Get Mystery Box with random crypto!

​​#bilasizmi #davlat_xizmatlari Kadastr pasportini shakllant | Toshkent shahar Mirobod tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi

​​#bilasizmi
#davlat_xizmatlari

Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda bepul rasmiylashtirilishi haqida bilasizmi?

Hukumatning 535-son qaroriga asosan quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

Ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki obyektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

Ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda obyektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

Kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk obyekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan).

Mazkur davlat xizmatidan Davlat xizmatlari markaziga borgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron tarzda foydalanishingiz mumkin.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020-yildagi "Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 535-son qarori.

Markaz ijtimoiy tarmoqlarda
Facebook Telegram