гул, ширинликлар), шунингдек канцелярия тўпламлари (тақвим, буклет, пластмассали ручка, кундалик ва блокнот) совға сифатида расмийлаштирилмайди ҳамда ушбу совғалар давлат фуқаролик хизматчисида қолдирилади.

Мазкур низом талаблари барча давлат фуқаролик хизматчилари учун мажбурий ҳисобланади.


Markaz ijtimoiy tarmoqlarda
Facebook Telegram
53 views09:35
Ochish/sharhlash
2023-03-13 07:33:36 ​​#bilasizmi
#intellektual_mulk

Intellektual mulk obyektini muhofaza qiluvchi GUVOHNOMA va PATENT tushunchasi nimani anglatadi?

Guvohnoma va patent - intellektual mulk obyekti ma'lum bir shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi yuridik kuchga ega hujjat.

Bu hujjatlar orasidagi farq faqat obyekt turida hisoblanadi.

Masalan, tovar belgisini huquqiy muhofazalovchi hujjat guvohnoma bo‘lsa, ixtiro uchun muhofaza hujjati patent hisoblanadi.

Manba.

Markaz ijtimoiy tarmoqlarda
Facebook Telegram
59 views04:33
Ochish/sharhlash
2023-03-11 14:05:40 ​​#Социальная_акция

Если нет наследников ни по закону, ни по завещанию либо никто из наследников не имеет права наследовать, либо все они отказались от наследства, наследственное имущество признается выморочным.

Наследственное имущество признается выморочным на основании решения суда по заявлению органа государственной власти на местах или органа самоуправления граждан по месту открытия наследства по истечении 3 лет со дня открытия наследства.

Наследственное имущество может быть признано выморочным до истечения указанного срока, если расходы, связанные с охраной наследства и управлением им превысили его стоимость.

Выморочное имущество переходит в собственность органа самоуправления граждан по месту нахождения соответствующего имущества, а в случае его отказа от имущества, в собственность государства. Facebook Telegram
64 views11:05
Ochish/sharhlash
2023-03-11 08:19:45 ​​#bilasizmi
#davlat_xizmatlari

Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda bepul rasmiylashtirilishi haqida bilasizmi?

Hukumatning 535-son qaroriga asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

Mazkur davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron tarzda foydalanishingiz mumkin.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020-yildagi "Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 535-son qarori.

Markaz ijtimoiy tarmoqlarda
Facebook Telegram
59 views05:19
Ochish/sharhlash